So’nggi yangiliklar

19:25Роналду икки юлдуз билан музокара олиб бормоқда, улар ким эканлиги маълум 0 19:04Махачевнинг кейинги рақиби ким бўлади? UFC раҳбари жавоб берди 0 18:43Элина Свитолина "Ролан Гаррос" 1/8 финалида 0 18:22Дмитрий Бивол 2018 йилдан бери илк бор муддатидан олдин ғалаба қозонди 0 18:01Бунақаси "Реал" билан фақатгина 1932 йилда содир бўлганди 0 17:40"Ролан Гаррос". Даниил Медведевнинг юриши давом этмоқда 0 17:19Дюбуа энди Энтони Жошуага қарши жанг қилмоқчи 0 16:58Каспер Рууд "Ролан Гаррос" 1/8 финалига йўл олди 0 16:37Расман: Жозе Моуринью — "Фенербахче" бош мураббийи! 0 16:26Уч таэквондочимиз Ҳарбийлар ўртасида жаҳон чемпиони, яна тўрт нафари совриндор! 0 16:16Александр Шлеменко Кертисни муддатидан олдин мағлуб этди 0 15:55Бивол сўнгги 6 йилликдаги илк нокаути ҳақида: "Кучим йўқ бўлиб қолмаганини билардим" 0 15:32Ислам Махачев Хабибнинг натижасини такрорлади 0 15:10"Реал" қачон Европа Суперкубоги учун курашади? 0 14:48Шахматчиларимиз Aktobe Open 2024 турнирининг 8-турида қандай натижа қайд этишди? 0

27 okt 07:22
Yangiliklar

Kurash

Belbog'li kurash. Nukusda O'zbekiston kubogi yakunlandi

25-26 okyatbr kunlari Qoraqalpog'iston Respublikasi Nukus shahrida milliy belbog'li kurash bo'yicha O'zbekiston kubogi bo'lib o'tdi.

Nukusdagi 2-sonli bolalar-o'smirlar sport maktabida tashkil etilgan musobaqada 2001-2002 yillarda tug'ilgan o'g'il bolalar va qizlar gilamga chiqishdi. 

O'zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi hamda O'zbekiston milliy belbog'li kurash federaciyasining yillik taqvim-rejasidagi ushbu mamlakat kubogida Qoraqalpog'iston Respublikasi, Toshkent shahri va barcha viloyatlardan ikki yuz ellik nafarga yaqin sportchilar ishtirok etishdi. 

Mamlakat kubogi musobaqasida o'g'il bolalar erkin va klassik yo'nalishlarda o'n bitta vazn toifasida, qizlar esa erkin yo'nalishda ettita vaznda kuch sinashishdi. 

O'zbekiston belbog'li kurash federaciyasi hakamlar hayati raisi Toshkentboy Yaxshiboev boshchiligidagi hakamlar guruhi esa musobaqaning murosasiz o'tishini taminlab borishdi. 

Bellashuvlar yakuniga etgach, taqdirlash marosimi tashkil etildi va kuchli uchlikdan joy olgan sportchilar medal, diplom va esdalik sovg'alari bilan mukofotlanishdi.

O'zbekiston kubogi g'oliblari:

O'g'il bolalar (erkin yo'nalish)

-42 kg. 1. Muhammadjon Abdusalimov  (Samarqand)

-46 kg. 1. Abbos Umarjonov   (Samarqand)

-50 kg. 1. Javohir Abduqosimov  (Farg'ona)

-55 kg. 1. Mashhurbek Egamberdiev (Surxondaryo)

-60 kg. 1. Diyorxo'ja Muydinov  (Farg'ona)

-65 kg. 1. Asadbekmirzo Rustamov ( Namangan)

-71 kg. 1. Nusrat Sultonboev  (Andijon)

-77 kg. 1. Marjonbek O'roqov (Surxondaryo)

-83 kg. 1. Asadbek Marufov  (Farg'ona)

-90 kg. 1. SHoxruxon Nishonov  (Farg'ona)

+90 kg. 1. Abduaziz Ergashev (Navoiy)

Qizlar (erkin yo'nalish)

-44 kg. 1. Mohigul Ibragimova (Namangan)

-48 kg. 1. Zulayxo Abdujabborova (Namangan)

-52 kg. 1. Farangiz Abdunabieva (Sirdaryo)

-57 kg. 1. Saida Egamnazarova (Sirdaryo)

-63 kg. 1. SHoira Qalandarova (Xorazm)

-70 kg. 1. Munisa Nosirova (Namangan)

+70 kg. 1. Zeboxon Nosirova (Namangan)


O'g'il bolalar (klassik yo'nalish)

-42 kg. 1. Boburjon SHuhratov (Toshkent v.)

-46 kg. 1. Alisherjon Nishonboev (Namangan)

-50 kg. 1. Abduqodir Avazbekov (Namangan)

-55 kg. 1. Kamronbek Ortiqov (Toshkent v.)

-60 kg. 1. Saidjahonxo'ja Saidkomilov (Andijon)

-65 kg. 1. Oybek Sultonov (Andijon)

-71 kg. 1. SHaxboz Rahimov (Namangan)

-77 kg. 1. Akmaljon Hakimov (Andijon)

-83 kg. 1. Zafar Risqiboev (Toshkent v.)

-90 kg. 1. Uchqunjon Xursandov (Farg'ona)

+90 kg. 1. Ilyosbek Obidjonov (Toshkent v.)

Ilhom RAHMONOV, o'z muxbirimiz

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing