So’nggi yangiliklar

16:10Магнус Карлсен кетма-кет еттинчи турнирда ғалабага эришди 0 15:47Майк Тайсон Усик-Фьюри жангига тахмин билдирди 0 15:24"Ал Иттиход" ёзда тер Штегенни сотиб олмоқчи 0 15:01Ломаченко Хейнига учралган мағлубиятдан сўнг фаолиятини якунлашни истаганини айтди 0 14:39Мураббий: "Порье Махачевни мағлуб эта олади" 0 14:17Тайсон ва Пол илк бор юзма-юз келди (ВИДЕО) 0 13:53"Реал" етакчиси МЛС клубларидан таклиф олди 0 13:30Флойд Мэйвезер яна жанг қилади. Рақиб ва жанг санаси маълум 0 13:09Хабибнинг жамоадоши солиқ борасидаги қарздорлик ҳақидаги хабарга изоҳ берди 0 12:45Дана Уайт Жон Жонснинг рақиби ўзгармаслигини тасдиқлади 0 12:23Бугун Суперлига 7-туридан ўрин олган сўнгги учрашув бўлиб ўтади 0 12:02Мария Саккари учун Рим "таътиллари" якунланди 0 11:41Макгрегор - Чендлер жанги ўтказилмай туриб, даромад бўйича UFC рекордини янгилади 0 11:20Бироз аввал Хабаровскда бокс бўйича нуфузли халқаро турнир старт олди 0 10:59БАА Про лигаси. Эркинов пенальти ишлаган ўйинда "Ал Ваҳда" йирик ғалабани қўлга киритди 0

31 mar 17:11
Yangiliklar

Kurash

Belbog'li kurash. Navoiyda kuchlilar saralandi

28-30 mart kunlari Navoiy shahrida belbog'li kurash bo'yicha O'zbekiston Kubogi bellashuvlari bo'lib o'tdi.

Yakkakurash sport turlariga ixtisoslashtirilgan sport maktabi mezbonlik qilgan musobaqada 2008-2009 yillarda tug'ilgan o'g'il bolalar va qizlar bir nechta vazn toifasida o'zaro bellashishdi. 

O'zbekiston Respublikasi sport vazirligi hamda O'zbekiston belbog'li kurash federaciyasining yillik-taqvim rejasidan o'rin olgan mamlakat kubogida Qoraqalpog'iston Respublikasi, Toshkent shahri va barcha  viloyatlardan 300 nafarga yaqin yosh polvonlar o'z imkoniyatlarini sinovdan o'tkazishdi.

Bahslarga start berilishi oldidan dastlab, musobaqaning tantanali ochilish marosimi tashkil etildi. Unda Navoiy viloyati sport boshqarmasi boshlig'i vazifasini bajaruvchi Jasur Murtozaev, O'zbekiston belbog'li kurash federaciyasi raisi Ravshan Dastirov, Navoiy olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazi direktori Beknazar Qurbonov, Yakkakurash sport turlariga ixtisoslashtirilgan sport maktabi direktori Oybek Jumanazarov, belbog'li kurash bo'yicha terma jamoa bosh murabbiyi SHavkat Mirzaqulov va boshqalar yosh polvonlarni qutlab, musobaqalarda omad tilashdi.

Ikki kun davom etgan mamlakat kubogida o'g'il bolalar belbog'li kurashning erkin va klassik yo'nalishlarida 14 ta, qizlar esa erkin yo'nalishda 7 ta vazn toifasida g'oliblik yo'lida kurashishdi.

Barcha g'olib va sovrindorlar:

O'g'il bolalar. Belbog'li kurash yo'nalishi

35 kg. Abduvoxit Muhammadov (Andijon) 

38 kg. Muhammadqodir Umaraliev (Farg'ona) 

42 kg. Murodjon Dehqonov (Namangan) 

46 kg. Akilbek Kallibekov (Qoraqalpog'iston) 

50 kg. Oqilbek Rahimberdiev (Namangan) 

55 kg. Ramziddin Abdulhamidov (Andijon) 

60 kg. Muxibillox Sadirdinov (Andijon) 

65 kg. Muhammadali To'lanboev (Andijon) 

71 kg. Boburbek Abdumalikov (Farg'ona)

77 kg. Bayishbek Mamataliev (Andijon) 

85 kg. Sarvarjon Turdiev (Navoiy)

90 kg. Xudoyor Normirzaev (Farg'ona) 

95 kg. SHahzodbek Karimov (Farg'ona) 

+95 kg. SHohjahon Rahmatov (Toshkent v.). 


O'g'il bolalar. Belbog'li kurash erkin yo'nalishi 

35 kg. Xudoyberdi Po'latov (Buxoro) 

38 kg. Abdulatif Nuriddinov (Navoiy) 

42 kg. SHoxrux Jo'raev (Andijon)

46 kg. Asror Rahmatov (Navoiy)

50 kg. Amirxon SHukurboev (Navoiy)

55 kg. Asilbek Muhammedov (Farg'ona)

60 kg. Iskandar Umrzoqov (Namangan) 

65 kg. Muhammadbunyod SHamolboev (Andijon)

71 kg. Muvsa Jumamuratov (Qoraqalpog'iston)

85 kg. Nasriddin Nasriddinov (Navoiy) 

90 kg. Hojiakbar Mirzayo'ldoshev (Andijon) 

95 kg. Husniddin Ibrohimov (Farg'ona) 

+95 kg. Murodulla Alijonov (Farg'ona).

Qizlar. Belbog'li kurash erkin yo'nalishi 

40 kg. Parizoda Mansurova (Navoiy) 

44 kg. Jasmina Mamurjonova (Farg'ona) 

48 kg. Bahora Berdimuratova (Navoiy) 

52 kg. Gulsanam Abdukarimova (Farg'ona) 

57 kg. SHodiyona Ismoilova (Andijon) 

63 kg. SHahnozaxon Abdumalikova (Farg'ona) 

70 kg. Aysuluv Qidirbaeva (Qoraqalpog'iston)

+70 kg. Rayhona Mamatkarimova (Farg'ona). 

Bellashuvlar yakuniga etgach, kuchli uchlikdan joy olgan polvonlar diplom, medal va esdalik sovg'alari bilan mukofotlanishdi. 

Ilhom RAHMONOV tayyorladi

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing