So’nggi yangiliklar

12:55Хави 2023-2024 йилги мавсумни сарҳисоб қилди 0 12:34Усик ва Фьюри жангдан қанча пул ишлаб олишгани маълум бўлди 0 12:13Жамал Хилл иштирокидаги жанг бекор қилинди 0 11:52Хабиб Нурмагомедов Ислам Махачевнинг машғулот йиғинига қўшилди + ФОТО 0 11:31Суперлига. Бугун 8-тур баҳслари давом эттирилади 0 11:10Рим "Мастерс" турнирида чемпион аниқанди 0 10:49Жаҳон чемпионатининг биринчи кунидан сўнг 107 давлат орасида нечанчи ўриндамиз? 0 10:28Нурсултон Рўзибоев: "Бу ҳақиқий жанг бўлади" 0 10:07"Барселона" Испания Суперкубоги 1/2 финалида "Атлетик" билан ўйнайди, "Реал" эса... 0 09:46Гусков Энтони Смит билан жанг қиладими? Богданнинг ўзи бунга ойдинлик киритди 0 09:25"Бургут" жамоаси Ўзбекистон хоккейи ёш юлдузини ўз сафига қўшиб олди 0 09:04Ричард Торрес профессионал боксдаги 10-жангини ўтказди 0 08:43"Ланс" сўнгги дақиқаларда Европа лигасидан қуруқ қолди 0 08:22Боксчиларимиз "Елорда кубоги"ни битта олтин медаль билан якунлашди 0 08:01Расман. "Ҳумо" бу мавсум қайси чемпионатда иштирок этишини эълон қилди 0

11 sen 08:06
Yangiliklar

Eshkak eshish

Baydarka va kanoeda eshkak eshish bo'yicha Tokio Olimpiadasiga tayyorgarlik muhokama qilindi

Avgust oyining so'nggi kunlari sportimiz uchun quvonchli onlarga boy bo'ldi.

Ayniqsa, 21-25 avgustda Vengriyaning Ceged shahri baydarka va kanoeda eshkak eshish bo'yicha mezbonlik qilgan jahon chempionatida sportchilarimiz Tokio-2020 Olimpiadasi uchun 2 ta, Paralimpiya o'yinlari uchun esa 3 ta yo'llanma qo'lga kiritib qaytdilar. 

Kecha Milliy olimpiya qo'mitasida O'zbekiston “ROWING & CANOE” federaciyasi mutasaddilari va MOQ prezidenti Rustam SHoabdurahmonov ishtirokida yig'ilish o'tkazildi. Unda Tokio Olimpiadasiga yo'llanma olgan va licenziya olishi rejalashtirilayotgan sportchilar bilan bo'lajak startlarga tayyorlanish mavzusi ko'rib chiqildi. Yig'ilishda Pan-Amerika qilichbozlik konfederaciyasi rahbari Vitaliy Logvin Rustam SHoabdurahmonovga hamrohlik qildi. 

“Vengriyadagi jahon chempionatida Tokio-2020 uchun bir nechta yo'llanmalar qo'lga kiritgan bo'lsak ham bu bizning maksimal natijamiz emas. Oldinda Osiyo qitasi uchun kvalifikacion musobaqa orqali yana bir necha licenziyaga ega bo'lish imkoniyati bor. Akademik eshkak eshuvchilarimiz ham bir necha kun muqaddam dunyo birinchiligida qatnashdilar. Afsuski, terma jamoa tarkibining aksariyatini 20 yoshgacha bo'lgan sportchilar tashkil etgani uchun vakillarimizga raqobatda biroz tajriba etishmadi. Bu yo'nalishda ham kelasi yil qitaviy kvalifikaciya turnirida licenziya olish rejalashtirilgan. SHuningdek, kanoeda 500 metr masofaga eshkak eshish bo'yicha juftlik yo'nalishida yo'llanma olgan qizlarimiz uchun alohida tayyorgarlik rejasi ishlab chiqildi”, – dedi O'zbekiston “ROWING & CANOE” federaciyasi Bosh kotibi Vyacheslav Didrix. 

O'z navbatida Rustam SHoabdurahmonov JCHda licenziya ololmagan sportchilar uchun ishlab chiqilgan dastur bilan yaqindan tanishib, o'z fikrlarini bildirib o'tdi. 

Bu borada murabbiylar qanday tayyorlanishni yaxshi bilishadi. Ularga qanaqa yordam ko'rsatish kerak bo'lsa biz tayyormiz. Faqat sizlardan talab etiladigan narsa puxta ishlab chiqilgan reja va kelajakdagi natija. Hukumatimiz tomonidan Tokio Olimpiadasi tayyorgarligiga juda katta etibor qaratilmoqda. Biz bunday ishonchni oqlashimiz darkor. Osiyo qitasi uchun o'tkaziladigan licenzion musobaqaga 5-6 oy bor. Hozir sportchilarimiz yaxshi sport formasida va ushbu vaqtda aniq ishlangan reja bilan harakat qilsak, ko'zlangan maqsadimizga etamiz”, – dedi Rustam SHoabdurahmonov. 

Yig'ilish davomida Vitaliy Logvin ham o'z tajribasidan kelib chiqqan holda qimmatli maslahatlarini bildirib o'tdi. SHuningdek, sportchilarimiz uchun yaqin vaqt ichida tashkil etiladigan o'quv-mashg'ulot yig'inlari, ularni kerakli inventarlar bilan taminlash bo'yicha ko'rsatmalar berildi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing