12 may 10:05
Yangiliklar
Bugun Astana Barysy Grand Slam`da 3 nafar dzyudochimizga muxlislik qilamiz
Mukofot jamg'armasi 154 000 evroni tashkil qiluvchi Barysy Grand Slam 2024 musobaqasining so'nggi uchinchi kuni og'ir vazn toifasida bellashuvlar tashkil etiladi. Bugungi bahslarda 3 nafar dzyudochimizga muxlislik qilamiz.
Hamyurtlarimizdan Irisxon Qurbonboeva, Rinata Ilmatova va Ernazar Sarsenbaev musobaqa medallari hamda Parij-2024 Olimpiadasi yo'lidagi qimmatli reyting ochkolari uchun tatamiga chiqadi.
Dzyudochilarimzning ilk davradagi raqiblari:
-78 kg: Irisxon Qurbonboeva — Hsu SHu Vang (Xitoy Taypeyi)/Darya Kancavaya (AIN)
+78 kg: Rinata Ilmatova — Kinga Voljchak (Polsha)
-100 kg: Ernazar Sarsenbaev — Luis Mai (Germaniya)
Eslatib o'tamiz, kechagi bellashuvlarda hamyurtlarimizdan SHarofiddin Boltaboev barcha raqiblarini mag'lubiyatga uchratib, Astana "Katta Dubulg'a" turniri oltin medali hamda 1000 reyting ochkosini qo'lga kiritgan edi. SHarofiddinning oltini evaziga O'zbekiston terma jamoasi 84 davlat orasida 4-o'ringa ko'tarilib oldi.
Fikrlar