So’nggi yangiliklar

16:55Нурсултон Рўзибоев: «Ўзимнинг хатом билан рақиб курашга кирди» 0 16:32"Фьюри тўққизинчи раундда туриб бера олганидан ҳайрон қолдим" - Кличко 0 16:10Нурсултон Рўзибоев нима учун қисқа вақт орасида жангни қабул қилганини айтди 0 15:47Forbes. Роналду – энг сердаромад спортчи, Месси эса... 0 15:24Тайсон Фьюри Александр Усикка ноодатий таклиф берди 0 15:01Дмирий Бивол Саудия Арабистонига етиб борди 0 14:19Мухлислар ташрифи бўйича жорий мавсум рекорди Наманганда янгиланди 0 14:11UFC Нурсултонга: "Тезроқ жароҳатни тузат. Сен учун режамиз бор" 0 13:58Жон Жонс Миочич билан жангдан қанча пул ишлаб олишини очиқлади 0 13:37Нурхон Қурбонова Париж-2024 Паралимпия ўйинларига иккинчи лицензиясини қўлга киритди! 0 13:16"Бургут" хоккей клуби "Ҳумо"нинг менежерини трансфер қилди 0 12:55Хави 2023-2024 йилги мавсумни сарҳисоб қилди 0 12:34Усик ва Фьюри жангдан қанча пул ишлаб олишгани маълум бўлди 0 12:13Жамал Хилл иштирокидаги жанг бекор қилинди 0 11:52Хабиб Нурмагомедов Ислам Махачевнинг машғулот йиғинига қўшилди + ФОТО 0

25 sen 07:22
Yangiliklar

Tadbirlar

Bu yilgi tanlovda qaysi davlat va xo'jalik boshqaruvi organlari g'oliblikka davogar?

Jismoniy tarbiya va sport vazirligida tanlovni baholash bo'yicha ishchi guruh azolari ishtirokida yig'ilish videokonferenciya shaklida tashkil etildi.

O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 7 yanvardagi 6-son qarori bilan tasdiqlangan “Davlat va xo'jalik boshqaruvi organlari hamda mahalliy davlat hokimiyati organlari xodimlarining jismoniy tarbiya va sport bilan muntazam shug'ullanishini tashkil etish chora-tadbirlarini amalga oshirganligi uchun tanlov o'tkazish” sxemasiga asosan joriy yil 1 avgustga qadar tanlovda ishtirok etish istagini bildirgan korxona-tashkilotlar hamda mahalliy davlat hokimiyati organlari Jismoniy tarbiya va sport vazirligiga malumotlar taqdim etishi belgilangan edi.

Pandemiya sharoitini inobatga olgan holda tanlovga tegishli hujjatlarni taqdim etish muddati 1 sentyabrga qadar uzaytirildi. SHu kunga qadar bu yilgi tanlovga Andijon, Samarqand, Qashqadaryo, Toshkent viloyatlari hamda Toshkent shahridan jami 39ta hujjat taqdim etildi. Qoraqalpog'iston Respublikasi hamda Namangan viloyati vakillari tanlov shartlarini tushunmasdan “Jismoniy tarbiya va sport alochisi” ko'krak nishoniga nomzod taqdim etgan bo'lsa, Farg'ona, Sirdaryo, Jizzax, Navoiy, Buxoro, Surxondaryo va Xorazm viloyatlari esa tanlovga etiborsizlik bilan qarashdi hamda umuman hujjatlar taqdim etmadi.

Kecha Jismoniy tarbiya va sport vazirligida tanlovni baholash bo'yicha ishchi guruh azolari ishtirokida yig'ilish videokonferenciya shaklida tashkil etildi. Unda bu yilgi tanlovga davlat va xo'jalik tashkilotlari tomonidan taqdim etilgan jami 39ta ish ko'rib chiqildi.

SHuni takidlash kerak, bu yilgi tanlovda qashqadaryoliklar faol qatnashdi. Boshqa hududlardan farqli o'laroq Qashqadaryo viloyatidan tanlovga nafaqat sport tashkilotlari, balki tuman tibbiyot birlashmasi, tuman Xalq talimi bo'limi, ishlab chiqarish korxonalari ham o'z hujjatlarini talab darajasida taqdim etdi.

Ishchi guruh qaroriga ko'ra, tanlov shartlarini yaxshi bajargan, qolaversa o'z korxonasi va hududida jismoniy tarbiya va sport bilan muntazam shug'ullanishni tashkil etish chora-tadbirlarini amalga oshirgan quyidagi tashkilotlar yakuniy bosqichga yo'l oldi:

Andijon viloyati Asaka tumani jismoniy tarbiya va sport bo'limi, Andijon viloyati Paxtabod tuman jismoniy tarbiya va sport bo'limi, Samarqand viloyati Payariq tumani jismoniy tarbiya va sport bo'limi, Qashqadaryo viloyati “Koson yog' ekstraciya” akcionerlik jamiyati, Qashqadaryo viloyati Koson tumani hokimligi, Qashqadaryo viloyati Yakkabog' tuman tibbiyot birlashmasi, Qashqadaryo viloyati SHahrisabz tumani hokimligi, “O'zbekiston temir yo'llari” akciyadorlik jamiyati, Toshkent shahar Mirobod tumani hokimligi.

Tanlov g'oliblari yaqin kunlarda elon qilinadi va g'oliblarni taqdirlash marosimi tantanali tarzda tashkil etiladi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing