So’nggi yangiliklar

14:19Мухлислар ташрифи бўйича жорий мавсум рекорди Наманганда янгиланди 0 14:11UFC Нурсултонга: "Тезроқ жароҳатни тузат. Сен учун режамиз бор" 0 13:58Жон Жонс Миочич билан жангдан қанча пул ишлаб олишини очиқлади 0 13:37Нурхон Қурбонова Париж-2024 Паралимпия ўйинларига иккинчи лицензиясини қўлга киритди! 0 13:16"Бургут" хоккей клуби "Ҳумо"нинг менежерини трансфер қилди 0 12:55Хави 2023-2024 йилги мавсумни сарҳисоб қилди 0 12:34Усик ва Фьюри жангдан қанча пул ишлаб олишгани маълум бўлди 0 12:13Жамал Хилл иштирокидаги жанг бекор қилинди 0 11:52Хабиб Нурмагомедов Ислам Махачевнинг машғулот йиғинига қўшилди + ФОТО 0 11:31Суперлига. Бугун 8-тур баҳслари давом эттирилади 0 11:10Рим "Мастерс" турнирида чемпион аниқланди 0 10:49Жаҳон чемпионатининг биринчи кунидан сўнг 107 давлат орасида нечанчи ўриндамиз? 0 10:28Нурсултон Рўзибоев: "Бу ҳақиқий жанг бўлади" 0 10:07"Барселона" Испания Суперкубоги 1/2 финалида "Атлетик" билан ўйнайди, "Реал" эса... 0 09:46Гусков Энтони Смит билан жанг қиладими? Богданнинг ўзи бунга ойдинлик киритди 0

27 sen 14:44
Yangiliklar

Tadbirlar

Bektemirda “Sog'lom hayot uchun 5 ming qadam” shiori ostida tadbir o'tkazildi

Bektemirda “Sog'lom hayot uchun 5 ming qadam” shiori ostida ommaviy yurish hamda ertalabki badantarbiya mashqlari tashkil etildi.

Aholining bo'sh vaqtini mazmunli tashkil etish va salomatligini mustahkamlashda sport mashg'ulotlari, xususan harakatli mashqlarning o'rni beqiyos. SHu sababli karantin talablari yumshatilishi bilan jismoniy tarbiya va sportni keng targ'ib etishga qaratilgan tadbirlarga alohida etibor qaratilmoqda.

Bugun Toshkent shahar Bektemir tumanida ham “Sog'lom hayot uchun 5 ming qadam” shiori ostida ommaviy yurish marafoni hamda ertalabki badantarbiya mashg'ulotlari tashkil etildi. Unda tumanda istiqomat qiluvchi qariyb 500 nafar aholi ishtirok etdi. Tadbirda Bektemir tumani hokimi Jahongir Ibrohimov ham qatnashib, tuman aholisini sog'lom turmush tarziga jalb etishga o'z hissalarini qo'shdi.

Ishtirokchilar Bektemir tuman elektr tarmoqlari korxonasi oldidan startga chiqib bolalar-o'smirlar sport maktabi stadionigacha bo'lgan masofani piyoda bosib o'tishdi. Barcha ishtirokchilar karantin qoidalariga to'liq rioya qilgan holda harakatlandi.

Ommaviy yurish marafoni yakunida barcha ishtirokchilar tuman bolalar-o'smirlar sport maktabidagi futbol maydonida ertalabki badantarbiya mashqlarini bajarishdi.

Takidlash joiz, piyoda yurish va harakatlanish salomatlik uchun nihoyatda foydali bo'lib, bu kabi tadbirlar aholi orasida sog'lom turmush tarzini keng targ'ib etishga xizmat qiladi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing