So’nggi yangiliklar

16:10Нурсултон Рўзибоев нима учун қисқа вақт орасида жангни қабул қилганини айтди 0 15:47Forbes. Роналду – энг сердаромад спортчи, Месси эса... 0 15:24Тайсон Фьюри Александр Усикка ноодатий таклиф берди 0 15:01Дмирий Бивол Саудия Арабистонига етиб борди 0 14:19Мухлислар ташрифи бўйича жорий мавсум рекорди Наманганда янгиланди 0 14:11UFC Нурсултонга: "Тезроқ жароҳатни тузат. Сен учун режамиз бор" 0 13:58Жон Жонс Миочич билан жангдан қанча пул ишлаб олишини очиқлади 0 13:37Нурхон Қурбонова Париж-2024 Паралимпия ўйинларига иккинчи лицензиясини қўлга киритди! 0 13:16"Бургут" хоккей клуби "Ҳумо"нинг менежерини трансфер қилди 0 12:55Хави 2023-2024 йилги мавсумни сарҳисоб қилди 0 12:34Усик ва Фьюри жангдан қанча пул ишлаб олишгани маълум бўлди 0 12:13Жамал Хилл иштирокидаги жанг бекор қилинди 0 11:52Хабиб Нурмагомедов Ислам Махачевнинг машғулот йиғинига қўшилди + ФОТО 0 11:31Суперлига. Бугун 8-тур баҳслари давом эттирилади 0 11:10Рим "Мастерс" турнирида чемпион аниқланди 0

24 avg 17:02
Yangiliklar

Boks/MMA, Qiziqarli!

Bivolni jiddiy sinov kutmoqda! Uning raqibi - Xilberto Ramires haqida nimalar bilasiz?

Meksikalik bokschi Xilberto Ramires yarim og'ir vazn toifasida WBA chempioni Dmitriy Bivolga Saul Alvaresdan ko'ra ko'proq muammo tug'dirishi aniq.

Dmitriy Bivol - Xilberto Ramires jangi qachon bo'ladi?

Dmitriy Bivol 5 noyabr kuni Abu-Dabida WVA kamarini himoya qiladi. Dmitriy mag'lubiyat nimaligini bilmay kelayotgan Xilberto Ramiresga qarshi ringga chiqadi. Bokschilarning yoshi teng bo'lishiga qaramay, Ramires Bivoldan ikki barobar ko'p jang o'tkazgan.

Jang tashkil etilishiga asosiy sabablar.

Dastlab Bivolning jamoasi britaniyalik Joshua Buatsiga qarshi himoya jangi o'tkazmoqchi edi. Ammo, Butunjahon boks associaciyasi (WVA) Bivol jamoasining taklifini rad etib, Ramiresga qarshi majburiy himoya jangi o'tkazishga qaror qildi. SHu tariqa WVA muzokara olib borish uchun 30 kun vaqt berishdi.

SHunday bo'lsa-da, Eddi Xirn baribir Bivolni Buatsiga qarshi himoya jangi o'tkazishga harakat qildi. 12 avgust kuni Xirnning bu taklifi rad etildi. SHu tariqa, rossiyalikning Ramires bilan muzokara qilishdan boshqa ilojisi qolmadi. Agar Bivol kamardan voz kechmasa.

Xilberto Ramires haqida nimalar bilasiz?

Xilberto Ramires - Oskar De La Xoyaning yana bir muvaffaqiyatli loyihasi hisoblanadi. U 44 ta jang o'tkazib, 44-0 natijani qayd etgan. Avvalroq u supero'rta vazn toifasida WBO chempioni bo'lgan. Biroq, ko'plab jangchilar bu divizionda meksikalikdan qochishdi, bu Xilbertoni yarimog'ir vazn toifasiga o'tishga undadi. Xuddi shu voqea bu erda ham takrorlandi. Ramires chempionlik yo'lida barcha davogarlarni ishonchli tarzda mag'lub etdi.

"Bivol bilan jang qilishni kutyapman. Ikki yildan beri uning ortidan boraman. Men yarim og'ir vazndagi eng zo'r bokschiman va buni isbotlamoqchiman", — dedi Ramires.

Ramires yarim og'ir vaznda qaysi bokschilarga "vyzov" tashlaganini aytdi.

"Bu mening divizionim va bu yigitlarning bazilari mendan qochishlarining sababi bor. Ular barcha kamarlar uchun jang qilishimni va bu faqat vaqt masalasi ekanligini bilishadi. Bivolga o'tgan yili shartnoma jo'natishdi. Lekin, u mendan  qochdi va boshqasi bilan jang qildi. Men Beterbiev va kichik Smitga jangni taklif qildim. Ammo, ularning ikkalasi ham men bilan raqobatlasha olmasligini yaxshi tushunishadi.

Bivolda men bilan jang qilish uchun shartnoma imzolash imkoniyati bor edi. Biroq u bunday qilmadi. Agar uning Alvares bilan revansh jangi o'tkazilmasa, men undan kamarni tortib olish uchun navbatda turaman", - degan edi Ramires.

Ramires WVA reytingida birinchi o'rinni egallab turibdi, shu sababli Bivol bilan jang bo'lishi aniq edi.



Ramires ko'p qirrali jangchi va Bivol uchun juda noqulay raqib. U boshqa meksikalik bokschilardan farq qiladi. Doimiy ravishda bosim o'tkazadigan hamyurtlaridan farqli o'laroq, Xilberto o'z vaqtida to'xtashni va ikkinchi raqam sifatida raqibiga moslashishni biladi. 

Uning balandligi - 189 sm, qo'lning kengligi - 191 sm. Aytgancha, Bivolning balandligi va qo'l uzunligi 183 sm. Lekin, bu meksikalik faqat uzoq masofada ustun degani emas. Xilberto moslashuvchan jangchi, u yaqin masofadan ham juda xavfli. Qolaversa kuchli zarbaga. 44 ta g'alabadan 30 tasini nokaut evaziga qo'lga kiritilgan. 

Biroq, Ramires ikki barobar ko'p jang o'tkazgan bo'lsa-da, bunday qarshilikka hali duch kelgani yo'q. Kanelo bilan jangda Dmitriy nafaqat taktik mahorat, ajoyib kardio va xotirjamlikni saqlay bilish qobiliyatini ham ko'rsatdi. Ramires bilan jang ancha hayajonli va shu bilan birga texnik jihatdan qiyinroq kechishi aniq.



Meksikalik bokschi yarim og'ir vaznda barcha kutayotgan Bivol - Beterbiev jangiga to'sqinlik qilishi mumkin. Bu rossiyalik jangchining karerasidagi eng qiyin jang bo'lishi kutilmoqda. Agar Bivol Xilberto bilan jangga xuddi Kaneloga qarshi bo'lganidek tayyorgarlik ko'rsa, muvaffaqiyatga erishishi mumkin.

Jang oldi mutaxassislar fikri bilan tanishamiz.

Tabiiyki katta ehtimol bilan Bivol chempion sifatida jang favoriti hisoblanadi. Qolaversa u pound-for-pound reytingining sobiq etakchisi Kanelo ustidan g'alaba qozongan. Ammo, Ramiresning natijasini hisobga olsak imkoniyatlar deyarli teng.

Bu ikki ekstra-klassdagi jangchilarning kurashi bo'lgani uchun jang uzoq masofada o'tishiga ishonamiz. Aleksandr Usik va Entoni Joshua o'rtasidagi ikkinchi jangda bo'lgani kabi taktik kurash guvohi bo'lishimiz aniq. Kimning taktikasi ustun kelsa, o'sha g'alaba qozonadi.

Kamron Hasanov tayyorladi

Reyting: +1   

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing