So’nggi yangiliklar

12:06Ислам Махачев Конор Макгрегорга "ответ" қилди 0 11:45Ханс-Дитер Флик "Барселона"даги режалари билан ўртоқлашди 0 11:24Конор Ислам Махачевга ташхис қўйди + ФОТО 0 11:03Жокович "Ролан Гаррос" чемпионлик ҳимоясини давом эттирмоқда 0 10:42Бугун Навбаҳор Ҳамидова Олимпиада лицензион турнирида рингга чиқади 0 10:21ЦСКА собиқ футболчиси: "Аббосбек Файзуллаевни 10 миллиондан камига сотмаслик керак!" 0 10:00Нодирбек Якуббоев Aktobe Open 2024 етакчилари сафига қўшилиб олди 0 09:39ХОҚдан жавоб! IBA'га аъзо мамлакатлар Лос-Анжелес 2028 Олимпиадасида иштирок этмайди, жумладан Ўзбекистон ҳам! 0 09:18Ўзбекистонлик боксчи лицензион турнирда Озарбайжон таркибида иштирок этмоқда 0 08:57Бугун Суперлигада пойтахт вилояти дербиси бор 0 08:36Ўзбекистон кубогининг сўнгги куни оғир вазнда ғолиблар аниқланди + ФОТО 0 08:15Султонов Куршумлия-Баняда 1/4 финалда ўйнайди 0 07:54UFC'га ўтиши айтилган Рамазон Темировнинг навбатдаги рақиби бразилиялик! + ПОСТЕР 0 07:33"Реал" ЕЧЛ финали учун қайдномасини эълон қилди 0 07:12"Tashkent Select" хоккей бўйича 2024 йилги Ўзбекистон чемпионати ғолибига айланди! 0

16 iyu 09:34
Yangiliklar

Boshqalar

Bosh kotib Tibbiyot markazi faoliyatini takomillashtirish masalasini muhokama qildi

Teglar :  Oybek KasimovRSTIAM
O'zbekiston Milliy Olimpiya qo'mitasi Bosh kotibi Oybek Kasimov Qo'mita qoshidagi Respublika sport tibbiyoti ilmiy-amaliy markazi (RSTIAM) faoliyatini yanada kuchaytirish mavzusida yig'ilish o'tkazdi.

Unda MOQ raisi maslahatchisi Alisher Karimov, shuningdek, Kamol Sirojiddinov boshchiligidagi Tibbiyot markazi mutasaddilari ishtirok etishdi.

Dastavval Kamol Sirojiddinov so'nggi davrda sportchilarimiz uchun ko'rsatilayotgan tibbiy xizmat sifatini yanada yaxshilash, ularga yoz faslidagi tekshiruvlar davomida qulay sharoit yaratish bo'yicha olib borilayotgan ishlar haqida malumot berdi. 

Kamol Komilovich bunga qo'shimcha ravishda hozirda Tibbiyot markazi shifokorlari har bir federaciyalarga borib, atletlarimizning salomatligini o'rganib kelayotgani, kelgusida ushbu yo'nalishda grafik asosida mutaxassislar federaciyalarga biriktirilgan holda muntazam nazorat ishlarini olib borishlarini aytib o'tdi. Qolaversa, endilikda Respublikamiz bo'ylab ham hududlarda sport tibbiyoti yo'nalishida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishish rejasi borligi takidlandi.

SHundan so'ng MOQ Bosh kotibi oldinda turgan yirik turnirlarda jamoalarimizning muvaffaqiyatli ishtirok etishida sohaning ahamiyati haqida to'xtaldi. Oybek Kasimov xalqaro maydondagi muvaffaqiyatlar zamirida sport tibbiyotining alohida o'rni borligi, Tibbiyot markazi shifokorlari Konya shahrida o'tadigan Islom birdamligi o'yinlariga tayyorgarlik ko'rayotgan jamoalar bilan ko'proq ishlashi lozimligi, amalga oshirilayotgan vitaminizaciya jarayonini ishonchli va sifatli mahsulotlar bilan uzluksiz yo'lga qo'yish haqidagi tavsiyalarini berdi.

Yig'ilish davomida RSTIAM direktori federaciyalarga tashrif chog'ida tor doirasidagi mutaxassislarni ham jalb qilish taklifini ilgari surdi. SHuningdek, uchrashuvda tibbiyot markazi faoliyatini yanada yaxshilash bo'yicha yana bazi masalalar muhokama qilindi va yangi g'oyalar ilgari surildi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing