So’nggi yangiliklar

21:57Диёра Келдиёрова Жаҳон чемпионати шоҳсупасида! ФОТОГАЛЕРЕЯ 0 20:31"Мерседес" "Запорожец"ни чангида қолдириб кетди — футбол мураббийи бўлишдан бошқа ҳамма ишни қилишга рози банк мутахассиси ғолиб бўлган Европа чемпионатини ёдга оламиз 0 20:10"Реваншни сабрсизлик билан кутаман" - Собиқ UFC чемпиони Фьюри-Усик жанги ҳақида гапирди 0 18:49Райан Гарсия Усикнинг ғалабасига муносабат билдирди 0 18:28Жаҳон чемпионатининг жамоавий баҳсларига қуръа ташланди 0 18:07Жозе Моуринью ишга қайтишга яқин. У янги жамоаси билан деярли келишувга эришди 0 17:46Усик ва Фьюри жанг натижаси эълон қилиниши олдидан нима ҳақида суҳбатлашгани маълум бўлди 0 17:25Ига Свёнтек бир мавсумда Рим ва Мадридда чемпион бўлган учинчи теннисчи 0 17:04Диёра Келдиёрова жаҳон чемпионати финалида + ФОТОГАЛЕРЕЯ 0 16:43Пеп Гвардиола "Манчестер Сити"даги келажаги ҳақидаги саволга жавоб берди 0 16:22Макгрегор: "Усик Фьюрига яна имкон бериши ёки Жошуа билан жанг қилиши керак" 0 16:01Бугун академик эшкак эшувчиларимиз сўнгги лицензион турнирда старт олишади 0 15:40Йўғе? Усик икки ҳафтадан кейин мутлақ жаҳон чемпиони мақомини йўқотади 0 15:19Биласизми? Одил Аҳмедов ўз вақтида катта пуллар эвазига ҳам "Бунёдкор"га ўтишни хоҳламаган 0 14:58Афсонавий Леннокс Льюис Александр Усикка мурожаат қилди 0

31 may 11:53
Yangiliklar

Tadbirlar

Biologik faol ozuqalar bilan sog'lom turmush tarzi targ'ibotini kuchaytirish mumkin

Teglar :  MOQ
MOQ qoshida tashkil etilgan Respublika sport tibbiyoti ilmiy-amaliy markazi o'zbek sportining tom manodagi salomatligini nazorat qilib bormoqda.

Markaz ish faoliyatini yanada takomillashtirish esa sportdagi yutuqlarimizni kafolatlovchi muhim omillardan bo'ladi. MOQ va RSTIAM rahbariyati ishtirokida o'tgan yig'ilish ana shu mavzuga bag'ishlandi. Unda MOQ raisi Rustam SHoabdurahmonov va uning birinchi o'rinbosari Ravshan Irmatov, Abdushukur Sadikov boshchiligidagi RSTIAM vakillari va MOQ mutasaddilari ishtirok etishdi.

Suhbatda Rustam SHoabdurahmonov sportchilar uchun yaratiladigan sharoitlarning muhimligi haqida gapirib o'tdi.

“Bazi kunlarda qon tahlillarini topshirish davomida uzundan uzun navbatlar paydo bo'lmoqda. Bu esa noqulayliklar keltirib chiqarmoqda. SHu bois bunday holatlarda zaxira xonalarini ko'rib chiqishni taklif qilamiz. SHuningdek, atletlarimizga beriladigan qo'shimcha biologik faol ozuqalar tarkibini doim nazorat qilish kerak. Ushbu vositalarni xarid qilishda sportga yaqin sohalar bilan hamkorlik qilish masalasini ham ko'rib chiqaylik. Ulardan yurtimiz aholisi orasida sog'lom turmush tarzini yanada keng targ'ib qilish maqsadida foydalanish mumkin. Turizm va sport vazirligi bilan chuqur hamkorlikni davom ettiramiz. Hukumatimiz bunday g'oyalarimizni qo'llab-quvvatlashiga ishonamiz”, – dedi MOQ rahbari.

Yig'ilish davomida Tokio-2020 Olimpiya o'yinlarida delegaciyamiz uchun ishlatiladigan dori vositalarining tarkibi, ularning miqdori ko'rib chiqildi. MOQ rahbariyati tomonidan soha mutaxassislariga Olimpiada mobaynida delegaciya vakillarining salomatligini nazorat qilish bo'yicha o'z rejalarini ishlab chiqish, markaz faoliyatini yanada takomillashtirish bo'yicha topshiriqlar berildi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing