So’nggi yangiliklar

16:37Расман: Жозе Моуринью — "Фенербахче" бош мураббийи! 0 16:26Уч таэквондочимиз Ҳарбийлар ўртасида жаҳон чемпиони, яна тўрт нафари совриндор! 0 16:16Александр Шлеменко Кертисни муддатидан олдин мағлуб этди 0 15:55Бивол сўнгги 6 йилликдаги илк нокаути ҳақида: "Кучим йўқ бўлиб қолмаганини билардим" 0 15:32Ислам Махачев Хабибнинг натижасиини такрорлади 0 15:10"Реал" қачон Европа Суперкубоги учун курашади? 0 14:48Шахматчиларимиз Aktobe Open 2024 турнирининг 8-турида қандай натижа қайд этишди? 0 14:24Хабиб Нурмагомедов Тони Крооснинг сўнгги ўйини ҳақида фикр билдирди 0 14:01Дана Уайт кимни UFC P4P рейтинги етакчиси деб ҳисоблашини айтди 0 13:39Аббосбек Файзуллаев унга ЦСКАда энг кўп ёрдам берган футболчи ким эканлигини айтди 0 13:17Ислам Махачев UFCда кетма-кет ғалаба қозониш бўйича Хабиб Нурмагомедовдан ўтиб кетди 0 12:5517 ёшли Мирра Андреева фаолиятида илк бор "Ролан Гаррос" 1/8 финалига чиқди 0 12:32Бивол ва Бетербиев ўртасидаги жанг қачон ўтказилиши маълум қилинди 0 12:10«Реал»нинг тўрт нафар футболчиси EЧЛ рекордини такрорлади 0 11:49Навбаҳор Ҳамидова Париж Олимпиадасига йўл олди 0

24 dek 05:00
Yangiliklar

Boks/MMA

Bivol, Uaylder, Joshua ringga ko'tarilgan "Day of Reckoning" boks oqshomi o'z yakuniga etdi (Barcha natijalar)

Saudiya Arabistonining Ar-Riyod shahrida katta professional boks oqshomi o'tkazildi.

Musobaqaning markaziy jangi britaniyalik Entoni Joshua hamda SHveciya vakili Otto Vallin o'rtasida tashkil etildi.

Co main event esa Deontey Uaylder hamda Jozef Parker o'rtasida kechdi.

SHuningdek, kard doirasida Dmitriy Bivol, Daniel Dyubua, Filipp Xrgovich hamda Arslanbek Mahmudov kabi bokschilar o'zlarining navbatdagi janglarini o'tkazdi.

Ushbu sahifa orqali musobaqa tafsilotlaridan onlayn ravishda boxabar bo'lib borishingiz mumkin bo'ldi.


Entoni Joshua (27-3-0, Angliya) – Otto Vallin (26-2-0, SHveciya), (5-raundda KO-TKO);

Deontey Uaylder (43-3-1, AQSH) – Jozef Parker (33-4-0, Yangi Zelandiya), (Hakamlarning yakdil qarori bilan); 

Dmitriy Bivol (22-0-0, Rossiya) – Lindon Artur (23-2-0, Angliya), (Hakamlarning yakdil qarori bilan); 

Daniel Dyubua (20-2-0, Angliya) – Jarell Miller (26-1-1, AQSH), (10-raundda KO-TKO); 

Arslanbek Maxmudov (18-1-0, Rossiya) – Agit Kabael (24-0-0, Germaniya), (4-raundda KO-TKO);  

Jai Opetaiya (24-0-0, Avstraliya) - Ellis Zorro (17-1-0, Angliya), (1-raundda KO-TKO); 

Filipp Xrgovich (17-0-0, Xorvatiya) – Mark de Mori (41-3-2, Avstraliya), (1-raundda KO-TKO); 

Frenk Sanches (24-0-0, Kuba) – Junior Fa (20-3-0, Yangi Zelandiya), (7-raundda KO-TKO). 


----------------------------------------------


5:00. SHu tariqa, Ar-Riyoddagi "Kingdom Arena" majmuasida navbatdagi prof boks oqshomi o'z yakuniga etdi. Bizni kuzatishda davom eting!) 



4:50. Entoni Joshua hamda Otto Vallin jangi muddatidan oldin yakunlandi. 5-raunddan so'ng Vallin burchagi jangni davom ettirishni istamadi va Joshua jangda muddatidan oldin g'alaba qozondi! 


4:20. Entoni Joshua va Otto Vallin o'rtasidagi markaziy jang start olmoqda! 



3:55. SENSACIYA?! Jozef Parker Deontey Uaylderni hakamlarning yakdil qarori bilan mag'lubiyatga uchratdi! Bu Uaylderning faoliyatidagi uchinchi mag'lubiyatiga aylandi. Parker esa o'z karerasida 33-g'alabasini tantana qildi.


Navbat Deontey Uaylder hamda Jozef Parker to'qnashuviga. Yana bir qiziqarli jang!



2:21. Dmitriy Bivol va Lindon Artur o'rtasidagi chempionlik jangi to'liq 12 raund davom etdi. Jangda Bivol hakamlarning yakdil qarori bilan g'alaba qozonib, WBA kamarini muvaffaqiyatli himoya qildi va IBO kamarini qo'lga kiritdi.



1:26. Konor Makgregor ham manzilga etib keldi.



1:05. Bugungi boks oqshomiga Ronaldudan tashqari, kichik Krish ham kelibdi.



0:53. Daniel Dyubua va Jarell Miller o'rtasidagi 10 raundlik jang, so'nggi o'ninchi raund yakunlanishiga 10 soniya qolganida muddatidan oldin yakunlandi. Dyubua jang oxirida raqibini texnik nokaut orqali mag'lub etishga erishdi.


0:36. Taniqli futbolchi, "Al Nassr" klubi azosi Krishtianu Ronaldu ham "Kingdom Arena"ga etib keldi.


0:12. Daniel Dyubua hamda Jarell Miller o'rtasidagi jang nihoyat boshlandi! 



0:10. Dmitriy Bivol jangga so'nggi tayyorgarliklarni olib bormoqda.


23:35. Dmitriy Bivol hamda britaniyalik taniqli bokschi Derek CHisora "Kingdom Arena"ga etib keldi



23:15. AAAAUUU! Arslanbek Mahmudov nokautga uchradi! To'rtinchi raundda, Agit Kabael tomonidan! Bu rossiyalik bokschi uchun faoliyatidagi ilk mag'lubiyat bo'ldi.



22:37. Kechaning uchinchi jangi ham muddatidan oldin yakunlanmoqda. 1-raund, nokaut! Birgina kuchli zarba Jai Opetaiyaga muddatidan oldingi g'alabani keltirdi.



SHuningdek, promouterlar Eddi Xirn va Frenk Uorren ham janglarni musobaqa boshidanoq arenadan kuzatib bormoqda.


22:30. Bugungi boks oqshomiga dunyo miqyosida taniqli sportchilar - Krishtuanu Ronaldu, Konor Makgregor, Endi Ruis, Yobenk Junior va boshqalar tashrif buyurishi kutilmoqda.







22:13. Dahshat! Filipp Xrgovichning avstraliyalik tajribali Mark de Moriga qarshi jangi ilk raunddayoq yakunlandi! Nokaut!



21:54. Asosiy kardning ilk jangida kubalik Frenk Sanches Junior Fani ettinchi raundda texnik nokaut orqali muddatidan oldin mag'lubiyatga uchratdi va WBC Continental kamarini muvaffaqiyatli himoya qildi.


21:45. Assalomu alaykum qadrli boks muxlislari! Bugun Saudiya Arabistonining Ar-Riyod shahri navbatdagi yirik boks oqshomiga mezbonlik qilmoqda. Yilning so'nggi va yirik prof boks kechasida dunyo miqyosida og'ir vazn toifasining eng ko'zga ko'ringan charm-qo'lqop ustalari ringga ko'tariladi. Ayni damda asosiy kardning ilk jangi davom etmoqda.

Reyting:    

Fikrlar

   
24 dek 04:02:23
Fahritdin Tashkenbaev
Эдди Хирн, Сулеймани куриб турибди Баходир Жалолов Паркерини хам , Уайлдерини хам уриб агдаради!!!! Берларинг унга элит жанг!!!!
< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing