So’nggi yangiliklar

10:07"Барселона" Испания Суперкубоги 1/2 финалида "Атлетик" билан ўйнайди, "Реал" эса... 0 09:46Гусков Энтони Смит билан жанг қиладими? Богданнинг ўзи бунга ойдинлик киритди 0 09:25"Бургут" жамоаси Ўзбекистон хоккейи ёш юлдузини ўз сафига қўшиб олди 0 09:04Ричард Торрес профессионал боксдаги 10-жангини ўтказди 0 08:43"Ланс" сўнгги дақиқаларда Европа лигасидан қуруқ қолди 0 08:22Боксчиларимиз "Елорда кубоги"ни битта олтин медаль билан якунлашди 0 08:01Расман. "Ҳумо" бу мавсум қайси чемпионатда иштирок этишини эълон қилди 0 21:57Диёра Келдиёрова Жаҳон чемпионати шоҳсупасида! ФОТОГАЛЕРЕЯ 0 20:31"Мерседес" "Запорожец"ни чангида қолдириб кетди — футбол мураббийи бўлишдан бошқа ҳамма ишни қилишга рози банк мутахассиси ғолиб бўлган Европа чемпионатини ёдга оламиз 0 20:10"Реваншни сабрсизлик билан кутаман" - Собиқ UFC чемпиони Фьюри-Усик жанги ҳақида гапирди 0 18:49Райан Гарсия Усикнинг ғалабасига муносабат билдирди 0 18:28Жаҳон чемпионатининг жамоавий баҳсларига қуръа ташланди 0 18:07Жозе Моуринью ишга қайтишга яқин. У янги жамоаси билан деярли келишувга эришди 0 17:46Усик ва Фьюри жанг натижаси эълон қилиниши олдидан нима ҳақида суҳбатлашгани маълум бўлди 0 17:25Ига Свёнтек бир мавсумда Рим ва Мадридда чемпион бўлган учинчи теннисчи 0

14 may 12:16
Yangiliklar

Boks/MMA, Tennis, O'q otish, Dzyudo, Taekvondo, Karate

Boku kundaligi, 3-kun. Oltin zarba!

Ilk marotaba katta miqyosdagi musobaqaning birinchi kunida medallar shodasini qo'lga kiritishni uddasidan chiqa oldik.

To'g'ri, Rio Olimpiadasi va undan avvalgi to'rt yillikning eng nufuzli musobaqasining ilk kunida -60 kg vazn toifasidagi dzyudochilarimiz Rishod Sobirov va Diyorbek O'razboev terma jamoamizga bronza medalini taqdim etishgandi. Lekin musobaqaning birinchi kunida 8ta medalning qo'lga kiritilishi ilk bor ro'y berdi.

Kechagi kunimiz bronza bilan boshlandi. 10 metrlik masofadan pnevmatik miltiqda o'q otish musobaqasining finali qiziq bo'ldi. Ochig'i, sportning bu turiga birinchi marta bordim. Jarayonni suratga olib bo'lganimdan keyin, bu sport turiga qiziqishim ortdi.


Afsuski, bizda barcha sport turlarining birdek yoritilmasligi, TVda musobaqalar batafsil ko'rsatilmasligi natijasida rosmana ishlayotgan sport turlari ham etibordan tashqarida qolib ketyapti.

Pnevmatik o'q otish musobaqasidagi qonun-qoida zo'r ekan. So'nggi o'q otish paytida hamma birma-bir musobaqani tark etib boraveradi. Peshqadamlar o'rtasidagi farq juda katta bo'lmasa-da, lekin birgina xato sizni uchinchi o'ringa tushirib yuboradi. Xuddi shunday holat ikkinchi o'rinda borayotgan bizning Sayfuddinov bilan yuz berdi. Oltin uchun kurashayotgan merganimiz, turk va bangladeshlik raqiblaridan bir ochko kam oldi va natijada uchinchi o'rin bilan kifoyalandi.


Musobaqada O'zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport Davlat qo'mitasi Oliy sport yutuqlari boshqarmasi boshlig'i Nazirjon Xudoyqulov bilan “tandem” xosil qildik. U kishi bilan delegaciyamizga biriktirilgan quyidagi suratdagi avtomobilda sport majmualarining unisidan bunisiga qatnaymiz. O'q otishdan chiqqach, manzilimiz dzyudo markazi bo'ldi.

Angliyada ommaviy tarzda qo'llaniladigan bu markadagi taksi Bokudagi puldor mijozlarga xizmat qiladi. Mashinaning bahosi 30 000 AQSH dollariga yaqin. Haydovchining aytishicha, uni puli allaqachon chiqib ketgan. Xullas, “Heydar Aliev Arena”damiz.


Dzyudodan umidimiz katta edi. Ilk oltin medallarni aynan shu erda kutayotgandik. Afsuski, yarim final bahslarida imkoniyatni boy berib, bronza uchun kurashadigan bo'ldik. Bu erda bizga MOQ bosh kotibi Oybek Kasimov ham qo'shildilar. Dzyudodan chiqib yana sport shaharchasiga yo'l oldik. Kunning ikkinchi yarmida “Baku Sports Hall”ga borishni rejalashtirdik. Boisi, karatechimiz Sadriddin Saymatov finalga chiqqan edi.

Final! Raqib anoyilardan emas - turkiyalik Kayya Aykut. Bu jang menga “Barselona” - PSJ uchrashuvini eslatib yubordi. Aykut hisobda oldinga chiqib oldi, keyin - 1:1. Jang yakuniga etishiga 20 soniya qolganida hamyurtimiz zarba o'tkazib yubordi. Final hushtagi yangrashiga 2 soniya qolganida “vabank”ka o'tgan Sadriddin bir sakrab turkliyalik karatechining chakagini nishonga oldi, “pam-bux”, oltin! 1:2 hisboini qayd etib turgan tablo, ko'z ochib yumguncha 4:2 holatida yarq etib turardi. Bu haqiqiy “oltin zarba” edi. Aynan shu tarixiy zarba, fotoapparatimning xotirasiga muhrlandi.


Bu orada o'q otishdan xabar keldi. Sakina Mamedovada ham bronza! Yarim finalda mag'lubiyatga uchragan dzyudochilarimizdan ham ikkita bronza. Sport shaharchamizga qaytishda yana bitta yangilik - Anastasiya Serdyukova, Nurinisso Usmonova va Sabina Tashkenbaevalar badiiy gimnastikaning jamoaviy bahslarida bizga kumush medallarni taqdim etgan edilar.


Sportchilarimizning kayfiyatini ko'tarish maqsadida fotoshopda medal qo'lga kiritgan sportchilarning suratlarini ishladim. Biz turgan binoda, Iordaniya va Bangladeshdan tashrif buyurgan delegaciya ham bor. Biznikilar ulardan ancha ko'p. SHuning uchun ham suratlarni liftga yopishtirdik.

Odatga ko'ra, kech tomon “shtab”da yig'ilish bo'lib o'tdi. Dzyudochilar nomidan qatnashgan murabbiy Farhod To'raev keyingi bahslarda ishonchni oqlashga harakat qilishlarini aytib o'tdi. Oksana CHusovitina esa final bosqichiga chiqqan edi. Menimcha, bu erdagi musobaqada qatnashayotgan sportchilar ichidagi eng mashhuri ham aynan CHusovitina bo'lsa kerak.

SHu tariqa kechagi kun ham yakuniga etdi.


Tungi Bokuda hilpirayotgan Vatan bayrog'i!

Reyting: +6   

Fikrlar

   
14 may 19:20:32
СПОРТ
Кишига омад бир марта келади, у хам хаммага эмас. Олтинга тенг галаба хакикатда, табриклаймиз. Иродали спортчи экан.
   
14 may 16:53:38
cайфэ-cнайпер
Мақола жуда хам ёқди! Рахмат қалам устозига!
< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing