So’nggi yangiliklar

14:19Мухлислар ташрифи бўйича жорий мавсум рекорди Наманганда янгиланди 0 14:11UFC Нурсултонга: "Тезроқ жароҳатни тузат. Сен учун режамиз бор" 0 13:58Жон Жонс Миочич билан жангдан қанча пул ишлаб олишини очиқлади 0 13:37Нурхон Қурбонова Париж-2024 Паралимпия ўйинларига иккинчи лицензиясини қўлга киритди! 0 13:16"Бургут" хоккей клуби "Ҳумо"нинг менежерини трансфер қилди 0 12:55Хави 2023-2024 йилги мавсумни сарҳисоб қилди 0 12:34Усик ва Фьюри жангдан қанча пул ишлаб олишгани маълум бўлди 0 12:13Жамал Хилл иштирокидаги жанг бекор қилинди 0 11:52Хабиб Нурмагомедов Ислам Махачевнинг машғулот йиғинига қўшилди + ФОТО 0 11:31Суперлига. Бугун 8-тур баҳслари давом эттирилади 0 11:10Рим "Мастерс" турнирида чемпион аниқланди 0 10:49Жаҳон чемпионатининг биринчи кунидан сўнг 107 давлат орасида нечанчи ўриндамиз? 0 10:28Нурсултон Рўзибоев: "Бу ҳақиқий жанг бўлади" 0 10:07"Барселона" Испания Суперкубоги 1/2 финалида "Атлетик" билан ўйнайди, "Реал" эса... 0 09:46Гусков Энтони Смит билан жанг қиладими? Богданнинг ўзи бунга ойдинлик киритди 0

10 may 11:44
Yangiliklar

Kurash, Engil atletika

"Boysun bahori" festivali doirasida kurash va yugurish musobaqalari o'tkazildi FOTOREPORTAJ

Boysun tumanidagi Padang kengliklarida “Boysun bahori” xalqaro folklor festivali bo'lib o'tdi.

O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 7 fevraldagi “Boysun bahori” xalqaro folklor festivalini tashkil etish va o'tkazish chora-tadbirlari to'g'risida”gi qaroriga muvofiq o'tkazilgan festivalda dunyoning 30 dan ortiq davlatidan martabali mehmonlar, soha mutaxassislari, sanatkorlar va muxlislar ishtirok etdi.

Padang kengliklarida yuzdan ortiq o'tov uylar o'rnatilib, milliy qadriyatlarimizga mos bezatilgani, Qoraqalpog'iston Respublikasi, Toshkent shahri va viloyatlar hamda Termiz shahri va tumanlardan kelgan hunarmandlar mahsulotlari, milliy taomlar ko'rgazmasi barchada katta qiziqish uyg'otdi. Turli sport musobaqalari, baxshi-oqinlar tanlovi, ot ustida kurash, chillak, arqon tortish, milliy kurash singari o'nga yaqin milliy xalq o'yinlari o'tkazilib, g'oliblar taqdirlandi.

Qizg'in bahslarga boy bo'lgan kurash bellashuvlarida mamlakatimizning barcha hududlaridan kelgan dongdor polvonlar o'zaro kuch sinashdi. +90 kilogramm vazn toifasidagi bahslarda Surxondaryo viloyati SHerobod tumanilik Muhammadkarim Xurramov g'olib bo'ldi va 20 million so'm pul mukofotini qo'lga kiritdi. Boshqa vazn toifasidagi g'olib polvonlar ham munosib rag'batlantirildi.

Alimurod MAMADAMINOV, o'z muxbirimiz

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing