So’nggi yangiliklar

13:55Сэндхаген Умар Нурмагомедовнинг кучсиз томони ҳақида гапирди 0 13:32Жозе Моуриньо собиқ жамоасига қайтмоқчи 0 13:10Богдан Гусков Шон Стрикленд билан спарринг ҳақида гапирди 0 12:48Шакур Стивенсоннинг навбатдаги жанги эълон қилинди 0 12:25Бугун Абдураимова Прага турниридаги юришини бошлайди 0 12:04Луис Энрике ПСЖнинг EЧЛдан чиқиб кетишига муносабат билдирди 0 11:41Дастин Порье Ислам Махачевнинг гапларига жавоб қайтарди 0 11:20Рим WTA 1000. Кербер, Путинцева ва бошқаларда ғалаба 0 10:58Ўзбекистонлик яна бир боксчи жаҳон чемпионлик камари учун жанг қилади 0 10:37Месси ХХI асрда ушбу натижага эришган биринчи футболчига айланди 0 10:16Наоя Иноуэ навбатдаги жангини "Уэмбли"да ўтказиши мумкин 0 09:54Мирра Андреева Рим WTA 1000 турнири илк даврасидаёқ ютқазиб қўйди 0 09:33Муроджон Аҳмадалиев АҚШда навбатдаги жанги учун тайёргарликни бошлади + ФОТО 0 09:12Аббосбек Файзуллаев РПЛ рамзий терма жамоасидан ўрин олди 0 08:51Ўзбекистонлик аралаш якка кураш устаси Дана Уайтга ўзига хос мурожаат йўллади + ФОТО 0

09 apr 19:32
Yangiliklar

Bolalar sporti

Barkamol avlod: final bosqichi doirasida Prezident sovrini uchun kurash qizg'in kechmoqda

Teglar :  Barkamol avlod
Xabaringiz bor, 2021 yilning dekabr oyidan boshlab Barkamol avlod sport o'yinlarining respublika final bosqichiga start berilgan edi.

Ortda qolgan vaqt davomida mazkur musobaqaning final bosqichi dasturidan o'rin olgan 11 ta sport turi bo'yicha musobaqalar bo'lib o'tdi.

Eslatib o'tamiz, akademik licey va professional talim muassasalari o'quvchi-yoshlari o'rtasida o'tkazilayotgan musobaqaning respublika final bosqichi doirasida basketbol, voleybol, gandbol, futbol, dzyudo, kurash, engil atletika va badminton sport turlari bo'yicha musobaqalarda g'olib sovrindorlar allaqachon aniqlandi.



Hammamizga malumki, 12 ta sport turidan o'tkaziluvchi «Barkamol avlod» sport o'yinlarining respublika final bosqichi yakunida 14 ta hududning har bir musobaqa davomida to'plagan ochkolari hisobiga ko'ra umumjamoa hisobida g'oliblikni qo'lga kiritgan hudud aniqlanadi.

O'tkazilgan 11 ta musobaqadan so'ng, yakuniy jadvalni samarqandlik sportchilar 123 ochko bilan boshqarib turishibdi. Sababi ular basketbol, gandbol, kurash, dzyudo, voleybol va badminton sport turlaridan o'tkazilgan musobaqalarda umumjamoa hisobida 1 marta chempionlikni, 2 marta 2-o'rinni va 4 marta 3-o'rinni qo'lga kiritishdi.



Jadvalning ikkinchi o'rinida 116 ochko bilan Xorazm viloyati vakillari joy olgan. Etiborlisi, ular biror marta ham musobaqani umumjamoa hisobida 1-o'rinda yakunlamagan, lekin xorazmliklar o'tkazilgan 5 ta musobaqada 3 marta ikkinchi, 2 marta uchinchi va yana 2 marta to'rtinchi o'rinlarni egallaganliklari uchun to'plagan ochkolari salmoqli ko'rinishga ega.

Jadvalning uchinchi o'rinini farg'onalik o'quvchi-yoshlar band etishgan. 101 ochko jamg'argan vodiyliklar voleybol bo'yicha o'tkazilgan har ikki musobaqada chempionlikni tantana qilishgan, shuningdek, ular yana ikki martadan ikkinchi va uchini o'rin bilan taqdirlanishgan.

«Barkamol avlod» sport o'yinlarining respublika final bosqichi yakuniga qadar yana 4 ta musobaqa o'tkaziladi. SHu boisdan ushbu jadvalda hududlar bir necha marta o'zaro o'rin almashishlari mumkin.

Eslatib o'tamiz, final bosqichi yakunida jadvalning yuqori uchligidan o'rin olgan hududlarning sportchi-yoshlariga Prezident sovrini topshiriladi.


Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing