So’nggi yangiliklar

20:28Қозоғистонлик теннис маликаси "Ролан Гаррос" 1/8 финалида ўйнайди 0 20:07Царукян — Махачевга: "Навбат бўйича кейингиси менман, Ислам, қочма!" 0 19:46"Ролан Гаррос". Соболенко Паула Бадосани йўлдан олиб ташлади 0 19:25Роналду икки юлдуз билан музокара олиб бормоқда, улар ким эканлиги маълум 0 19:04Махачевнинг кейинги рақиби ким бўлади? UFC раҳбари жавоб берди 0 18:43Элина Свитолина "Ролан Гаррос" 1/8 финалида 0 18:22Дмитрий Бивол 2018 йилдан бери илк бор муддатидан олдин ғалаба қозонди 0 18:01Бунақаси "Реал" билан фақатгина 1932 йилда содир бўлганди 0 17:40"Ролан Гаррос". Даниил Медведевнинг юриши давом этмоқда 0 17:19Дюбуа энди Энтони Жошуага қарши жанг қилмоқчи 0 16:58Каспер Рууд "Ролан Гаррос" 1/8 финалига йўл олди 0 16:37Расман: Жозе Моуринью — "Фенербахче" бош мураббийи! 0 16:26Уч таэквондочимиз Ҳарбийлар ўртасида жаҳон чемпиони, яна тўрт нафари совриндор! 0 16:16Александр Шлеменко Кертисни муддатидан олдин мағлуб этди 0 15:55Бивол сўнгги 6 йилликдаги илк нокаути ҳақида: "Кучим йўқ бўлиб қолмаганини билардим" 0

16 apr 20:39
Yangiliklar

Kurash

Belbog'li kurash. Navoiyda mamlakat chempionlari aniqlandi + FOTO

14-15 aprel kunlari Navoiy shahridagi Yakkakurash turlariga ixtisoslashtirilgan bolalar-o'smirlar sport maktabida 2005-2006 yillarda tug'ilgan o'g'il bolalar va qizlar o'rtasida belbog'li kurash bo'yicha O'zbekiston chempionati bo'lib o'tdi.

O'zbekiston Respublikasi Sportni rivojlantirish vazirligi hamda O'zbekiston belbog'li kurash federaciyasining yillik-taqvim rejasidagi mazkur mamlakat chempionatida Qoraqalpog'iston Respublikasi, Toshkent shahri va barcha viloyatlardan 300 nafarga yaqin yosh polvonlar g'oliblik uchun kurash tushishdi.  

Musobaqada o'g'il bolalar 10, qizlar esa 7 ta vazn toifasida kuch sinashishdi. Murosasiz o'tgan mazkur chempionatning yakuniy natijalirga ko'ra, quydagi polvonlar o'z vazn toifalarida barcha raqiblarini engib, oltin medallarga ega bo'lishdi.

O'g'il bolalar (belbog'li kurash yo'nalishi)

45 kg. SHuxrat Qirg'izboev (Andijon), 50 kg. Sohibjon Boymatov (Toshkent sh.), 55 kg. Muhammadyusuf Maxamadullaev (Andijon), 60 kg. Kamronmirzo Usmonaliev (Namangan), 65 kg. Azimjon Akbarov (Toshkent sh.), 71 kg. Olloberdi Karimberdiev (Toshkent sh.), 77 kg. Sardor Jumaboev (Toshkent v.), 85 kg. Azimjon Yuldoshev (Namangan), 95 kg. Anvarjon Xo'jamurodov (Namangan), +95 kg. SHohrux SHorustamov (Toshkent v.). 

Qizlar (erkin yo'nalish)

44 kg. Arofatxon Muhammadova (Andijon), 48 kg. Mohiraxon Qahhorova (Andijon), 52 kg. Eldora Alimboeva (Qoraqalpog'iston), 57 kg. Zahroxon Mahmudova (Farg'ona), 63 kg. Durdona Mamurjonova (Sirdaryo), 70 kg. Sevara Sajenova (Qoraqalpog'iston), +70 kg. Jumagul Erkinjonova (Farg'ona).

O'g'il bolalar (erkin yo'nalish)

45 kg. Izzatillo Jumanov (Farg'ona), 50 kg. Tohirjon Habibullaev (Namangan). 55 kg. Muslimbek O'ktamjonov (Toshkent sh.), 60 kg. Dadabek Suyumov (Namangan), 65 kg. SHodiyorbek Rajabaliev (Sirdaryo), 71 kg. Nodirbek G'ofurov (Samarqand), 77 kg. Ziyodulla Valijonov (Toshkent sh.), 85 kg. Eldor Mahmudov (Toshkent sh.), 95 kg. Nodirbek Nizomov (Buxoro), +95 kg. SHoxruh Qurbonboev (Navoiy). 

O'zbekiston chempionati bellashuvlari yakuniga etgach, g'olib va sovrindorlar diplom hamda medal bilan mukofotlanishdi.  

Ilhom RAHMONOV tayyorladi

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing