So’nggi yangiliklar

15:24Тайсон Фьюри Александр Усикка ноодатий таклиф берди 0 15:01Дмирий Бивол Саудия Арабистонига етиб борди 0 14:19Мухлислар ташрифи бўйича жорий мавсум рекорди Наманганда янгиланди 0 14:11UFC Нурсултонга: "Тезроқ жароҳатни тузат. Сен учун режамиз бор" 0 13:58Жон Жонс Миочич билан жангдан қанча пул ишлаб олишини очиқлади 0 13:37Нурхон Қурбонова Париж-2024 Паралимпия ўйинларига иккинчи лицензиясини қўлга киритди! 0 13:16"Бургут" хоккей клуби "Ҳумо"нинг менежерини трансфер қилди 0 12:55Хави 2023-2024 йилги мавсумни сарҳисоб қилди 0 12:34Усик ва Фьюри жангдан қанча пул ишлаб олишгани маълум бўлди 0 12:13Жамал Хилл иштирокидаги жанг бекор қилинди 0 11:52Хабиб Нурмагомедов Ислам Махачевнинг машғулот йиғинига қўшилди + ФОТО 0 11:31Суперлига. Бугун 8-тур баҳслари давом эттирилади 0 11:10Рим "Мастерс" турнирида чемпион аниқланди 0 10:49Жаҳон чемпионатининг биринчи кунидан сўнг 107 давлат орасида нечанчи ўриндамиз? 0 10:28Нурсултон Рўзибоев: "Бу ҳақиқий жанг бўлади" 0

08 okt 15:49
Yangiliklar

Eshkak eshish

Baydarka va kanoeda eshkak eshish. Samarqand nufuzli musobaqalarga tayyorgarlik ko'rmoqda

20-25 oktyabr kunlari Samarqandda baydarka va kanoeda eshkak eshish bo'yicha kattalar o'rtasida Osiyo kubogi, 23 yoshgacha bo'lgan yoshlar o'rtasida Osiyo chempionati, shuningdek, parakanoe bo'yicha kita chempionati bo'lib o'tadi.

Ayni paytda Samarqanddagi maxsus eshkak eshish majmuasida ushbu musobaqalarni tashkil etish uchun qizg'in tayyorgarlik ishlari ko'rilmoqda. Mazkur sport kompleksi eshkak eshish bo'yicha xalqaro musobaqalar o'tkazish bo'yicha talab va meyorlarga to'liq javob beradi. SHunga qaramay, Osiyoning 15 mamlakatidan tashrif buyuradigan terma jamoa vakillarini munosib kutib olish, musobaqalar vaqtida ularga barcha qulayliklarni yaratish bo'yicha keng ko'lamdagi ishlar amalga oshirilmoqda.

Ushbu musobaqalarda 127 nafar o'zbekistonlik sportchi ishtirok etadi. Jumladan, milliy terma jamoadan 50 nafar, yoshlar terma jamoasidan 65 nafar va parakanoe jamoasidan 12 nafar sportchi bellashuvlarda qatnashadi.

Xalqaro sport musobaqalarini dastlab parakanoechilar boshlab beradilar. Ular chempionat doirasida 200 metr masofaga kuch sinashadilar. Kattalar o'rtasidagi bahslarda esa sportchilar 200-500-1000 metr masofalarga bellashadilar. Unda erkak sportchilar K-1, K-2, K-4, S-1, S-2, S-4 qayiqlarida kuch sinashadilar. Ayollar o'rtasida esa 200 va 500 metr masofalarga yuqorida sanab o'tilgan qayiqlarda bahslar tashkil qilinadi. 23 yoshgacha bo'lgan sportchilar o'rtasidagi bellashuvlarda 200-500-1000 metr masofalarga K-1, K-2, K-4, S-1, S-2, S-4 qayiqlarida murosasiz kurashlar bo'lib o'tadi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing