So’nggi yangiliklar

20:28Қозоғистонлик теннис маликаси "Ролан Гаррос" 1/8 финалида ўйнайди 0 20:07Царукян — Махачевга: "Навбат бўйича кейингиси менман, Ислам, қочма!" 0 19:46"Ролан Гаррос". Соболенко Паула Бадосани йўлдан олиб ташлади 0 19:25Роналду икки юлдуз билан музокара олиб бормоқда, улар ким эканлиги маълум 0 19:04Махачевнинг кейинги рақиби ким бўлади? UFC раҳбари жавоб берди 0 18:43Элина Свитолина "Ролан Гаррос" 1/8 финалида 0 18:22Дмитрий Бивол 2018 йилдан бери илк бор муддатидан олдин ғалаба қозонди 0 18:01Бунақаси "Реал" билан фақатгина 1932 йилда содир бўлганди 0 17:40"Ролан Гаррос". Даниил Медведевнинг юриши давом этмоқда 0 17:19Дюбуа энди Энтони Жошуага қарши жанг қилмоқчи 0 16:58Каспер Рууд "Ролан Гаррос" 1/8 финалига йўл олди 0 16:37Расман: Жозе Моуринью — "Фенербахче" бош мураббийи! 0 16:26Уч таэквондочимиз Ҳарбийлар ўртасида жаҳон чемпиони, яна тўрт нафари совриндор! 0 16:16Александр Шлеменко Кертисни муддатидан олдин мағлуб этди 0 15:55Бивол сўнгги 6 йилликдаги илк нокаути ҳақида: "Кучим йўқ бўлиб қолмаганини билардим" 0

24 may 09:51
Yangiliklar

Boks/MMA

Bokschilarimiz Rufat Risqievni ziyorat qilib, unga AIBA rahbari G'ofur Rahimov maktubini topshirishdi+FOTO

Teglar :  BoksRisqievRahimov
Boks bo'yicha O'zbekiston milliy terma jamoasi murabbiylari va azolari mashhur bokschi Rufat Risqievning xonadonida bo'ldi. Bu haqda O'zbekiston boks federaciyasi matbuot xizmati malum qildi.

Kecha, 23 may chorshanba kuni amalga oshirilgan uchrashuvda Rufat Risqiev xonadonida dildan suhbat bo'ldi. Sobiq chempion terma jamoa azolariga o'z maslahatlarini berdi.

SHuningdek, boks bo'yicha milliy terma jamoa azolari afsonaviy o'zbek sportchisiga AIBA vaqtinchalik prezidenti G'ofur Rahimovning maktubini etkazishdi.

«Siz boks bo'yicha Jahon chempioniga aylangan birinchi o'zbek sportchisisiz. Aynan siz tufayli O'zbekistonda buyuk chempionlar avlodi etishib chiqdi. AIBA ijroiya qo'mitasi azolari va men sizga va sizning oilangizga siz uchun og'ir bo'lgan hozirgi damlarda barcha tomonlama qo'llab-quvvatlov taqdim etishga tayyormiz», — deyiladi maktubda.

Eslatib o'tamiz, 2016 yilning sentyabr oyi oxirlarida Toshkent shahridagi 16-shifoxonada shifokorlar venalar trombozining og'irlashishi sababli Rufat Risqiev o'ng oyog'ining tizzadan pastini kesib tashlash uchun jarrohlik amaliyotini o'tkazgandi.

Malumot uchun, 68 yoshli Rufat Risqiev – 1974 yilgi Jahon chempioni va 1976 yilgi Olimpiya o'yinlarining kumush medali sovrindori. AQSH, Kuba, Avstriya, Sobiq Yugoslaviya, Ispaniyada o'tkazilgan xalqaro turnirlar g'olibi.

Markaziy Osiyodagi ilk xalqaro toifadagi professional boks hakami. «Hurmat Belgisi», «Buyuk xizmatlari uchun», «El-yurt hurmati» ordenlari kavaleri. Yaqin o'tmishda – O'zbekiston professional boks federaciyasining vice-prezidenti, ayni paytda – nafaqada.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing