So’nggi yangiliklar

21:57Диёра Келдиёрова Жаҳон чемпионати шоҳсупасида! ФОТОГАЛЕРЕЯ 0 20:31"Мерседес" "Запорожец"ни чангида қолдириб кетди — футбол мураббийи бўлишдан бошқа ҳамма ишни қилишга рози банк мутахассиси ғолиб бўлган Европа чемпионатини ёдга оламиз 0 20:10"Реваншни сабрсизлик билан кутаман" - Собиқ UFC чемпиони Фьюри-Усик жанги ҳақида гапирди 0 18:49Райан Гарсия Усикнинг ғалабасига муносабат билдирди 0 18:28Жаҳон чемпионатининг жамоавий баҳсларига қуръа ташланди 0 18:07Жозе Моуринью ишга қайтишга яқин. У янги жамоаси билан деярли келишувга эришди 0 17:46Усик ва Фьюри жанг натижаси эълон қилиниши олдидан нима ҳақида суҳбатлашгани маълум бўлди 0 17:25Ига Свёнтек бир мавсумда Рим ва Мадридда чемпион бўлган учинчи теннисчи 0 17:04Диёра Келдиёрова жаҳон чемпионати финалида + ФОТОГАЛЕРЕЯ 0 16:43Пеп Гвардиола "Манчестер Сити"даги келажаги ҳақидаги саволга жавоб берди 0 16:22Макгрегор: "Усик Фьюрига яна имкон бериши ёки Жошуа билан жанг қилиши керак" 0 16:01Бугун академик эшкак эшувчиларимиз сўнгги лицензион турнирда старт олишади 0 15:40Йўғе? Усик икки ҳафтадан кейин мутлақ жаҳон чемпиони мақомини йўқотади 0 15:19Биласизми? Одил Аҳмедов ўз вақтида катта пуллар эвазига ҳам "Бунёдкор"га ўтишни хоҳламаган 0 14:58Афсонавий Леннокс Льюис Александр Усикка мурожаат қилди 0

20 apr 17:02
Yangiliklar

Boks/MMA, SHaxmat, Qiziqarli!

Bu qiziq! SHaxboks haqida bilasizmi?

"Olamsport.com" ijodkorlari mushtariylarga sport olami haqida qiziqarli materiallar taqdim qilishda davom etadi.

Bugungi mavzumiz — shaxboks. Jismoniy ham aqliy kuchingiz sinovdan o'tkaziladigan sportning ushbu turida raqibingizni boks va shaxmat elementlari vositasida engishingiz talab qilinadi. Jahon miqyosidagi mashhurligi kundan kunga ortayotgan sportning ushbu turi haqida quyida batafsil malumot beramiz.


SHaxmat boksi nima o'zi?

SHaxboks — bu shaxmat va boksning birlashtirilishi natijasida paydo bo'lgan, jismoniy kuch, zakovat, jasorat va strategik mahoratni talab qiladigan ajoyib sport turi. SHaxmat boksi bilan shug'ullanuvchilar uning falsafasini hayot uchun kurash sifatida ifoda etishadi. Sportning bu turida muvaffaqiyatga erishish faqat yaxshi bokschi yoki zo'r shaxmatchi bo'lish kifoya qilmaydi. Omadga erishish uchun ularning har ikkovini mutanosib ravishda olib borish kerak. Boks matchlarida adrenalin hosil bo'lib, yurak urish tezligi 160 dan ortib ketadi. SHunda siz to'satdan shaxmat stoli oldida paydo bo'lasiz. Endi tinchlanasiz va xato qilmasdan, raqibingizni engish haqida bosh qotira boshlaysiz. 

Sportning mazkur turidagi janglar rasman 2003 yildan beri o'tkazilib kelinadi. Professional musobaqalarda ishtirok etish uchun 17-35 yosh orasida bo'lib, kamida 50 ta havaskor jang o'tkazish tavsiya qilinadi. SHaxmat uchun minimum 1800 Elo ochkongiz bo'lishi kerak. Ushbu sport turi bilan havaskor darajada shug'ullanish uchun hech qanday cheklovlar yo'q.


SHaxboks qanday o'ynaladi?

SHaxmat boksi musobaqalari jami 11 raunddan (boks - 5, shaxmat - 6) iborat. Match shaxmat raundi bilan boshlanib, shaxmat raundi orqali davom ettiriladi. Boks raundi 3 daqiqa, shaxmat 4 daqiqa o'ynaladi. SHaxboks bahsi 39 daqiqa davrm etishi mumkin. Raundlar orasida tayyorgarlik uchun 1 daqiqa beriladi. Bellashuv mot yoki nokaut bilan yakunlanishi mumkin. Bahs to'liq davom etib, shaxmatda durang qayd etilsa, boksda ko'proq ochko to'plagan sportchi g'olib bo'ladi. Agar ikkala turda ham kuchlar teng kelsa, shaxmatda qora donalarda o'ynagan tomon g'alaba qozonadi. 


SHaxmat boksidagi vazn toifalari:

Erkaklar:

Engil vazn: -70 kg

O'rta vazn: -80 kg

Yarim og'ir vazn: -90 kg

Og'ir vazn: +90 kg


Ayollar:

Engil vazn: -55 kg

O'rta vazn: -65 kg

Yarim og'ir vazn: -75 kg

Og'ir vazn: +75 kg

So'zimiz oxirida Butunjahon shaxmat boksi tashkiloti (WCBO) mazkur sport turi bo'yicha 2021 yilda o'tkazishni rejalashtirgan nufuzli musobaqalar ko'yzatini keltiramiz. Etiborli jihati, ular orasida oktyabr oyida Moskva mezbonlik qiladigan 4-jahon chempionati bahslari ham bor.

1. Sentyabr: IFC - PRO - CHESSBOXING (Franciya);

2. Oktyabr: NORDIC CHESSBOXING FIGHT NIGHT (Xelsinki, Finlyandiya);

3. Oktyabr: 4TH WORLD CHESSBOXING CHAMPIONSHIP (Moskva, Rossiya);

4. Dekabr: INDIAN OPEN INTERNATIONAL CHESSBOXING CHAMPIONSHIP (Kalkutta, Hindiston)


Internet malumotlari asosida Faxriddin Ro'ziev tayyorladi

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing