So’nggi yangiliklar

21:57Диёра Келдиёрова Жаҳон чемпионати шоҳсупасида! ФОТОГАЛЕРЕЯ 0 20:31"Мерседес" "Запорожец"ни чангида қолдириб кетди — футбол мураббийи бўлишдан бошқа ҳамма ишни қилишга рози банк мутахассиси ғолиб бўлган Европа чемпионатини ёдга оламиз 0 20:10"Реваншни сабрсизлик билан кутаман" - Собиқ UFC чемпиони Фьюри-Усик жанги ҳақида гапирди 0 18:49Райан Гарсия Усикнинг ғалабасига муносабат билдирди 0 18:28Жаҳон чемпионатининг жамоавий баҳсларига қуръа ташланди 0 18:07Жозе Моуринью ишга қайтишга яқин. У янги жамоаси билан деярли келишувга эришди 0 17:46Усик ва Фьюри жанг натижаси эълон қилиниши олдидан нима ҳақида суҳбатлашгани маълум бўлди 0 17:25Ига Свёнтек бир мавсумда Рим ва Мадридда чемпион бўлган учинчи теннисчи 0 17:04Диёра Келдиёрова жаҳон чемпионати финалида + ФОТОГАЛЕРЕЯ 0 16:43Пеп Гвардиола "Манчестер Сити"даги келажаги ҳақидаги саволга жавоб берди 0 16:22Макгрегор: "Усик Фьюрига яна имкон бериши ёки Жошуа билан жанг қилиши керак" 0 16:01Бугун академик эшкак эшувчиларимиз сўнгги лицензион турнирда старт олишади 0 15:40Йўғе? Усик икки ҳафтадан кейин мутлақ жаҳон чемпиони мақомини йўқотади 0 15:19Биласизми? Одил Аҳмедов ўз вақтида катта пуллар эвазига ҳам "Бунёдкор"га ўтишни хоҳламаган 0 14:58Афсонавий Леннокс Льюис Александр Усикка мурожаат қилди 0

27 dek 07:01
Yangiliklar

SHaxmat

Bugun rapid bahslari davom ettiriladi. SHaxmatchilarimizning 6-turdagi raqiblari bilan tanishing

Bugun Samarqand shahri mezbonlik qilayotgan shaxmatning rapid va blic yo'nalishlari bo'yicha jahon chempionatida ikkinchi kungi bahslar o'tkaziladi.

Umumiy mukofot jamg'armasi bir million AQSH dollarini tashkil qiluvchi musobaqaning ikkinchi kuni erkaklar o'rtasida 4 ta tur uchrashuvlari o'tkaziladi. Amaldagi jahon chempioni Magnus Karlsen kechagi kun natijalariga ko'ra 5 imkoniyatdan 4,5 ochko jamg'arib, turnir jadvalida qo'shimcha ko'rsatkichlarga ko'ra peshqadamlik qilmoqda. 

Hindistonlikar Arjun Ergaisi, Vidit Santosh, xitoylik YU Yang Yi va bolgariyalik Ivan CHeparinov hisobida ham 4,5 tadan ochko bor. Bugun 6-turda Magnus Karlsen birinchi doskada qora donalarda Viditga qarshi bahs olib boradi. Ikkinchi doskada Arjun va YU Yang Yi to'qnash keladi.   

Hamyurtlarimiz orasidan hozircha eng yaxshi natijaga Nodirbek Yakubboev ega bo'lib turibdi. U 3,5 ochko bilan qo'shimcha koeficentlarga ko'ra 31-pog'onadan joy olgan. Bugun Yakubboev 6-turni oq donalarda hindistonlik Nihal Saringa qarshi o'tkazadi. Besh imkoniyatdan 3 ochko to'plagan Nodirbek Abdusattorov 6-turda qora donalarda belgiyalik Daniel Darda bilan hisob-kitob qiladi.    


Rapid yo'nalishi. 6-tur. O'zbekistonlik shaxmatchilarning raqiblari:

Vidit Santosh (Hindiston, 2691) - Magnus Karlsen (Norvegiya, 2818) 

Nodirbek Yakubboev (O'zbekiston, 2564) - Nihal Sarin (Hindiston, 2667) 

Daniel Darda (Belgiya, 2543) - Nodirbek Abdusattorov (O'zbekiston, 2727) 

Anish Giri (Niderlandiya, 2698) - Jahongir Vohidov (O'zbekiston, 2527) 

SHamsiddin Vohidov (O'zbekiston, 2527) - Parham Maqsudlu (Eron, 2644) 

Javohir Sindarov (O'zbekiston, 2625) - Yakub Kosakovski (Polsha, 2472)

Aleksey Dreev (FIDE, 2557) - Ortiq Nig'matov (O'zbekiston, 2398)

Rudik Makaryan (FIDE, 2493) - Muhammadali Abdurahmonov (O'zbekiston, 2236)  

Sumiya Bilguun (Mo'g'uliston, 2474) - Humoyun Begmuratov (O'zbekiston, 2195) 

Abdumalik Abdusalimov (O'zbekiston, 2330) - Hans Niemann (AQSH, 2606) 

Anton Demchenko (Sloveniya, 2538) - Bobur Sattorov (O'zbekiston, 2333) 

Asrorjon Omonov (O'zbekiston, 2005) - Yens Xirneyse (Germaniya, 2436)

Sergey Sklokin (FIDE, 1946) - Muhiddin Madaminov (O'zbekiston, 2415) 

Jamshid Mustafoev (O'zbekiston, 2313) - Baadur Jobava (Gruziya, 2671)

Velimir Ivich (Serbiya, 2509) - Muhammadzohid Suyarov (O'zbekiston, 2300) 

Saidakbar Saydaliev (O'zbekiston, 2316) - Anton Smirnov (Avstraliya, 2486)

Sinisha Drazich (Serbiya, 2412) - Almas Rahmatullaev (O'zbekiston, 2251) 

Rodrigo Vaskes (CHili, 2582) - Bahrom Bahrillaev (O'zbekiston, 2196)

Van Forest (Niderlandiya, 2484) - Daler Vohidov (O'zbekiston, 2110) 

Akmal Fayzullaev (O'zbekiston, 2293) - Danis Kuandikulu (Qozog'iston, 1755)

Eldiar Orozbaev (Qirg'iziston, 2294) - Ali Kasimov (O'zbekiston, 2114) 

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing