So’nggi yangiliklar

15:24Тайсон Фьюри Александр Усикка ноодатий таклиф берди 0 15:01Дмирий Бивол Саудия Арабистонига етиб борди 0 14:19Мухлислар ташрифи бўйича жорий мавсум рекорди Наманганда янгиланди 0 14:11UFC Нурсултонга: "Тезроқ жароҳатни тузат. Сен учун режамиз бор" 0 13:58Жон Жонс Миочич билан жангдан қанча пул ишлаб олишини очиқлади 0 13:37Нурхон Қурбонова Париж-2024 Паралимпия ўйинларига иккинчи лицензиясини қўлга киритди! 0 13:16"Бургут" хоккей клуби "Ҳумо"нинг менежерини трансфер қилди 0 12:55Хави 2023-2024 йилги мавсумни сарҳисоб қилди 0 12:34Усик ва Фьюри жангдан қанча пул ишлаб олишгани маълум бўлди 0 12:13Жамал Хилл иштирокидаги жанг бекор қилинди 0 11:52Хабиб Нурмагомедов Ислам Махачевнинг машғулот йиғинига қўшилди + ФОТО 0 11:31Суперлига. Бугун 8-тур баҳслари давом эттирилади 0 11:10Рим "Мастерс" турнирида чемпион аниқланди 0 10:49Жаҳон чемпионатининг биринчи кунидан сўнг 107 давлат орасида нечанчи ўриндамиз? 0 10:28Нурсултон Рўзибоев: "Бу ҳақиқий жанг бўлади" 0

15 iyu 16:53
Yangiliklar

Suv sporti turlari

Bugun Yaponiyadagi jahon chempionatida yana ikki sportchimiz startga chiqdi + FOTO

Yaponiyaning Fukuoka shahri mezbonlik qilayotgan suv sporti turlari bo'yicha kattalar o'rtasidagi jahon chempionatida bugun ikki hamyurtimiz o'z imkoniyatini sinovdan o'tkazdi.

Ular ochiq suvda suzish bo'yicha xotin-qizlar o'rtasida 10 kilometr masofaga o'tkazilgan musobaqada ishtirok etishdi.

Avvalo shuni takidlash kerak-ki, musobaqa kutilganidek o'ta murosasiz ruxda kechdi. Unda kelasi yilgi Parij Olimpiadasiga yo'llanmalarning ham o'ynalganligi raqobat muhitini yanada oshirdi. 

Ikki soatdan ziyod vaqt davom etgan musobaqa yakuniga ko'ra hamyurtlarimizdan Anastasiya Zelinskaya 50-natijani qayd etdi.  

“Umuman olganda, shogirdlarimning ishtirokidan ko'nglim to'ldi. Sababi ular birinchi marotaba Jahon chempionatida startga chiqishdi. Qizlarimiz o'tgan yili Samarqand shahrida tashkil etilgan Osiyo chempionatida qayd etgan natijalarini takrorlashdi. Bu safar ular jahon chempionatida startga chiqqanliklari va o'z-o'zidan raqobat muhiti ancha kuchli bo'lgan musobaqada ishtirok etganliklarini inobatga olsak, natija yomon emas. Agarda Samarqandda o'tgan Osiyo chempionatida ularda biroz xayajon sezilgan bo'lsa, bu safar shogirdlarim ancha ishonch bilan musobaqada qatnashishdi. Biz keyingi startlarda natijalarimizni yanada yaxshilab borishga astoydil harakat qilamiz. Men shogirdlarimga ishonaman va ular bilan doimo faxrlanaman”, - deydi O'zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi Saida Iskandarova.

Bevosita endi xotin-qizlar o'rtasida 10 kilometr masofaga o'tkazilgan musobaqa yakunlariga to'xtaladigan bo'lsak, belgilangan masofani 2:02:34.00 natija bilan suzib o'tgan germaniyalik sportchi oltin medalga sazovor bo'ldi. Kumush medal Avstraliya vakilasiga nasib qilgan bo'lsa (2:02:38.10), kuchli uchlikka AQSH terma jamoasining azosi yakun yasadi (2:02:42.30). 

SHu o'rinda takidlash joizki, mazkur musobaqada 1-6 o'rinlarni band etgan sportchilar “Parij-2024” o'yinlariga licenziyalarni ham qo'lga kiritishdi. 

Malumot uchun, 16 iyul kuni 10 kilometr masofaga erkaklar o'rtasida musobaqa o'tkaziladi. Unda Vatanimiz sharafini Nikita Kornilov himoya qiladi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing