So’nggi yangiliklar

11:52Хабиб Нурмагомедов Ислам Махачевнинг машғулот йиғинига қўшилди + ФОТО 0 11:31Суперлига. Бугун 8-тур баҳслари давом эттирилади 0 11:10Рим "Мастерс" турнирида чемпион аниқанди 0 10:49Жаҳон чемпионатининг биринчи кунидан сўнг 107 давлат орасида нечанчи ўриндамиз? 0 10:28Нурсултон Рўзибоев: "Бу ҳақиқий жанг бўлади" 0 10:07"Барселона" Испания Суперкубоги 1/2 финалида "Атлетик" билан ўйнайди, "Реал" эса... 0 09:46Гусков Энтони Смит билан жанг қиладими? Богданнинг ўзи бунга ойдинлик киритди 0 09:25"Бургут" жамоаси Ўзбекистон хоккейи ёш юлдузини ўз сафига қўшиб олди 0 09:04Ричард Торрес профессионал боксдаги 10-жангини ўтказди 0 08:43"Ланс" сўнгги дақиқаларда Европа лигасидан қуруқ қолди 0 08:22Боксчиларимиз "Елорда кубоги"ни битта олтин медаль билан якунлашди 0 08:01Расман. "Ҳумо" бу мавсум қайси чемпионатда иштирок этишини эълон қилди 0 21:57Диёра Келдиёрова Жаҳон чемпионати шоҳсупасида! ФОТОГАЛЕРЕЯ 0 20:31"Мерседес" "Запорожец"ни чангида қолдириб кетди — футбол мураббийи бўлишдан бошқа ҳамма ишни қилишга рози банк мутахассиси ғолиб бўлган Европа чемпионатини ёдга оламиз 0 20:10"Реваншни сабрсизлик билан кутаман" - Собиқ UFC чемпиони Фьюри-Усик жанги ҳақида гапирди 0

11 may 14:10
Yangiliklar

Sport kurashlari, Boks/MMA, Kurash, Gimnastika, Tennis, Velosport, O'q otish, Dzyudo, Engil atletika, Og'ir atletika, Taekvondo, Boshqalar, Gandbol, Karate, Tokio-2020

Bokuga O'zbekistonning asosiy delegaciyasi ham etib bordi

Avval xabar berganimizdek, 8 may kuni O'zbekiston delegaciyasining 40 kishidan iborat dastlabki qismi IV “Islom birdamlik o'yinlari”da ishtirok etish uchun Boku shahriga etib kelib, Sportchilar shaharchasiga joylashgandi.

Bugun  mamlakatimizning eng katta delegaciyasi ham Kaspiy bo'yiga etib bordi.

Bugun Toshkent-Boku reysi bilan Ozarbayjon poytaxtiga dzyudo, karate, tennis, og'ir atletika, engil atletika, para-dzyudo va para-atletika sport turlarida yurtimiz sharafini himoya qiladigan sportchilar hamda murabbiylardan iborat 65 kishilik guruh etib keldi.  

Bokudagi Geydar Aliev Xalqaro aeroportida mamlakatimiz delegaciyasini O'zbekistonning Ozarbayjon Respublikasidagi Favqulotda va Muxtor Elchisi SHerzod Fayziev kutib oldi.  

Bungacha boks, o'q otish, sport gimnastikasi, badiiy gimnastika va gandbol bo'yicha terma jamoamiz azolari Ozarbayjon poytaxtida jam bo'lishgandi. Demak, IV “Islom birdamlik o'yinlari”da ishtirok etadigan mamlakatimizning 15 ta sport turlari bo'yicha terma jamoalaridan 13 tasi Sportchilar shaharchasiga joylashib ulgurishdi.  

Kecha shuningdek, delegaciyamiz tarkibini sport gimnastikasi bo'yicha Olimpiya o'yinlarining yagona etti karra ishtirokchisi, “Barselona-1992” Olimpiya o'yinlari chempioni, bir necha karra jahon va Evropa chempioni, Xizmat ko'rsatgan sportchi Oksana CHusovitina to'ldirdi. Aytish kerakki Oksana IV “Islom birdamlik o'yinlari”da g'oliblikka asosiy davogar sportchilardan hisoblanmoqda.

15 may kuni  delegaciyamizning so'nggi qismi – taekvondo, erkin kurash va yunon rum kurashi bo'yicha terma jamoamiz azolari Bokuga etib kelishadi. Sportchilar shaharchasida musobaqa ishtirokchilari uchun barcha sharoitlar muxayyo etilgan. Tibbiy xizmat va ovqatlanish shahobchalari 24 soat davomida uzluksiz ishlab turibdi.  

Qolaversa bellashuvlardan bo'sh paytda sportchilarning madaniy hordiq chiqarishlari va vaqtlarini mazmunli o'tkazishlari uchun tashkiliy qo'mita tomonidan bir qator madaniy dasturlar ishlab chiqilgan. Bir so'z bilan aytganda musobaqani har jihatdan yuqori saviyada o'tkazish uchun katta hajmda ish olib borilgani ko'rinib turibdi.   

Ayni vaqtda Bokuga dunyoning turli burchaklaridan sportchilar etib kelishi davom etmoqda. IV “Islom birdamlik o'yinlari”da 57 ta davlatdan 3500 dan ziyod sportchilar ishtirok etishi kutilmoqda.

Eslatib o'tamiz, 12 may kuni soat 21:00 da Bokudagi Olimpiya stadionida IV “Islom birdamlik o'yinlari”ning tantanali ochilish marosimi boshlanadi. SHu kundan etiboran aksariyat sport turlari bo'yicha bahslar boshlab yuboriladi. Musobaqa 22 mayga qadar davom etadi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing