So’nggi yangiliklar

15:24Тайсон Фьюри Александр Усикка ноодатий таклиф берди 0 15:01Дмирий Бивол Саудия Арабистонига етиб борди 0 14:19Мухлислар ташрифи бўйича жорий мавсум рекорди Наманганда янгиланди 0 14:11UFC Нурсултонга: "Тезроқ жароҳатни тузат. Сен учун режамиз бор" 0 13:58Жон Жонс Миочич билан жангдан қанча пул ишлаб олишини очиқлади 0 13:37Нурхон Қурбонова Париж-2024 Паралимпия ўйинларига иккинчи лицензиясини қўлга киритди! 0 13:16"Бургут" хоккей клуби "Ҳумо"нинг менежерини трансфер қилди 0 12:55Хави 2023-2024 йилги мавсумни сарҳисоб қилди 0 12:34Усик ва Фьюри жангдан қанча пул ишлаб олишгани маълум бўлди 0 12:13Жамал Хилл иштирокидаги жанг бекор қилинди 0 11:52Хабиб Нурмагомедов Ислам Махачевнинг машғулот йиғинига қўшилди + ФОТО 0 11:31Суперлига. Бугун 8-тур баҳслари давом эттирилади 0 11:10Рим "Мастерс" турнирида чемпион аниқланди 0 10:49Жаҳон чемпионатининг биринчи кунидан сўнг 107 давлат орасида нечанчи ўриндамиз? 0 10:28Нурсултон Рўзибоев: "Бу ҳақиқий жанг бўлади" 0

05 noy 07:18
Yangiliklar

O'q otish

Bugun merganlarimiz yangi murabbiy qo'l ostida licenzion musobaqani boshlashadi

Bugun Qatarning Doxa shahrida o'q otish sporti bo'yicha Osiyo chempionati start oladi.

Mazkur musobaqa Tokio Olimpiadasiga licenziya beradigan so'nggi turnir ekani sportchilarimiz zimmasiga yana bir masuliyat yuklashi tabiiy. Bugun pnevmatik qurollardan otish bo'yicha bahslar boshlanadi. 

SHuningdek, vakillarimizning musobaqada yuqori natija qayd etishi va Olimpiya o'yinlariga licenziya olishlarini taminlash maqsadida stenddan otish bo'yicha tajribali murabbiy Rustam Yambulatov terma jamoaga jalb etildi.

Rustam Yambulatov asli O'zbekistonda tug'ilgan va shu paytga qadar xorijda faoliyat olib borar edi. Milliy olimpiya qo'mitasi va O'zbekiston o'q otish sporti federaciyasining hamkorlikda olib borgan say-harakatlari bilan tajribali mutaxassis o'z yurtida yana ish boshladi. 

Bugun start oladigan Osiyo chempionatida quyidagi 4 nafar sportchimiz stenddan otish bo'yicha qita g'olibligi va Olimpiada yo'llanmalari uchun kurash olib boradilar: Ruslan Utaganov, Bekzod Abdurahimov, Aleksey Remnev, Abdug'ofur Irsaliev, Demyan Krivov.

Malumot uchun, Rustam Yambulatov 1980 yil Moskvada o'tazkilgan Olimpiya o'yinlarida stenddan o'q otishning trap yo'nalishida kumush medalni qo'lga kiritgan. Jahon chempionatlarida esa 1 ta oltin va 2 ta kumush medalga sazovor bo'lgan.

Reyting: +1   

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing