So’nggi yangiliklar

11:52Хабиб Нурмагомедов Ислам Махачевнинг машғулот йиғинига қўшилди + ФОТО 0 11:31Суперлига. Бугун 8-тур баҳслари давом эттирилади 0 11:10Рим "Мастерс" турнирида чемпион аниқанди 0 10:49Жаҳон чемпионатининг биринчи кунидан сўнг 107 давлат орасида нечанчи ўриндамиз? 0 10:28Нурсултон Рўзибоев: "Бу ҳақиқий жанг бўлади" 0 10:07"Барселона" Испания Суперкубоги 1/2 финалида "Атлетик" билан ўйнайди, "Реал" эса... 0 09:46Гусков Энтони Смит билан жанг қиладими? Богданнинг ўзи бунга ойдинлик киритди 0 09:25"Бургут" жамоаси Ўзбекистон хоккейи ёш юлдузини ўз сафига қўшиб олди 0 09:04Ричард Торрес профессионал боксдаги 10-жангини ўтказди 0 08:43"Ланс" сўнгги дақиқаларда Европа лигасидан қуруқ қолди 0 08:22Боксчиларимиз "Елорда кубоги"ни битта олтин медаль билан якунлашди 0 08:01Расман. "Ҳумо" бу мавсум қайси чемпионатда иштирок этишини эълон қилди 0 21:57Диёра Келдиёрова Жаҳон чемпионати шоҳсупасида! ФОТОГАЛЕРЕЯ 0 20:31"Мерседес" "Запорожец"ни чангида қолдириб кетди — футбол мураббийи бўлишдан бошқа ҳамма ишни қилишга рози банк мутахассиси ғолиб бўлган Европа чемпионатини ёдга оламиз 0 20:10"Реваншни сабрсизлик билан кутаман" - Собиқ UFC чемпиони Фьюри-Усик жанги ҳақида гапирди 0

21 fev 09:07
Yangiliklar

Boks/MMA, Qiziqarli!

"Bizga jahon chempionati kerak emas". Rossiyaga bo'lgan nafrat havaskor boksni "o'ldirmoqda"

Toshkent mezbonligida o'tkaziladigan havaskor boks bo'yicha Jahon chempionati ishtirokchilar hamda tomoshabinlarning qiziqishini yo'qotmoqda.

Xalqaro boks associaciyasi (IBA) hamda uning prezidenti Umar Kremlyovning mashaqqatli mehnati tufayli rossiyalik bokschilarga o'z bayrog'i va madhiyasi ostida chiqishlari uchun barcha huquqlar qaytarib berildi. Ammo bu ko'plab mamlakatlar, ayniqsa AQSHning jiddiy etiroziga sabab bo'ldi.

AQSH boks federaciyasi birinchi bo'lib shu yilning 1-14 may kunlari Toshkentda o'tkaziladigan jahon chempionatiga boykot elon qilib, katta shov-shuvga sababchi bo'ldi. Jahon chempionatida qatnashishdan bosh tortgan terma jamoa faqat AQSH emasdi. Finlyandiya, Buyuk Britaniya, SHveycariya, Kanada, Irlandiya, CHexiya ham Jahon chempionatida qatnashmaslikka qaror qildi. Aftidan, ushbu ro'yxatning o'sishda davom etish ehtimoli mavjud. SHveciya boks federaciyasi raisi Per-Aksel Syoxolm rad javobini: "Bu erda na demokratiya, na oshkoralik bor. Biz IBA taklifini qabul qilmaymiz. Biz o'zgarishlarni amalga oshirish uchun bir necha yil ishladik, ammo muvaffaqiyatga erisha olmadik. IBA esa Rossiya va Belarusga milliy bayroqlari ostida musobaqada qatnashishga ruxsat berdi", deya izohladi.

Yilning asosiy sport musobaqasiga bormaslik uchun "demokratiya va oshkoralikning" yo'qligi etarli sabab bo'la oladimi?

CHexiya terma jamoasi JCH-2023da ishtirok etmoqchi emas. "Bizni jahon chempionati qiziqtirmaydi, biz musobaqani boykot qilishni qo'llab-quvvatlaymiz" rasmiy shiori ostida chempionatga boykot bermoqda. Milliy federaciyalar o'zlarining boykotlari bilan birinchi navbatda o'z sportchilari va muxlislarini shafqatsizlarcha jazolashlari haqida bir og'iz ham gapirishmadi.

Havaskor boks yana bir noxush holatga duch kelmoqda. Jahon chempionati ishtirokchilari va tomoshabinlarning qiziqishini yo'qotmoqda. Xo'sh! Buyog'iga nima bo'ladi? So'nggi yillar sud muammolari va moliyaviy janjallar boksga qiyinchiliklar tug'dirdi. Millionlab odamlar sevadigan boks Olimpiya o'yinlari dasturidan chiqib ketish arafasida va bunga asosiy sabab — siyosat! Agar Rossiyaga bo'lgan nafrat havaskor boksni o'ldiradigan bo'lsa, bu ahmoqona ishga aylanadi. Havaskor boks bunga loyiq emas.

Aytgancha, Kremlyov va uning jamoasi o'z faoliyati davomida yangi konstituciyani qabul qildi va IBAʼning barcha qarzlarini qopladi. Mukofot pullari miqdorini keskin oshirib, milliy federaciyalarga katta moliyaviy mablag' ajratdi.

Nahotki, Rossiya va Belarus sportchilarining ringga qaytishi barcha xayrli ishlarga yakun yasasa? Adolat qaerda? Afsuski, Amerika Qo'shma SHtatlari va boshqa boykot bergan davlatlarga hozir adolat emas siyosat muhimroq. Havaskor boks esa bundan jabr ko'rmoqda.

Kamron Hasanov tayyorladi. 

Reyting: +1   

Fikrlar

   
21 fev 22:06:50
Saidjamol Masaidov
Nimasi adolatsizlik? Sport tinchlik elchisiku, u urushqoq mamlakatni qatnashishini information etadi
< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing