So’nggi yangiliklar

15:47Forbes. Роналду – энг сердаромад спортчи, Месси эса... 0 15:24Тайсон Фьюри Александр Усикка ноодатий таклиф берди 0 15:01Дмирий Бивол Саудия Арабистонига етиб борди 0 14:19Мухлислар ташрифи бўйича жорий мавсум рекорди Наманганда янгиланди 0 14:11UFC Нурсултонга: "Тезроқ жароҳатни тузат. Сен учун режамиз бор" 0 13:58Жон Жонс Миочич билан жангдан қанча пул ишлаб олишини очиқлади 0 13:37Нурхон Қурбонова Париж-2024 Паралимпия ўйинларига иккинчи лицензиясини қўлга киритди! 0 13:16"Бургут" хоккей клуби "Ҳумо"нинг менежерини трансфер қилди 0 12:55Хави 2023-2024 йилги мавсумни сарҳисоб қилди 0 12:34Усик ва Фьюри жангдан қанча пул ишлаб олишгани маълум бўлди 0 12:13Жамал Хилл иштирокидаги жанг бекор қилинди 0 11:52Хабиб Нурмагомедов Ислам Махачевнинг машғулот йиғинига қўшилди + ФОТО 0 11:31Суперлига. Бугун 8-тур баҳслари давом эттирилади 0 11:10Рим "Мастерс" турнирида чемпион аниқланди 0 10:49Жаҳон чемпионатининг биринчи кунидан сўнг 107 давлат орасида нечанчи ўриндамиз? 0

15 jan 16:28
Yangiliklar

Xokkey

Bugun "Humo" xokkey klubi tashkil etilganiga 6 yil bo'ldi. Aleksandr Malishev jamoaning eng yaxshi xotiralarini yod oldi

Bugun Toshkentning "Humo" xokkey klubi 6 yoshga to'ldi.

Jamoa matbuot xizmatining sobiq rahbari Aleksandr Malishev sana munosabati bilan jamoaga oid xotiralari bilan o'rtoqlashdi.

"Bugun "Humo" (Toshkent) xokkey klubi 6 yoshga to'ldi.

Men uchun bu jamoa huddi beshikdan tarbiyalagan farzandimdek. Hamkasblarimga farovonlik va muvaffaqiyatlar tilayman.

Klubning besh yilligi munosabati bilan yozilgan qisqacha tarixi:

2018 yil, 15 yanvar - "Humo" xokkey klubi ro'yxatga olindi.

2018 yil, 20 yanvar - "Humo" xokkey maktabini ishga tushirdik.

2019 yil, 10 fevral - O'zbekiston Respublikasining birinchi chempionatida ishtirok etishni boshladik va unda muntazam chempionlikni qo'lga kiritdik.

2019 yil, 27 aprel - Toshkent shahrida o'tkazilgan birinchi xalqaro o'rtoqlik turnirida ishtirok etdik.

2019 yil, 31 may - biz VHLga kirdik.

2019 yil, 11 avgust - biz Nijniy Novgorod viloyati gubernatori kubogida KXLning "Torpedo Nijniy Novgorod" va "Dinamo Minsk" klublarini mag'lub etib, uchinchi o'rinni egalladik.

2019 yil, 11 sentyabr - biz 2019-2020 yilgi VXL chempionatida o'z ishtirokimizni "Ryazan" ustidan 5:0 hisobidagi yirik g'alaba bilan boshladik.

2019 yil, 15 sentyabr - "Humo-2" Qozog'iston Respublikasi ochiq chempionatida ishtirok etishni boshladi.

2020 yil, 5 fevral - biz muddatidan oldin VXL pley-off bosqichiga chiqdik va Markaziy Osiyo tarixidagi ilk kubok o'yinini o'tkazdik.

2020 yil, 7 mart - biz VXLning ko'p karra chempioni "Toros"ni etti o'yinda mag'lub etib, pley-offning ikkinchi bosqichiga chiqdik.

2020 yil, 27 aprel - biz virtual "Petrov kubogi"ni yutdik.

2020 yil, 8 may - "ADWEEK-2019" tasnifi bo'yicha biz "Eng yaxshi sport klubi" va "Yil brendi"ga aylandik.

2020 yil, 29 iyul - biz VXLda "Yilning eng yaxshi yutuqlari" nominaciyasida g'olib bo'ldik.

2022 yil, 9 may – "Humo" bolalar maktabi tarbiyalanuvchilari "Toshkent Selekt" jamoasi tarkibida Kuzbassdagi yig'inlarda qatnashdi.

2022 yil, 28 may – "Humo U10" bolalar jamoasi Xalqaro bolalarni himoya qilish kuniga bag'ishlangan turnirda birinchi o'rinni egalladi.

2022 yil, 12 iyul - biz katta xokkeyga qaytdik va Pro Hokkey Ligasiga qo'shildik.

2022 yil, 13 noyabr - "HumoU10" ilk bor Bishkekdagi xalqaro turnirda ishtirok etdi.

2023 yil, 12 yanvar - Pro Xokkey Ligasi pley-off bosqichiga muddatidan oldin yo'l oldik.

2023 yil, 8 fevral - Pro Xokkey Ligasi 2022/2023 yilgi mavsumining muntazam chempionatini ikkinchi o'rinda yakunladik.

2023 yil, 17 mart - "Humo" xokkeychilaridan iborat O'zbekiston U18 o'smirlar terma jamoasi Turkmaniston, Eron, Mo'g'uliston, Tailand va BAA termalari ustidan beshta uchrashuvda g'alaba qozonib, Osiyo va Okeaniya chempioni bo'ldi.

2023 yil, 12 aprel - 2022/2023 yilgi mavsum yakunida ikkinchi o'rin uchun Pro Xokkey Ligasidan kumush medallarni qabul qilib oldik.

2023 yil, 17 iyul - O'zbekiston xokkey tarixida birinchi bor abonementlar sotuvi yo'lga qo'yildi.

2023 yil, 31 avgust - 2023 yilgi Qozog'iston kubogini qo'lga kiritdik.

2023 yil, 15 dekabr - 2023/2024 yilgi mavsumda Pro Xokkey Ligasi chempionatining pley-off bosqichiga muddatidan oldin yo'l oldik.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing