So’nggi yangiliklar

21:57Диёра Келдиёрова Жаҳон чемпионати шоҳсупасида! ФОТОГАЛЕРЕЯ 0 20:31"Мерседес" "Запорожец"ни чангида қолдириб кетди — футбол мураббийи бўлишдан бошқа ҳамма ишни қилишга рози банк мутахассиси ғолиб бўлган Европа чемпионатини ёдга оламиз 0 20:10"Реваншни сабрсизлик билан кутаман" - Собиқ UFC чемпиони Фьюри-Усик жанги ҳақида гапирди 0 18:49Райан Гарсия Усикнинг ғалабасига муносабат билдирди 0 18:28Жаҳон чемпионатининг жамоавий баҳсларига қуръа ташланди 0 18:07Жозе Моуринью ишга қайтишга яқин. У янги жамоаси билан деярли келишувга эришди 0 17:46Усик ва Фьюри жанг натижаси эълон қилиниши олдидан нима ҳақида суҳбатлашгани маълум бўлди 0 17:25Ига Свёнтек бир мавсумда Рим ва Мадридда чемпион бўлган учинчи теннисчи 0 17:04Диёра Келдиёрова жаҳон чемпионати финалида + ФОТОГАЛЕРЕЯ 0 16:43Пеп Гвардиола "Манчестер Сити"даги келажаги ҳақидаги саволга жавоб берди 0 16:22Макгрегор: "Усик Фьюрига яна имкон бериши ёки Жошуа билан жанг қилиши керак" 0 16:01Бугун академик эшкак эшувчиларимиз сўнгги лицензион турнирда старт олишади 0 15:40Йўғе? Усик икки ҳафтадан кейин мутлақ жаҳон чемпиони мақомини йўқотади 0 15:19Биласизми? Одил Аҳмедов ўз вақтида катта пуллар эвазига ҳам "Бунёдкор"га ўтишни хоҳламаган 0 14:58Афсонавий Леннокс Льюис Александр Усикка мурожаат қилди 0

08 mar 13:45
Yangiliklar

Tennis, SHaxmat, Stol tennisi

Bayram muborak! O'zbek sporti malikalari mehmonimiz

Bugun 8 mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni nishonlanmoqda. 

Biz ushbu sana munosabati bilan o'zbek sportida o'ziga xos iz qoldirgan bir necha sportchilarimiz bilan bog'landik va ularga savollar bilan murojaat qildik.
1. Bugungi kunda nimalar bilan bandsiz?

2. Faoliyatingiz davomida qo'lga kiritgan eng katta yutug'ingiz sifatida qaysi natijangizni ko'rsata olasiz?

3. Kelajakdagi rejalaringiz qanday?

4. Bayram munosabati bilan yurtimiz ayollariga tabrigingiz.


Iroda To'laganova, O'zbek tennisi tarixidagi eng mashhur ayol sportchi:


Assalomu alaykum. Etiboringizdan juda xursand bo'ldim!
1. Ayni paytda tennis bo'yicha O'zbekiston ayollar terma jamoasi sardoriman. SHuningdek, "Pro Tennis Team" tennis maktabida yosh sportchilarga tennis sir-asrorlarini o'rgatib kelyapman.

2. Men uchun har bir g'alaba katta ahamiyatga ega. Lekin, 1999 yilda o'smirlar o'rtasida "Uimbldon" g'olibiga aylanganimdan so'ng O'zbekistonning birinchi Prezidenti Islom Abdug'anievich meni qizim deb atagandi. Bu men uchun juda katta narsa. SHuningdek, 2000 yilda "Tashkent Open" musobaqasidagi g'oliblik faoliyatimdagi eng muhimlaridan biri bo'lib qoladi. SHuningdek, bir qator musobaqalarda g'olib bo'lganimdan so'ng WTA reytingida dunyo bo'yicha 16-o'ringacha ko'tarilib olgandim.

3. Kelajakda o'zbek tennisini yuqori saviyaga olib chiqishni istayman. Bolalarga kuchli tennischi bo'lishlari uchun yordam bermoqchiman. Ular yaxshi tennischi bo'lib, yurtimiz bayrog'ini xalqaro arenalarda ham yuqorilarga ko'tarib yurishsin!

4. Hurmatli, go'zal, betakror ayollarimiz! Sizlarni xalqaro xotin-qizlar kuni munosbati bilan tabriklayman. Tinchlik, baxt va omad doimo hamrohingiz bo'lsin. Har doim yuqoriga intiling! Siz insoniyatning eng dono vakillari ekanligimizni yoddan chiqarmang! Kelajakda farzandlarimizni komil inson bo'lib etishtirish yo'lida o'rganish va rivojlanishdan to'xtamang. CHunki ular mamlakatimizning ertasidir. Barchamizga bayram muborak bo'lsin!

Saida Mahmudova, Stol tennisi bo'yicha yoshlar o'rtasida jahon chempioni, bir necha nufuzli turnirlar g'olibi:

1. Etibor uchun rahmat. Bugungi kunda stol tennisi bo'yicha O'zbekiston  terma jamoasi bosh murabbiyi sifatida faoliyat olib bormoqdaman. Umuman olganda esa, terma jamoamiz azolari bilan birgalikda SHveciyada o'tkaziladigan jahon chempionatiga tayyorgarlik ketmoqda. Ular bilan birga tinimsiz mashg'ulotlarda qatnashmoqdamiz. Undan tashqari, yaqin kunlar ichida Respublikamizning har bir viloyatida seminar va master-klasslar o'tkazishni rejalashtirib qo'yganmiz.

2. Faolyatim davomida 2002 yilda stol tennisi bo'yicha yoshlar o'rtasida jahon chempionligini qo'lga kiritganman. 2004 yil esa Qatarda klublar o'rtasidagi musobaqada ham jahon chempioni bo'lganman. SHuningdek, Italiya, Germaniya, Slovakiya davlatlarida o'tkazilgan nufuzli Gran-Pri turnirlarida ham g'oliblikni qo'lga kiritganman.

3. O'zbekistonda stol tennisini rivojlantirish uchun o'z hissamni qo'shmoqchiman. Yoshlarga o'z bilim va malakamni o'rgatib, kuchli sportchi bo'lib etishishlari uchun yordam berishni istayman. SHuningdek, terma jamoamiz azolari bilan birgalikda Argentinada o'tkaziladigan III o'smirlar Olimpiya o'yinlariga yo'llanma qo'lga kiritmoqchimiz. Undan tashqari shu yil Indoneziyada o'tkaziladigan Osiyo o'yinlarida yaxshi natija qayd etmoqchimiz. Qolaversa, 2020 yili Tokio shahrida o'tkaziladigan yozgi Olimpiya o'yinlarida munosib ishtirok etish borasida ham ishlarni boshlab yuborganmiz. Nasib qilsa, O'zbekiston ham kelajakda stol tennisi bo'yicha o'z o'rnini topadi.

4. Yaqinlashib kelayotgan bayram bilan vatanimizdagi barcha xotin-qizlarni tabriklayman. Ularga oilaviy baxt, sihat-salomatlik tilab qolaman. Doimo bahorday gullab-yashnab yurishsin!

Hulkar Tohirjonova, shaxmat bo'yicha O'zbekiston chempioni:


1. Assalomu alaykum. Ayni paytda “Sky Chess” shaxmat maktabida yosh shaxmatchilarga sportning ushbu turidan murabbiylik qilyapman. Bugungi kunda oldimizda juda ko'plab loyihalar turibdi. Yaqinlashib kelayotgani xotin-qizlar kuniga bag'ishlangan "SHaxmat bayrami" loyihasi ustida qattiq tayyorgarlik ketmoqda. Bunday bayram O'zbekistonda ilk marotaba tashkil etilmoqda. Bu shaxmat bayramining alohida ajralib turadigan tomoni shundaki, bu erda faqat ayollar va qizlarimiz ishtirok etishlari mumkin. Bahslar havaskor va professional shaxmatchilar o'rtasida o'tkaziladi. Ular ikki guruhga bo'linib bahslashadilar. Undan tashqari, bolajonlar uchun o'quv qo'llanma yozganman. Qo'llanma ikki tilda - rus va o'zbek tillarida chop etishga tayyorlanmoqda. SHuningdek, Navro'z bayrami ham yaqinlashib kelmoqda. Bu bayramga atab ham ikkita musobaqa o'tkaziladi. Ushbu musobaqalarga tayyorgarlik ketmoqda.

2. Sportchilik faoliyatimdagi eng katta yutug'im - ayollar o'rtasida O'zbekiston chempioni bo'lganman. O'rta Osiyo kubogida ikkinchi o'rinni qo'lga kiritganman. Georgiy Agzamov xotirasiga bag'ishlangan turnirda, bir necha xalqaro turnirlarda g'olib bo'lganman.

3.Kelajakda rejalarim juda ko'p. Asosiy rejalarimdan biri bu albatta O'zbekistonda shaxmatni, xususan, ayollar shaxmatini rivojlantirishga o'z hissamni qo'shish! Nasib qilsa, shaxmat bo'yicha hali ko'plab yutuqlarni qo'lga kiritamiz.

4. Avvalambor, kirib kelayotgan bayram bilan yurtimiz xotin-qizlarini chin ko'ngildan tabriklayman. Ularni xech qachon nafislik, dilbarlik, latofat tark etmasin. Ularga hayotdan faqat va faqat zavqlanib yashashlarini tilab qolaman! Bayram muborak bo'lsin!

Fursatdan foydalanib, mamlakatimiz xotin-qizlarini bayram bilan tabriklaymiz.. Ularga barcha-barcha yaxshi tilaklarimizni tilaymiz. Ayol borki - olam munavvar! Tabiatni o'z ziyo nurlari bilan nurafshon etib turgan ayollarimizni go'zallik, nafosat va bahor bayrami bilan qutlaymiz. Bayramingiz muborak aziz onalar, opa-singillar!

"SPORT" gazetasi

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing