So’nggi yangiliklar

21:57Диёра Келдиёрова Жаҳон чемпионати шоҳсупасида! ФОТОГАЛЕРЕЯ 0 20:31"Мерседес" "Запорожец"ни чангида қолдириб кетди — футбол мураббийи бўлишдан бошқа ҳамма ишни қилишга рози банк мутахассиси ғолиб бўлган Европа чемпионатини ёдга оламиз 0 20:10"Реваншни сабрсизлик билан кутаман" - Собиқ UFC чемпиони Фьюри-Усик жанги ҳақида гапирди 0 18:49Райан Гарсия Усикнинг ғалабасига муносабат билдирди 0 18:28Жаҳон чемпионатининг жамоавий баҳсларига қуръа ташланди 0 18:07Жозе Моуринью ишга қайтишга яқин. У янги жамоаси билан деярли келишувга эришди 0 17:46Усик ва Фьюри жанг натижаси эълон қилиниши олдидан нима ҳақида суҳбатлашгани маълум бўлди 0 17:25Ига Свёнтек бир мавсумда Рим ва Мадридда чемпион бўлган учинчи теннисчи 0 17:04Диёра Келдиёрова жаҳон чемпионати финалида + ФОТОГАЛЕРЕЯ 0 16:43Пеп Гвардиола "Манчестер Сити"даги келажаги ҳақидаги саволга жавоб берди 0 16:22Макгрегор: "Усик Фьюрига яна имкон бериши ёки Жошуа билан жанг қилиши керак" 0 16:01Бугун академик эшкак эшувчиларимиз сўнгги лицензион турнирда старт олишади 0 15:40Йўғе? Усик икки ҳафтадан кейин мутлақ жаҳон чемпиони мақомини йўқотади 0 15:19Биласизми? Одил Аҳмедов ўз вақтида катта пуллар эвазига ҳам "Бунёдкор"га ўтишни хоҳламаган 0 14:58Афсонавий Леннокс Льюис Александр Усикка мурожаат қилди 0

16 avg 12:17
Yangiliklar

Sport kurashlari, Tokio-2020

Bekzod Abdurahmonov: Parijda bronzani oltinga aylantiraman

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti SHavkat Mirziyoev 13 avgust kuni Tokio-2020 Olimpiya o'yinlarida muvaffaqiyatli ishtirok etgan sportchi, murabbiy, shifokor va mutasaddi rahbarlarni yuksak davlat mukofotlari bilan taqdirlagan edi.

Mukofot olganlar orasida erkin kurash bo'yicha O'zbekiston terma jamoasi azosi, Tokio-2020 Olimpiadasining bronza medali sovrindori Bekzod Abdurahmonov ham bor. Sportchilar oilasidan bo'lgan Abdurahmonov «O'zbekiston Respublikasida xizmat ko'rsatgan sportchi» faxriy unvoniga loyiq ko'rildi. 

«Olimpiya o'yinlari boshqa musobaqalar, xususan jahon va qita chempionatlaridan ancha yuqorida turishiga, saviyasi baland ekaniga bevosita o'z ishtirokim natijasida amin bo'ldim», - deydi Abdurahmonov. - «Hurmatli Prezident, shaxsan sizning qo'llab-quvvatlashingiz, pandemiya holatiga qaramay, biz uchun barcha sharoitlarni muhayyo qilib berganingiz sababli Tokioda yaxshi natijalarga erisha oldik deb o'ylayman. Yaponiyada O'zbekiston tarixidagi ikkinchi eng yaxshi natijani ko'rsatdik. Nasib qilsa, Parijda bronza medallarni oltinga aylantiramiz. Olimpiadaning saviya va darajasi, u erdagi harorat men kutganimdan ham yuqori ekan. Har bir sportchi nafaqat o'zi, balki oilasi, yaqinlari, Vatani shanini himoya qilish uchun harakat qiladi. O'z o'rnida men ham butun musobaqa davomida ortimda 34 millionlik xalqim, ota-onam, yaqinlarim, oila azolarim va Sizdek Prezidentim borligini dildan his qilib turdim. Prezidentim va xalqimning ishonchi menga qo'shimcha kuch berdi. Fursatdan foydalanib, biz sportchilarga qaratayotgan etiboringiz uchun minnatdorlik izhor qilaman. Samolyotdan tushishimiz bilan bizga Prezident sovg'asi sifatida uy va mashina berishdi. Buning uchun yana bir bor rahmat aytaman. Aslida men sportchilar oilasidanman. Akam ham sportchi bo'lgan, u hozir mening murabbiyim. Otam ham kurash tushganlar. Bo'lajak rafiqam Nigora Tursunqulova taekvondo sport turidan ikkita Olimpiadada qatnashdi».

Reyting:    

Fikrlar

   
17 avg 08:01:54
Boks
Tokio olimpiadasdan keyin butunlay MMA.ga otaman deudiyuv
< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing