So’nggi yangiliklar

15:47Майк Тайсон Усик-Фьюри жангига тахмин билдирди 0 15:24"Ал Иттиход" ёзда тер Штегенни сотиб олмоқчи 0 15:01Ломаченко Хейнига учралган мағлубиятдан сўнг фаолиятини якунлашни истаганини айтди 0 14:39Мураббий: "Порье Махачевни мағлуб эта олади" 0 14:17Тайсон ва Пол илк бор юзма-юз келди (ВИДЕО) 0 13:53"Реал" етакчиси МЛС клубларидан таклиф олди 0 13:30Флойд Мэйвезер яна жанг қилади. Рақиб ва жанг санаси маълум 0 13:09Хабибнинг жамоадоши солиқ борасидаги қарздорлик ҳақидаги хабарга изоҳ берди 0 12:45Дана Уайт Жон Жонснинг рақиби ўзгармаслигини тасдиқлади 0 12:23Бугун Суперлига 7-туридан ўрин олган сўнгги учрашув бўлиб ўтади 0 12:02Мария Саккари учун Рим "таътиллари" якунланди 0 11:41Макгрегор - Чендлер жанги ўтказилмай туриб, даромад бўйича UFC рекордини янгилади 0 11:20Бироз аввал Хабаровскда бокс бўйича нуфузли халқаро турнир старт олди 0 10:59БАА Про лигаси. Эркинов пенальти ишлаган ўйинда "Ал Ваҳда" йирик ғалабани қўлга киритди 0 10:38Рим WTA 1000. Соболенко Свитолинани мағлуб этди 0

19 apr 11:43
Yangiliklar

Kurash

Belbog'li kurash. Farg'onada O'zbekiston chempionati bo'lib o'tdi FOTOGALEREYA

16-18 aprel kunlari Farg'ona olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazida belbog'li kurash bo'yicha erkaklar va ayollar o'rtasida O'zbekiston chempionati o'tkazildi.

O'zbekiston Respublikasi sport vazirligi hamda O'zbekiston belbog'li kurash federaciyasining yillik taqvim-rejasidan o'rin olgan ushbu musobaqada mamlakatimizning barcha hududlaridan 300 nafarga yaqin polvonlar g'oliblik uchun kurash tushishdi.

Musobaqaning birinchi kuni dastlab tantanali ochilish marosimi tashkil etildi. Unda Farg'ona viloyati sport boshqarmasi boshlig'i Nodirbek Hakimov hamda O'zbekiston belbog'li kurash federaciyasi vakillari ishtirok etib, sportchilarga omad tilashdi.

Musobaqa reglamentiga muvofiq, erkaklar belbog'li kurashning belbog'li kurash va erkin yo'nalishida 9 ta, ayollar esa belbog'li kurashning erkin yo'nalishida 7 ta vazn toifasida kuch sinashishdi.

Musobaqaning barcha g'olib va sovrindorlari:

Erkaklar (belbog'li kurash yo'nalishi) 

52 kg. Umarali Akbaraliev (Toshkent v.), 57 kg. Jamoliddin Nematullaev (Namangan), 62 kg. Mardonbek Kimsanboev (Andijon), 68 kg. Oybek Sultonov (Andijon), 75 kg. Samandar Anvarov (Farg'ona), 82 kg. Ilhom Mashrabov (Andijon), 90 kg. Kamoliddin Ro'ziboev (Andijon), 100 kg. Nodirbek Axatjonov (Toshkent v.), +100 kg. Azamjon Anvarjonov (Andijon). 

Ayollar (erkin yo'nalish) 

48 kg. Odina Tojiboeva (Farg'ona), 52 kg. Farangiz Abdunabieva (Sirdaryo), 58 kg. Muslima Ahmedova (O'zDJSTSU), 66 kg. Marvarid SHodmonalieva (Andijon), 70 kg. Zulayxo Zayniddinova (Namangan), 76 kg. Dilafro'z Mamajonova (Namangan), +76 kg. Sahobat SHeralieva (Farg'ona).

Erkaklar (erkin yo'nalish) 

52 kg. Azizbek Kenjaev (Farg'ona), 57kg. Abdulahad Nosirov (Namangan), 62 kg. Jumaboy Amirov (Toshkent sh.), 68 kg. Diyorbek Polvonboev (Farg'ona), 75 kg. Murodjon Xamidov (Namangan), 82 kg. Parvozbek Kozimov (Andijon), 90 kg. Azamat Mo'minov (Andijon), 100 kg. Obidali Mavlonov (Farg'ona), +100 kg. Muhammad Tursunov (Andijon). 

G'olib va sovrindorlar diplom, medal va esdalik sovg'alari bilan mukofotlanishdi. CHempionatda kuchli uchlikdan joy olgan sportchilar terma jamoaga jalb etiladi va joriy yilgi xalqaro musobaqalarda ishtirok etadi.

Ilhom RAHMONOV tayyorladi

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing