So’nggi yangiliklar

00:07Роналду Усик – Фьюри жангига ташриф буюради. Унинг ёнида Жошуа ўтиради 0 23:50Жаҳонгир Жумаев таниқли UFC собиқ жангчисини илк раунддаёқ нокаутга учратди! 0 23:20Жангига Ўзбекистонда тайёрланган Сергей Ковалёв Фьюри-Усик кардида рингга чиқди 0 23:10Тайсон Фьюри Александр Усикга қарши! ОНЛАЙН 3 20:12Моҳигул Ҳамдамова делегациямизга навбатдаги кумуш медални қўшиб қўйди 0 19:51"Реал" "Ливерпуль"нинг 70 млн евролик футболчисини сотиб олиши мумкин 0 19:30Усик Фьюрига: "Қўрқма!" 0 19:09Парижда ўтган Bellator турнирининг марказий жанги ғолибини ҳакамлар аниқлаб беришди 0 18:48Камару Усман Хамзат Чимаев ҳақидаги танқидларга муносабат билдирди 0 18:27"Челси" 17 ёшли футболчи учун 65 млн. евро бермоқчи 0 18:06Исроил Мадримов ва Шаҳрам Ғиёсов машғулотларнинг илк босқичини якунлади, кейинги манзил АҚШ + ФОТО 0 17:45Уч нафар ҳамюртимиз Octagon 58 турнирида жанг қилди 0 17:24Ҳавасбек Асадуллаев Қозоғистон таркибига ўтган терма жамоамиз собиқ боксчиси билан жанг қилди 0 17:03АПЛда "Мавсум футболчиси" соврини ғолиби аниқланди 0 16:42Рэпер Дрейк Тайсон Фьюрининг ғалабасига катта пул тикди 0

18 dek 11:45
Yangiliklar

Kurash

Belbog'li kurashchilarimiz jahon Kubogida 21 ta medal qo'lga kiritishdi + FOTO

Teglar :  Belbog'li kurash
15-17 dekabr kunlari Rossiyaning Ekaterinburg shahrida erkaklar va ayollar o'rtasida belbog'li kurash bo'yicha jahon kubogi bellashuvlari bo'lib o'tdi.

Mazkur jahon kubogida 23 davlatdan 300 nafarga yaqin polvonlar belbog'li kurashning erkin va klassik yo'nalishlarida g'oliblik yo'lida bellashishdi. 

Quvonarlisi, sport delegaciyasi rahbari, O'zbekiston belbog'li kurash federaciyasi raisi Ravshan Dastirov, milliy terma jamoa bosh murabbiyi SHavkat Mirzaqulov boshchiligidagi terma jamoamiz ushbu jahon Kubogida muvaffaqiyatli ishtirok etib, 2 ta oltin, 2 ta kumush va 17 ta bronza medallari bilan umumjamoa hisobida faxrli uchinchi o'rinni band etishdi.

SHuni alohida takidlash lozim, musobaqa davomida O'zbekistonning Ekaterinburg shahridagi konsulligining birinchi kotibi Samandar Yuldoshev hamda "Ural-O'zbekiston" do'stlik jamiyati raisi Abid Turatovlar sportchilarimizni har tomonlama qo'llab-quvvatlab turishdi.

Demak, quyida jahon kubogi bahslarining erkin va klassik yo'nalishlarida g'olib va sovrindor sportchilar bilan tanishamiz. 

Oltin medal

Farangiz Abdunabieva (52 kg.), Oybek Sultonov (68 kg.). 

Kumush medal 

Murodjon Hamidov (68 kg.), Lazzat Tulepberganova (70 kg.). 

Bronza medal 

Obidjon Ibragimov (57 kg.), Azizbek Kenjaev (57 kg.), Bekpo'lat Bakirov (62 kg.), Abdutolib Mahkamov (68 kg.), Hislat Karimov (68 kg.), Oybek Mullaboev (100 kg.), Feruzbek Mirzakarimov (100 kg.), Sobirjon Ussuboev (100 kg.), Elmurod Ahmadjonov (68 kg.), Bekzod Kamoliddinov (90 kg.), Oybek Toshpo'latov (90 kg.), Manzura Mo'ydinova (52 kg.), Moldir Alimboeva (58 kg.) Nilufar Abenova (66 kg.), Azamjon Anvarjonov (+100 kg.),  O'rinboy Abdusamatov (+100 kg.).

G'olib va sovrindorlar diplom, medal va esdalik sovg'alari bilan taqdirlanishdi.

Ilhom RAHMONOV tayyorladi

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing