So’nggi yangiliklar

15:27"Ижтимоий тармоқда кўпроқ пул топдим". Шон О'Мэлли UFCдаги гонорарлардан норози 0 15:05EЧЛ ҳафта футболчисига номзод футболчилар маълум 0 14:44Astana Barysy Grand Slam`га қуръа ташланди. Дзюдочиларимиз иштирокларини кимларга қарши бошлашади? 0 14:39Рим WTA 1000. Осака, Кенин ва бошқаларда ғалаба, Векичда мағлубият, ёмғир сабаб қолдирилган ўйинлар 0 14:18Энтони Смит UFC`нинг таклифини рад этди 0 13:57Анчелотти "Бавария"нинг шикоятларига жавоб қайтарди 0 13:36Лицензион турнир. Жалгасбай ғалаба билан бошлади, Бахшиллоев эса... 0 13:20Қозоқ теннисчиси жорий мавсум WTA 1000 турнирларидаги 12-ғалабасини қўлга киритди. Бу Турдаги тўртинчи натижа! 2 12:59Бироздан сўнг Astana Grand Slam турнирига қуръа ташланади 0 12:38Спортчилар ижтимоий тармоқларда 0 12:17"Реал" — "Бавария" учрашувининг "man of the match" соҳиби маълум. У дубль муаллифи эмас! 0 11:56Рим "Мастерс". Монфис, Шаповалов, Шварцманда мағлубият ҳамда ёмғирли куннинг бошқа натижалари 0 11:35WBC кечаги вазият учун Жермелл Чарлони чемпионлик камаридан маҳрум қилди 0 11:14Элина Аванесян Рим WTA 1000 турнирида матчболдан чиқиб кетди 0 10:53Райан Гарсиянинг допинг билан боғлиқ вазиятида муҳим янгилик! 0

16 apr 08:51
Yangiliklar

Sport kurashlari

Bugun Osiyo chempionatining so'nggi kuni yana 5 yunon-rum kurashchimizga muxlislik qilamiz

SHu kunlarda Qirg'iz Respublikasi poytaxti Bishkek shahri sport kurashlari bo'yicha Osiyo chempionatiga mezbonlik qilmoqda.

Bugun qita chempionatining so'nggi kuni yunon-rum kurashi bo'yicha yana 5 ta vazn toifasida g'olib va sovrindorlar nomi malum bo'ladi. Kechagi kungi bellashuvlarda klassiklarimizdan Doniyorxon Nakibov (-77 kg) va Rahimjon Uzoqov (-87 kg) bronza medallarini qo'lga kiritishdi. Bronza medali uchun gilamga chiqqan Jasurbek Ortiqboev (-55 kg) va Islomjon Rahmatov (-130 kg) raqiblariga imkoniyatni boy berishdi.  

Bugun Bishkek gilamlarida Ilhom Bahromov (-60 kg), SHermuhammad SHaribjonov (-67 kg), Abdullo Aliev (-72 kg), Muhammadqodir Rasulov (-82 kg) va Abduqodir Jalilov (-97 kg) Osiyo chempionati medallari uchun kurashishadi. 

Besh kunlik bellashuvlar yakuniga ko'ra hali sport kurashlari terma jamoamizda oltin medal yo'q. Erkin kurashchilarimiz 2 ta kumush, 1 ta bronza medalini qo'lga kiritishgan bo'lsa, yunon-rum kurashchilarimiz kecha 2 ta bronza medalini terma jamoamizga taqdim etishdi. Ayollar kurashi vakilalalari esa O'zbekistonga quruq qo'l bilan qaytishdi.  


Bugun kurashadigan klassiklarimiz uchun qura natijalari:   

-60 kg: 1/8 final. Ilhom Bahromov - Xyok Song (KXDR)/Ali Abbas Albidxan (Iroq)

-67 kg: Kvalifikaciya raundi. SHermuhammad SHaribjonov - Man Gvang Son (KXDR)

-72 kg: 1/4 final. Abdullo Aliev - Begmirat Nobatov (Turkmaniston)

-82 kg: 1/4 final. Muhammadqodir Rasulov - Sultan Ali Mohd Eyd (Iordaniya)/Evgeniy Polivadov (Qozog'iston)

-97 kg: Kvalifikaciya raundi. Abduqodir Jalilov - Badamdorj Baltmunh (Mo'g'uliston)

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing