So’nggi yangiliklar

15:47Forbes. Роналду – энг сердаромад спортчи, Месси эса... 0 15:24Тайсон Фьюри Александр Усикка ноодатий таклиф берди 0 15:01Дмирий Бивол Саудия Арабистонига етиб борди 0 14:19Мухлислар ташрифи бўйича жорий мавсум рекорди Наманганда янгиланди 0 14:11UFC Нурсултонга: "Тезроқ жароҳатни тузат. Сен учун режамиз бор" 0 13:58Жон Жонс Миочич билан жангдан қанча пул ишлаб олишини очиқлади 0 13:37Нурхон Қурбонова Париж-2024 Паралимпия ўйинларига иккинчи лицензиясини қўлга киритди! 0 13:16"Бургут" хоккей клуби "Ҳумо"нинг менежерини трансфер қилди 0 12:55Хави 2023-2024 йилги мавсумни сарҳисоб қилди 0 12:34Усик ва Фьюри жангдан қанча пул ишлаб олишгани маълум бўлди 0 12:13Жамал Хилл иштирокидаги жанг бекор қилинди 0 11:52Хабиб Нурмагомедов Ислам Махачевнинг машғулот йиғинига қўшилди + ФОТО 0 11:31Суперлига. Бугун 8-тур баҳслари давом эттирилади 0 11:10Рим "Мастерс" турнирида чемпион аниқланди 0 10:49Жаҳон чемпионатининг биринчи кунидан сўнг 107 давлат орасида нечанчи ўриндамиз? 0

23 sen 08:46
Yangiliklar

Tadbirlar

Bosh vazir o'rinbosari avtomobilsiz kun akciyasiga qo'shildi

Har yili 22 sentyabr – Butunjahon avtomobilsiz kuni sifatida nishonlanadi.

Albatta, shu kun munosabati bilan dunyo ahlini sog'lom turmush tarzini targ'ib qilish, ekologiya va atrof-muhitni asrab-avaylashga davat etiladi.

O'zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o'rinbosari, Turizmni rivojlantirish davlat qo'mitasi raisi Aziz Abduhakimov o'zining «Feysbuk» sahifasida bunga munosabat bildirdi:

“Aziz vatandoshlar! 22 sentyabr – Butunjahon avtomobilsiz kuni sifatida dunyoning juda ko'plab davlatlarida keng nishonlanadi. Malumotlarga ko'ra, unda er yuzidagi 1 500 dan ziyod shaharning 100 milliondan ortiq aholisi faol qatnashib keladi.

Avtomobilsiz kun g'oyasi 1995 yilda Buyuk Britaniyada paydo bo'lgan va qisqa muddatda butun dunyoda keng ommalashgan. 2000 yildan beri 22 sentyabr «Butunjahon avtomobilsiz kuni» sifatida nishonlanadi.

SHu kuni avtomobil haydovchilari shaxsiy transport vositalaridan kamida bir kun foydalanishmaydi, bazi shaharlar va mamlakatlarda piyoda yurish, velosiped haydash, jamoat transportidan foydalanish, shuningdek, ish va dam olish joylariga piyoda borish g'oyalarini targ'ib qiluvchi maxsus akciyalar ham tashkil qilinadi.

Bunday tadbirlarni o'tkazishdan ko'zlangan asosiy maqsad, eng avvalo avtomobillardan chiqayotgan turli zaharli gazlar orqali atmosferaning zaharlanishini kamaytirishga o'z hissasini qo'shish, qolaversa piyoda yurish va velosipedda sayr qilishni keng targ'ib etishdan iborat. Bu esa aholi orasida sog'lom turmush tarzini keng ommalashtirish yo'lida xizmat qiladi.

Men ham sizlarni ushbu xayrli tashabbusni qo'llab-quvvatlab, shu kunni avtomobilsiz o'tkazishga harakat qilishga chorlab qolaman!”

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing