So’nggi yangiliklar

19:04Махачевнинг кейинги рақиби ким бўлади? UFC раҳбари жавоб берди 0 18:43Элина Свитолина "Ролан Гаррос" 1/8 финалида 0 18:22Дмитрий Бивол 2018 йилдан бери илк бор муддатидан олдин ғалаба қозонди 0 18:01Бунақаси "Реал" билан фақатгина 1932 йилда содир бўлганди 0 17:40"Ролан Гаррос". Даниил Медведевнинг юриши давом этмоқда 0 17:19Дюбуа энди Энтони Жошуага қарши жанг қилмоқчи 0 16:58Каспер Рууд "Ролан Гаррос" 1/8 финалига йўл олди 0 16:37Расман: Жозе Моуринью — "Фенербахче" бош мураббийи! 0 16:26Уч таэквондочимиз Ҳарбийлар ўртасида жаҳон чемпиони, яна тўрт нафари совриндор! 0 16:16Александр Шлеменко Кертисни муддатидан олдин мағлуб этди 0 15:55Бивол сўнгги 6 йилликдаги илк нокаути ҳақида: "Кучим йўқ бўлиб қолмаганини билардим" 0 15:32Ислам Махачев Хабибнинг натижасини такрорлади 0 15:10"Реал" қачон Европа Суперкубоги учун курашади? 0 14:48Шахматчиларимиз Aktobe Open 2024 турнирининг 8-турида қандай натижа қайд этишди? 0 14:24Хабиб Нурмагомедов Тони Крооснинг сўнгги ўйини ҳақида фикр билдирди 0

01 mar 07:48
Yangiliklar

Kurash

Bel olish va uch kurash bo'yicha 2021 yilning ilk chempionlari aniqlandi

23-28 fevral kunlari poytaxtimizning Yashnobod tumanidagi 1-sonli bolalar-o'smirlar sport maktabida bel olish va uch kurash bo'yicha 2004-2005 tug'ilgan o'g'il bolalar, qizlar hamda kattalar o'rtasida O'zbekiston chempionati bo'lib o'tdi.

O'zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi hamda O'zbekiston Bel olish va uch kurash associaciyasining yillik-taqvim rejasidagi mazkur mamlakat chempionatida  Qoraqalpog'iston Respublikasi, Toshkent shahri va barcha viloyatlardan 600 nafarga yaqin yosh polvonlar g'oliblik uchun kurash tushishdi.

Musobaqa reglamentiga muvofiq, dastlab kattalar va 2004-2005 yillarda tug'ilgan o'smirlar va qizlar bel olishning xalqa-chalish, xalqa-chalishsiz yo'nalishlarida belgilangan vazn toiflariga ko'ra kuch sinashishdi.

Bel olish bo'yicha bellashuvlar yakuniga etgach, kuchli uchlikdan joy olgan sportchilar munosib taqdirlanishdi.

Musobaqa reglamentiga muvofiq, oradan bir kun o'tib, bel olish va uch kurashning uch kurash bo'yicha musobaqasiga navbat berildi.

Murosasiz va yuqori saviyada o'tgan mazkur uch kurash bo'yicha ham belgilangan yo'nalishlar bahslarida 2004-2005 yillarda tug'ilgan o'g'il bolalar o'rtasida Maruf Boltaboev (Andijon), Sardorbek Komilov (Andijon), Javoxir Egamberdiev (Xorazm), Jasur Xolmurodov (Surxondaryo), Otabek Xolmirzaev (Toshkent v.), kattalar o'rtasida Umidjon SHaropov (Jizzax), Nurmuhammad Abdullaev (Farg'ona), Abduhakim Mahmudov (Toshkent sh.), Muhammadkarim Karimov (Farg'ona), Anvar Xudoyqulov (Samarqand), Asilbek Abduraimov (Samarqand) kabi polvonlar o'z vazn toifalariga ko'ra, chempionlikni qo'lga kiritib, shohsupadan joy olishga muvaffaq bo'lishdi.

O'zbekiston chempionati bellashuvlari yakuniga etgach, 2021 yilning dastlabki g'olib va sovrindorlari associaciya tomonidan diplom, medal va esdalik sovg'alari bilan mukofotlanishdi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing