So’nggi yangiliklar

09:25"Бургут" жамоаси Ўзбекистон хоккейи ёш юлдузини ўз сафига қўшиб олди 0 09:04Ричард Торрес профессионал боксдаги 10-жангини ўтказди 0 08:43"Ланс" сўнгги дақиқаларда Европа лигасидан қуруқ қолди 0 08:22Боксчиларимиз "Елорда кубоги"ни битта олтин медаль билан якунлашди 0 08:01Расман. "Ҳумо" бу мавсум қайси чемпионатда иштирок этишини эълон қилди 0 21:57Диёра Келдиёрова Жаҳон чемпионати шоҳсупасида! ФОТОГАЛЕРЕЯ 0 20:31"Мерседес" "Запорожец"ни чангида қолдириб кетди — футбол мураббийи бўлишдан бошқа ҳамма ишни қилишга рози банк мутахассиси ғолиб бўлган Европа чемпионатини ёдга оламиз 0 20:10"Реваншни сабрсизлик билан кутаман" - Собиқ UFC чемпиони Фьюри-Усик жанги ҳақида гапирди 0 18:49Райан Гарсия Усикнинг ғалабасига муносабат билдирди 0 18:28Жаҳон чемпионатининг жамоавий баҳсларига қуръа ташланди 0 18:07Жозе Моуринью ишга қайтишга яқин. У янги жамоаси билан деярли келишувга эришди 0 17:46Усик ва Фьюри жанг натижаси эълон қилиниши олдидан нима ҳақида суҳбатлашгани маълум бўлди 0 17:25Ига Свёнтек бир мавсумда Рим ва Мадридда чемпион бўлган учинчи теннисчи 0 17:04Диёра Келдиёрова жаҳон чемпионати финалида + ФОТОГАЛЕРЕЯ 0 16:43Пеп Гвардиола "Манчестер Сити"даги келажаги ҳақидаги саволга жавоб берди 0

11 noy 17:25
Yangiliklar

Boks/MMA, Qiziqarli!

Boks tarixidagi dahshatli qaytishlar: Muhammad Ali, Forman, Klichko, Tayson...

Menni Pakyao 44 yoshida boksga qaytadi. U dekabr oyida ko'rgazmali jang o'tkazishini aytib o'tdi, shu bilan birga Menni professional boksda ham jang qilishi mumkin.

Ehtimoliy variantlar – Amir Xon, Devis va Floyd Meyvezer bilan revansh jangi. 

Biz boksdagi muvaffaqiyatli qaytishlarni eslaymiz. 

Vitaliy Klichko 

33 yoshida Vitaliy Klichko WBC chempioni va ajoyib rekord sohibi edi. 35 g'alaba (34 nokaut) va 2 mag'lubiyat. U jarohati sababli CHris Birdga va Lennoks Lyuisga taslim bo'lgan. 2005 yilda Vitaliy Hasim Rahmon bilan to'qnash kelishi kerak edi, biroq jang 4 marotaba bekor qilingan. SHundan so'ng, Klichko faoliyatini yakunlashini elon qildi. “Oxirgi paytlarda raqiblarim bilan kamroq, jarohatlarim bilan ko'proq jang qilyapman. Men boksdagi faoliyatimning cho'qqisida sportni tark etishga qaror qildim. CHempionlik kamarimni WBC qo'liga topshiraman”, degandi o'shanda bokschi. 


Ammo oradan 4 yil o'tib, ukrainalik bokschi ringga qaytdi va birinchi jangida Samuel Piterni sakkizinchi raundda nokautga uchratib, WBC kamarini qaytarib oldi. Ring jurnali bu jangni “yil qaytishi” deb nomladi. O'shanda Vitaliy 37 yoshda edi, u 41 yoshgacha boks bilan shug'ullandi. Klichko SHennon Briggs, Tomas Adamek va Derek CHisora kabi davogarlarni mag'lub etib, kamarni himoya qildi. 


Tayson Fyuri 

Dastlabki 7 yilda Fyuri muntazam ravishda raqiblarini “er tishlatib” chempionlik jangi tomon yurdi. Ortda qolgan qiyinchiliklardan so'ng 27 yoshida Vladimir Klichko bilan chempionlik jangida uni hakamlarning yakdil qarori bilan engib, 3 ta kamar sohibiga aylandi. Revansh jangi kelasi yilga rejalashtirilgan edi, ammo bu vaqtga kelib, Tayson 150 kggacha vaznga ega bo'ldi va kokain bilan qo'lga tushdi. “Men uyg'onishni istamayman. Har kuni o'laman. Uch farzandingiz va bir xotiningiz bor, yashash yaxshi, to'g'rimi?! Lekin men yashashni xohlamayman”, degandi o'sha payt “lo'lilar qiroli”. 



Bir yillik falokatli hayotdan keyin britaniyalik bokschi ringga qaytishi haqida mish-mishlar tarqala boshladi. Bunga ishonish qiyin edi, biroq ijtimoy tarmoqlarda uning zalda shug'ullanayotganligi aks etgan fotolar paydo bo'ldi. 2018 yilga kelib, Fyuri 51 kg vazn yoqotdi va 3 ta tayyorgarlik jangidan so'ng WBC chempioni Deontey Uaylder bilan uchrashdi. Tayson yaxshi jang o'tkazdi: uning tezligi va reflekslari yo'qolmagandi. Bu chiqishi orqali “fil odam” yangi muxlislar to'pladi. Bir yildan so'ng faoliyatidagi eng yaxshi formasiga kirib, Uaylderni 7-raundda nokautga uchratib, yana tengsiz bo'ldi. 


Muhammad Ali 

Eng mashhur qaytish hikoyasi! 1967 yilda Ali Floyd Patterson va Sonni Liston ustidan g'alaba qozonib, 25 yoshida ko'p karra chempion bo'lgan. Vetnamda urush boshlandi va Muhammad armiyaga chaqiriladi, lekin u vijdon tufayli xizmat qilishdan bosh tortdi. “Eshiting, men Vetkong bilan urushmaganman. Nega forma kiyib, uyimdan 10 000 mil uzoqlikqa borishim kerak. Nega Vetnamda bug'doyrangli odamlarni otib tashlashim kerak? Vaholanki, Luisvilldagi negrlarga itdek munosabatda bo'lishadi”, deya armiyani rad qilgandi Ali. 



Butun mamlakat bo'ylab atletika komissiyalari darhol Alini boks licenziyasi va chempionlik maqomidan mahrum qildi va sudda hakamlar xayati uni majburiyatidan bo'yin tovlaganlikda aybdor deb topdi. Afsona 5 yillik qamoq jazosiga hukm qilindi, biroq AQSH oliy sudida tinglovlar bo'lib o'tayotgan paytda u ko'plab universitetlarda bo'lib, urushga qarshi va qora tanlilar huquqlarini himoya qildi hamda tinglovchilardan keng ko'lamli yordam oldi. 1970 yilda Atlanta atletika qo'mtasi mahalliy qora tanli siyosatchilar va faollarning tasiri tufayli Aliga boks licenziyasini qaytarib berdi. Muhammad uch yarim qildan so'ng ringga qaytdi va Jerri Karrini uch raundda mag'lub etdi. 1971 yilga kelib, Oliy sud bokschini oqladi. U karerasini davom ettirdi va o'sha davrning eng yaxshilari: Jo Freyzer, Jorj Forman hamda Ken Norton bilan janglar o'tkazdi.  


Jorj Forman

Formanning bolaligi og'ir o'tgan. U 15 yoshida maktabni tashlab, ko'chada mayda bezorilik qildi. 20 yoshida esa professional bokschiga aylandi. Bir yilda 13 ta g'alabani (11 nokaut) qo'lga kiritdi. 1973 yilda Jorj mag'lubiyatsiz Jo Freyzerni ikki raundda 6 marotaba nokdaun holatiga tushirib, chempion bo'ladi. Ko'p o'tmay, Forman Zairda Muhammad Aliga nokaut bilan engilib, kamarlaridan mosuvo bo'ladi. 1977 yilda u Jimmi Yangga yutqazib qo'yadi. Jangdan so'ng kiyinish xonasida o'zini yomon his qila boshlaydi. 

Amerikalik bokschi faoliyatini to'xtatib, keyingi 10 yilni ko'chalarda va cherkovda vaz qilish bilan o'tkazdi. Keyinroq yoshlar markazini ham ochdi. Vaqt o'tishi bilan yoshlar markazini saqlab qolish uchun pul kerak edi, shuning uchun Jorj 38 yoshida ringga qaytadi. Avvaliga u 121 kg vaznga egi edi, biroq bokschining zarba kuchi yo'qolmagandi. Vaqt o'tishi bilan Forman o'zining eski formasini tiklashga erishdi. Ketma-ket 24 g'alabadan keyin Jorj chempionlik janglarida Evander Xolifild va Tommi Morrisonga yutqazib qo'ydi. 1994 yilda esa Maykl Murremiga qarshi bahsda kuchli zarbasi bilan 10-raundda uni nokautga uchratib, chempionlikni qo'lga kiritdi. O'shanda Jorj Forman 45 yoshda edi!


Xorijiy saytlar asosida Xabib Jo'raboev tayyorladi

Reyting: +1   

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing