So’nggi yangiliklar

20:28Қозоғистонлик теннис маликаси "Ролан Гаррос" 1/8 финалида ўйнайди 0 20:07Царукян — Махачевга: "Навбат бўйича кейингиси менман, Ислам, қочма!" 0 19:46"Ролан Гаррос". Соболенко Паула Бадосани йўлдан олиб ташлади 0 19:25Роналду икки юлдуз билан музокара олиб бормоқда, улар ким эканлиги маълум 0 19:04Махачевнинг кейинги рақиби ким бўлади? UFC раҳбари жавоб берди 0 18:43Элина Свитолина "Ролан Гаррос" 1/8 финалида 0 18:22Дмитрий Бивол 2018 йилдан бери илк бор муддатидан олдин ғалаба қозонди 0 18:01Бунақаси "Реал" билан фақатгина 1932 йилда содир бўлганди 0 17:40"Ролан Гаррос". Даниил Медведевнинг юриши давом этмоқда 0 17:19Дюбуа энди Энтони Жошуага қарши жанг қилмоқчи 0 16:58Каспер Рууд "Ролан Гаррос" 1/8 финалига йўл олди 0 16:37Расман: Жозе Моуринью — "Фенербахче" бош мураббийи! 0 16:26Уч таэквондочимиз Ҳарбийлар ўртасида жаҳон чемпиони, яна тўрт нафари совриндор! 0 16:16Александр Шлеменко Кертисни муддатидан олдин мағлуб этди 0 15:55Бивол сўнгги 6 йилликдаги илк нокаути ҳақида: "Кучим йўқ бўлиб қолмаганини билардим" 0

25 dek 15:26
Yangiliklar

Kurash

Bel olish va uch kurash. O'zbekiston chempionati bellashuvlarida g'oliblar aniqlandi

Teglar :  Bel olish kurash
23 dekabr kuni Sirdaryo viloyatining SHirin shahridagi bolalar-o'smirlar sport maktabida bel olish va uch kurash bo'yicha 2005-2006 hamda 2007-2008 yillarda tug'ilgan o'g'il bolalar va qizlar o'rtasida O'zbekiston chempionatiga start berildi.

O'zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi hamda O'zbekiston Bel olish va uch kurash associaciyasining yillik – taqvim rejasidagi mazkur mamlakat chempionatida  Qoraqalpog'iston Respublikasi, Toshkent shahri va barcha viloyatlardan  500 nafardan ortiq yosh polvonlar g'oliblik uchun kurash tushishmoqda.  Musobaqa reglamentiga muvofiq, 23-24 dekabr kunlari  2005-2006 hamda 2007-2008 yillarda tug'ilgan o'smirlar va qizlar  bel olishning  xalqa  - chalish,  xalqa - chalishsiz yo'nalishlarida belgilangan  vazn toiflariga ko'ra kuch sinashishdi. 

Unga ko'ra quyidagi sportchilar birinchi o'rinni qo'lga kiritishdi.

2005-2006 yillarda tug'ilgan o'g'il bolalar va qizlar o'rtasida bel olishning xalqa - chalish yo'nalishi

38 kg. 1. Muzaffar Yo'ldoshev (Farg'ona), 44 kg. 1. Muzaffar Raximberdiev (Namangan), 52 kg. 1. Javlon Usmonjonov (Namangan), 62 kg. 1. Sardor Isaqulov (Sirdaryo).

2005-2006 yillarda tug'ilgan o'g'il bolalar va qizlar o'rtasida bel olishning chalish yo'nalishi.


O'g'il bolalar

35 kg. 1. Xushnudjon Jo'raev (Jizzax), 41 kg. 1. Sarvarbek Qosimjonov (Andijon), 47 kg. 1. Ibrohim G'aniev (Farg'ona), 57 kg. 1. Javoxir Anvarjonov (Farg'ona), +62 kg. 1. Anvar Xomidjonov (Farg'ona). 

Qizlar

44 kg. 1. Gavxaroy Qutbiddinova (Namangan), 48 kg. 1. Sevara Sottieva (Jizzax), +48 kg. 1. Sabina Najmiddinova (Jizzax).

2007-2008 yillarda tug'ilgan o'g'il bolalar va qizlar o'rtasida bel olishning xalqa chalish yo'nalishi.


O'g'il bolalar

30 kg. 1. Ozodbek Karimboev (Jizzax), 36 kg. 1. Doniyor Rajabaliev  (Sirdaryo), 42 kg. 1. Bahodir Ko'pjursinov (Qoraqalpog'iston), 48 kg. 1. Ibrat Jumaboev (Xorazm).

2007-2008 yilda tug'ilgan o'g'il bolalar va qizlar o'rtasida bel olishning chalish yo'nalish.


O'g'il bolalar

27 kg. 1. Oyatillaxon Abrorxonov (Farg'ona), 33 kg. 1. Oqilbek Rahimberdiev (Namangan), 39 kg. 1. Abdiqodir Jumaqo'ziev (Farg'ona), 45 kg. 1. Diyorbek Kuandikov (Qoraqalpog'iston), +48 kg. 1. Elbek Soliev (Farg'ona).


Qizlar

36 kg. 1. Muhabbat Ro'ziboeva (Jizzax), +36 kg. 1. Feruza Abdusalomova (Surxondaryo)


G'olib va sovrindorlar medal, diplom va esdalik sovg'alari bilan mukofotlanishdi. Musobaqa dasturiga muvofiq, ertadan yosh polvonlar bel olish va uchkurashning uch kurash bo'yicha bellashuvlarida o'z omadlarini sinovdan o'tkazishadi.  

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing