So’nggi yangiliklar

20:28Қозоғистонлик теннис маликаси "Ролан Гаррос" 1/8 финалида ўйнайди 0 20:07Царукян — Махачевга: "Навбат бўйича кейингиси менман, Ислам, қочма!" 0 19:46"Ролан Гаррос". Соболенко Паула Бадосани йўлдан олиб ташлади 0 19:25Роналду икки юлдуз билан музокара олиб бормоқда, улар ким эканлиги маълум 0 19:04Махачевнинг кейинги рақиби ким бўлади? UFC раҳбари жавоб берди 0 18:43Элина Свитолина "Ролан Гаррос" 1/8 финалида 0 18:22Дмитрий Бивол 2018 йилдан бери илк бор муддатидан олдин ғалаба қозонди 0 18:01Бунақаси "Реал" билан фақатгина 1932 йилда содир бўлганди 0 17:40"Ролан Гаррос". Даниил Медведевнинг юриши давом этмоқда 0 17:19Дюбуа энди Энтони Жошуага қарши жанг қилмоқчи 0 16:58Каспер Рууд "Ролан Гаррос" 1/8 финалига йўл олди 0 16:37Расман: Жозе Моуринью — "Фенербахче" бош мураббийи! 0 16:26Уч таэквондочимиз Ҳарбийлар ўртасида жаҳон чемпиони, яна тўрт нафари совриндор! 0 16:16Александр Шлеменко Кертисни муддатидан олдин мағлуб этди 0 15:55Бивол сўнгги 6 йилликдаги илк нокаути ҳақида: "Кучим йўқ бўлиб қолмаганини билардим" 0

30 dek 08:24
Yangiliklar

SHaxmat

Blic yo'nalishining ilk kuni eng yaxshi natijani 16 yoshli Muhiddin ko'rsatdi

Qozog'istonning Almati shahrida shaxmatning blic yo'nalishi bo'yicha o'tkazilayotgan jahon chempionatining ilk kungi bahslari ortda qoldi.

Dunyoning kuchli shaxmatchilari qatorida o'zbekistonlik 11 nafar shaxmatchi ham jahon chempionligi uchun dona surmoqda. Ilk kungi bahslarda 12 ta tur o'ynaldi. O'n ikki imkoniyatdan 10 ochko to'plagan AQSH vakili Xikaru Nakamura yakka peshqadam bo'lib turibdi. Qo'shimcha ko'rsatkichlarga ko'ra niderlandiyalik Anish Giri ikkinchi, jahon tojdori, rapid yo'nalishida jahon chempioni Magnus Karlsen (Norvegiya) uchinchi o'rinni band etgan. 

Hamyurtlarimiz orasida eng yaxshi natijani biroz kutilmaganda 16 yoshli Muhiddin Madaminov (2333) qayd etdi. U 12 imkoniyatdan 8 ochko jamg'arib, qo'shimcha ko'rsatkichlarga ko'ra 18-pog'onadan joy olgan. 14-o'rindagi Denis Lazavikda ham 8 ochko bor. Madaminov o'zidan reytingi ancha yuqori bo'lgan grossmeysterlarning 7 nafarini mag'lub etishni uddaladi va yana ikkisi bilan durang o'ynadi. 

Blic. 12-tur natijalari (Erkaklar):

Muhiddin Madaminov (2333) - Mattias Blubaum (Germaniya, 2634) 1-0

Aleksandr Ryazancev (FIDE, 2595) - Jahongir Vohidov (2507) 0,5:0,5 

Nodirbek Abdusattorov (2666) - David Paravyan (FIDE, 2551) 0,5:0,5

Javohir Sindarov (2639) - Nodirbek Yakubboev (2560) 0,5:0,5

Sumiya Bilguun (Mo'g'uliston, 2365) - SHamsiddin Vohidov (2597) 1-0

Muhammadzohid Suyarov (2217) - Vuk Damyanovich (Serbiya, 2439) 1-0 

Humoyun Begmuratov (2267) - Imangali Ahilbay (Qozog'iston) 1-0

 

Blic. 9-tur natijalari (Ayollar):

Janell Frayna (Filippin, 2306) - Umida Omonova (1978) 0,5-0,5 

Afruza Hamdamova (2018) - Darya CHarochkina (FIDE, 2284) 0,5-0,5 

Olga Drujinina (FIDE, 2014) - Nafisa Mo'minova (2258) 1-0 

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing