So’nggi yangiliklar

21:57Диёра Келдиёрова Жаҳон чемпионати шоҳсупасида! ФОТОГАЛЕРЕЯ 0 20:31"Мерседес" "Запорожец"ни чангида қолдириб кетди — футбол мураббийи бўлишдан бошқа ҳамма ишни қилишга рози банк мутахассиси ғолиб бўлган Европа чемпионатини ёдга оламиз 0 20:10"Реваншни сабрсизлик билан кутаман" - Собиқ UFC чемпиони Фьюри-Усик жанги ҳақида гапирди 0 18:49Райан Гарсия Усикнинг ғалабасига муносабат билдирди 0 18:28Жаҳон чемпионатининг жамоавий баҳсларига қуръа ташланди 0 18:07Жозе Моуринью ишга қайтишга яқин. У янги жамоаси билан деярли келишувга эришди 0 17:46Усик ва Фьюри жанг натижаси эълон қилиниши олдидан нима ҳақида суҳбатлашгани маълум бўлди 0 17:25Ига Свёнтек бир мавсумда Рим ва Мадридда чемпион бўлган учинчи теннисчи 0 17:04Диёра Келдиёрова жаҳон чемпионати финалида + ФОТОГАЛЕРЕЯ 0 16:43Пеп Гвардиола "Манчестер Сити"даги келажаги ҳақидаги саволга жавоб берди 0 16:22Макгрегор: "Усик Фьюрига яна имкон бериши ёки Жошуа билан жанг қилиши керак" 0 16:01Бугун академик эшкак эшувчиларимиз сўнгги лицензион турнирда старт олишади 0 15:40Йўғе? Усик икки ҳафтадан кейин мутлақ жаҳон чемпиони мақомини йўқотади 0 15:19Биласизми? Одил Аҳмедов ўз вақтида катта пуллар эвазига ҳам "Бунёдкор"га ўтишни хоҳламаган 0 14:58Афсонавий Леннокс Льюис Александр Усикка мурожаат қилди 0

26 okt 17:13
Yangiliklar

Boks/MMA, Qiziqarli!

Bu reytinglarni kim va nimaga asoslanib tuzishini bilmayman - Islam Maxachev. U yana nima qilishi kerak?

Teglar :  Islam Maxachev
21 oktyabr kuni Abu-Dabidagi “Etihad Arena”da UFC 294 turniri bo'lib o'tdi. Oqshomning asosiy yulduzi Islam Maxachev bo'ldi.

U navbatdagi kamar uchun himoya jangini o'tkazdi. Dog'istonlik jangchi Aleksandr Volkanovskini shafqatsiz tarzda nokautga uchratdi. Ammo jangdan keyin Pound-for-pound reytingi malum qilingach, ko'plab savollar tug'ildi. Unda vazn toifasidan qatiy nazar, tashkilotning eng yaxshi jangchilari reytingi tuziladi. Ko'pchilik Volkanovski ikki marta mag'lub etilgach, Maxachev dominant bo'lib olishini kutib turgandi, biroq yangnilangan reytingda Islam bir pog'ona ko'tarildi va ikkinchi o'ringa joylashtirildi. 


CHempionning o'zi allaqachon uyga qaytib bo'lgan. “Ushatayka” (rossiyalik sport blogeri) bilan suhbatda ushbu holatga izoh berishga ulgurdi. Uning takidlashicha, reytinglar qanday princip asosida tuzilishini umuman tushunmaydi. “Bu reytinglarni kim va nimaga asoslanib tuzushini bilmayman. Birinchi raqamli P4P’ni taslim etdim, ammo ular meni birinchi pog'onaga joylashtirishmadi. Buni ajablanarli joyi yo'q, balki bazi foydalari bordir. Yana qanday yo'l bilan etakchi bo'lib olishimni anglay olmayapman. Agar siz birinchi raqamli jangchini engib ham undan pastdamisiz, men buni izohlab bera olmayman, uzr”, degan Islam.


Takidlash joizki, tashkilot Maxachevni oliy pog'onaga qo'yishini hamma ham kutmagandi. Masalan, sobiq UFC jangchisi Aleksey Kunchenko hozircha Islam P4P reytingida etakchilik qilmasligini taxmin qilgan. “Albatta, P4P’da birinchi o'ringa Jonsni qo'ygan bo'lardim, chunki u afsona. Maxachev unga tenglashib olishi uchun hali ancha jang o'tkazishi lozim. Agar 10 marta himoya jangini o'tkazsa, keyin o'ylab ko'rsa bo'ladi. U yaxshi jangchi, biroq hozircha Islamga oliy o'rinni bermagan bo'lardim”, deydi Kunchenko. SHu bilan birga, amerikalik chempion kamdan-kam jang qiladi, degan argument paydo bo'ladi. Jons 44 oy (3yarim yildan ko'proq) ichida bitta jang o'tkazdi. Xuddi shu vaqt ichida dog'istonlik 7 marta jang qildi, ikki marta chempionlik kamarni himoya qilib, barchasida zafar quchdi. 

Aftidan, Islam P4P reytingida birinchi o'ringa qo'yilmaganining muhim sababi bor va bu Jon Jons bilan Stipe Miochichning bo'lajak jangi. Hatto Jons jamoasi ichida super yulduz o'zining so'nggi yillarini o'tkazayotgani haqida mish-mishlar tarqalgan. Agar UFC tashkilotchilari afsonaviy jangchilardan birini jangiga 3 hafta qolganida oliy o'rindan olib tashlashsa, g'alati bo'lardi. (Reyting elon qilinganida hali Jons - Miochich jangi bekor bo'lmagandi). Maxachev birinchi o'rinni egallashi uchun hali yana biroz vaqt kerak bo'ladi. U o'z vaznida mutlaq tengsiz va ikkinchi kamarga ega bo'lishni niyat qilgan.


Xorijiy sayt asosida Xabib Jo'raboev tayyorladi

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing