So’nggi yangiliklar

20:28Қозоғистонлик теннис маликаси "Ролан Гаррос" 1/8 финалида ўйнайди 0 20:07Царукян — Махачевга: "Навбат бўйича кейингиси менман, Ислам, қочма!" 0 19:46"Ролан Гаррос". Соболенко Паула Бадосани йўлдан олиб ташлади 0 19:25Роналду икки юлдуз билан музокара олиб бормоқда, улар ким эканлиги маълум 0 19:04Махачевнинг кейинги рақиби ким бўлади? UFC раҳбари жавоб берди 0 18:43Элина Свитолина "Ролан Гаррос" 1/8 финалида 0 18:22Дмитрий Бивол 2018 йилдан бери илк бор муддатидан олдин ғалаба қозонди 0 18:01Бунақаси "Реал" билан фақатгина 1932 йилда содир бўлганди 0 17:40"Ролан Гаррос". Даниил Медведевнинг юриши давом этмоқда 0 17:19Дюбуа энди Энтони Жошуага қарши жанг қилмоқчи 0 16:58Каспер Рууд "Ролан Гаррос" 1/8 финалига йўл олди 0 16:37Расман: Жозе Моуринью — "Фенербахче" бош мураббийи! 0 16:26Уч таэквондочимиз Ҳарбийлар ўртасида жаҳон чемпиони, яна тўрт нафари совриндор! 0 16:16Александр Шлеменко Кертисни муддатидан олдин мағлуб этди 0 15:55Бивол сўнгги 6 йилликдаги илк нокаути ҳақида: "Кучим йўқ бўлиб қолмаганини билардим" 0

22 mar 15:34
Yangiliklar

Boshqalar

Bugun "Sport klub" ko'rsatuvining birinchi soni jonli efirda namoyish etiladi

Teglar :  MTRKSport klub
Bundan bir necha kun oldin O'zbekiston Milliy olimpiya qo'mitasi hamda Jismoniy tarbiya va sport vazirligi O'zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi bilan hamkorlikni yangi bosqichga ko'tarish borasida kelishuvga erishgani haqida xabar qilgandik.

Uchrashuvda Milliy olimpiya qo'mitasi Prezidenti Umid Ahmadjonov, Jismoniy tarbiya va sport vaziri SHoakram Isroilov va O'zMTRK raisi Alisher Xodjaevlar "Sport" telekanali orqali yangi onlayn dastur tashkil qilish masalasini ham muhokama qilgandilar.

Ana shu kelishuv samarasi o'laroq, bugun "Sport" telekanalida maxsus "Sport klub" dasturining birinchi soni efirga uzatiladi. Unda Milliy olimpiya qo'mitasi hamda Jismoniy tarbiya va sport vazirligi mutasaddilari, yurtimizdagi etakchi sport federaciyalar rahbarlari, o'zbek sportining yorqin yulduzlari jonli efirda muxlislar savollariga javob qaytaradilar.

Respublikamiz Prezidentining u yoki bu sohaga masul bo'lgan rahbarlar xalq oldida hisob berishi lozimligi, fuqarolarimiz bilan muloqot qilishi va ularning savollariga aniq-tiniq javob qaytarishi yuzasidan bergan ko'rsatmalariga asosan, bugundan etiboran sport sohasi uchun ham alohida onlayn dastur tashkil etilmoqda.

Bugun soat 19:00da "Sport" telekanalida boshlanadigan ko'rsatuvda muxlislar jonli efirda o'zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishlari mumkin bo'ladi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing