So’nggi yangiliklar

19:27Тошкентдаги лицензион турнирда Париж-2024 йўлланмалари эронлик спортчиларники бўлди 0 19:06«Гилберт Бёрнс билан ҳали «гаплашамиз» - Нурсултон Рўзибоев 0 18:45Гаттузо Саудия Арабистони жамоасини бошқариши мумкин 0 18:24Эронда спорт тадбирлари бекор қилинди 0 18:01Нурсултон Рўзибоев: «Битта ғалабадан кейин Баклига «вызов» ташлайман 0 17:38Александр Зверев Борис Беккердан ўтиб кетди 0 17:17"Жирона" "Ливерпуль" юлдузини сафига қўшиб олмоқчи 0 16:55Нурсултон Рўзибоев: «Ўзимнинг хатом билан рақиб курашга кирди» 0 16:32"Фьюри тўққизинчи раундда туриб бера олганидан ҳайрон қолдим" - Кличко 0 16:10Нурсултон Рўзибоев нима учун қисқа вақт орасида жангни қабул қилганини айтди 0 15:47Forbes. Роналду – энг сердаромад спортчи, Месси эса... 0 15:24Тайсон Фьюри Александр Усикка ноодатий таклиф берди 0 15:01Дмирий Бивол Саудия Арабистонига етиб борди 0 14:19Мухлислар ташрифи бўйича жорий мавсум рекорди Наманганда янгиланди 0 14:11UFC Нурсултонга: "Тезроқ жароҳатни тузат. Сен учун режамиз бор" 0

10 jan 21:37
Yangiliklar

Boks/MMA, Qiziqarli!

Bundan yaxshiroq nima bo'lishi mumkin? Tez orada Dana Uaytning orzusi amalga oshadi

UFC prezidenti Dana Uayt og'ir vazn etakchilari Frensis Ngannu va Siril Gan o'rtasida jang o'tkazilishini xohlardi.

«Daxshat» va «Yaxshi yigit» tayyor. Toshkent vaqti bilan 22 yanvardan 23 yanvarga o'tar kechasi Anaxaym (Kaliforniya, AQSH) shahridagi "Honda Center" arenasida UFC 270 turniri bo'lib o'tadi. Og'ir vazn toifasi chempioni Frensis Ngannu va vaqtinchalik chempion Siril Gan asosiy jangda to'qnashadi. Bu 2022 yilda eng kutilgan janglardan biridir. Ammo asosiy karddan tashqari, etiborga arziydigan boshqa janglar ham bor.


Ngannu va Gan o'rtasidagi jang qachon bo'ladi? 

Jang 23 yanvar kuni Toshkent vaqti bilan soat 9:30 dan keyin boshlanadi. Dastlabki karddagi janglarning boshlanishi Toshkent vaqti bilan 4:00 ga belgilangan.

Turnirda og'ir vazn toifasidagi chempionlik jangidan tashqari boshqa ko'plab qiziqarli janglar ham bo'lib o'tadi. Engil vazn toifasi chempioni Brendon Moreno va sobiq chempion Deyvison Figeyredo uchinchi bor to'qnash kelishadi. O'tgan safar meksikalik sportchi braziliyalikdan kamarni olib qo'ygan va endi chempionlikni qaytarishni istamoqda.

Yarim engil vazn toifasida 13-o'rinni egallab turgan rossiyalik Movsar Evloev engilmas gruziyalik - Iliya Topuriyaga qarshi oktagonga chiqadi. Oqshomda jang qiladigan rossiyaliklar sportchilar ro'yxati bitta Evloev bilan cheklanib qolmaydi. U bilan birga asosiy kardda Aleksey Oleynik va Said Nurmagomedov ham ishtirok etadi. Oleynik rekordi 7-4 bo'lgan Greg Xardi bilan to'qnash keladi. Nurmagomedov esa Aljemeyn Sterling va Merab Dvalishvili bilan janglarda tajribaga ega bo'lgan Kodi Stamanga qarshi jang o'tkazadi.


UFC 270 turnirining asosiy kardi

Frensis Ngannu – Siril Gan

Brendon Moreno – Deyvison Figeyredu

Movsar Evloev – Iliya Topuriya

Greg Xardi – Aleksey Oleynik

Kodi Stamin – Said Nurmagomedov


Dastlabki kard  

Rodolfu Vieyra – Vellington Turman

Toni Greyvli – Saymon Oliveyra

Poliana Botelo – Ji Yon Kim

Raoni Barselos – Trevor Djayls

Mett Frevola – Jenaro Valdes

Kay Xansen – Jasmin Yasudavichus


Bu raqib Ngannuning zarbalaridan qochib qutula oladimi? 

Frensis Ngannu beshta jangdan buyon nokautli seriya qayd etmoqda. U birinchi yoki ikkinchi raundning dastlabki daqiqalaridayoq raqiblarini yanchib tashladi. Kamerunlik jangchi bu muvaffaqiyatga "Xtreme Couture" sport zalida erishdi va uni Parij ko'chalaridan olib ketib shu darajaga olib chiqqan murabbiyi Fernand Lopes bilan xayrlashdi. Lopesning ketishi shu qadar shov-shuvli bo'ldiki, mojaro haligacha barham topgani yo'q.

SHunga qaramay, Frensis o'zining zarba kuchiga qattiq ishonadi. Biroq, «Daxshat»ning nokaut zarbasidan boshqa taklif qiladigan hech narsasi yo'q, chunki u butun jang davomida etarlicha yaxshi harakat qilmaydi, u birinchi jangda Stip Miochich va hatto Derrik Lyuisga yutqazdi. SHu nuqtai nazardan qaraganda, Lopesning ketishi tushunarli.

SHu bilan birga, kamerunlik yangi sport zalida oldingidek o'z mushtiga tayanib, na kurash, na kardio bilan shug'ullanmaydi. O'tgan janglarda u universal harakatga ega bo'lmagan jangchilarni uchratdi (Rozenstrayk, Blades, dos Santos, Velaskez). Gan – bu yangi daraja, Frensis hali bunday qarshilikka duch kelmagan. SHuning uchun, Ngannu ko'p narsalarni tartibga solishi kerak, aks holda u kamarini yo'qotadi va ehtimol, Tayson Fyurini endi qiziqtirmaydi.


Gan Ngannuning takomillashtirilgan variantimi? 

Siril Gan ham Fernand Lopesning tarafida. Lopes bir vaqtlar Ganning Ngannu bilan sparring o'tkazganini aytdi.

Bundan tashqari, uning so'zlariga ko'ra, Gan kamerunlikning jigariga tizza bilan zarba bergan. Hox ishoning xoh ishonmang, Siril - Ngannuning ilg'or talqinidir. Francuz nafaqat kuchli zarba beradi, balki o'rta vazn toifasidagilar kabi oyoqlarida ham oson harakat qiladi. Ikki yil ichida Siril dos Santos, Rozenstrayk, Volkov va Lyuisni mag'lub etib, divizionning eng yuqori pog'onasiga ko'tarildi.

Gan - serqirra jangchi. Uning bazasi kikboks, raqiblarini nafaqat qo'llari, balki oyoqlari bilan ham o'qqa tutadi. Bundan tashqari, Siril kurashga murojaat qilib teykdaunlar amalga oshiradi. U mukammal chidamlilikka ega. Rosenstrike va Volkov bilan to'liq besh raundlik janglarda buni isbotlagan.

Siril va Frensis o'rtasidagi asosiy farq - bu intizom, yani mehnatsevarlik. Malumki, «Daxshat» Lopesni ko'pincha tinglamagan, o'z jang rejasini bajarmagan va faqat instinktlariga tayangan. Siril esa murabbiyning g'oyalarini qatiyat bilan amalga oshiradi. Ganning mashaqqatli mehnati va o'z ishiga fidoyiligi tufayli UFC'da ikki yil ichida kamarga erishgan bo'lsa, ajabmas. 

Jang uchun ekspertlar taxmini

Bu og'ir vazn. Bu erda hamma narsani bir zarba bilan hal qilish mumkin. Ikkala jangchining ham mushtlarida dinamit bor. Ammo, agar Ngannu faqat zarba berish kuchiga tayansa, Gan hali ham o'z texnikasi bilan ajablantirishi mumkin. Francuzning jangovar IQ darajasi yuqori, chunki uning barcha holatlar uchun bir nechta rejalari bor. Biroq, g'olibni oldindan aytish juda qiyin. Aleksandr Volkov yaqinda bergan intervyusida bu haqda gapirdi.

«Ehtimol, 50/50. Aytaylik, Ngannu aslida oktagonga juda ishonchli chiqadi va raqiblarini mag'lub etadi. Agar u tezlikni oshirib, raqibiga zarba bera olsa, raqibining qochadigan joyi qolmaydi. Ammo, Gan hujumlardan qochishni juda yaxshi biladi, yani uni ushlash, urish qiyin. SHu nuqtai nazar bilan aytishimiz mumkinki, ularning ikkalasi ham ajoyib zarbaga ega. Ganning ustunlik tomoni shundaki, uni Ngannu bilan birga ishlagan mutaxassis tayyorlagan. SHunday qilib, bu qiziqarli hikoya. Men bu jangni zavq bilan tomosha qilaman» - dedi Volkov.

UFC prezidenti Dana Uayt bu jang uchun taxmin bildirmadi, biroq uning uchun bu 2022 yildagi eng kutilgan jang ekanligini takidladi 

«Ayni damda men Siril Gan va Frensis Ngannu o'rtasidagi jangni intiqlik bilan kutyapman. Og'ir vaznda o'z kareralarining cho'qqisida turgan ikki jangchi uchrashuvi. Ulardan biri oyoqda ajoyib ishlaydi, ikkinchisi buzg'unchi zarbaga ega. Bundan yaxshiroq nima bo'lishi mumkin?» - dedi Uayt.


Frensis Ngannu - Kiril Gan jangi natijalari 

Frensis Ngannu va Siril Gan o'rtasidagi jang natijasi agar jang ertaroq yakunlanmasa, 5 raunddan keyin malum bo'ladi. Gan so'nggi beshta jangdan uchtasini to'liq davom ettirgan. Ngannu esa oxirgi beshta jangning barchasini birinchi yoki ikkinchi raundda yakunladi. Demak, jang muddatidan avval yakunlanishini kutishga haqlimiz. Kutishga ko'p vaqt kerak bo'lmaydi, «Daxshat» va «Yaxshi yigit» allaqachon o'z mahoratlarini namoyish etishga tayyor, yani Dana Uaytning orzusi ro'yobga chiqish arafasida.


Sarvinoz RAXMONQULOVA tarjimasi.

Reyting: +5   

Fikrlar

+1   
11 jan 00:17:50
Ayubkhon Mukhammadjonov
Ngannuni kordikki oyoq zarbalarini oxirgi jangida faqat kuchli zarbasiga tayangan db yerga urvoripsila
+1   
10 jan 23:46:35
Mironsho_Jabborov
Ngannou osonlikcha kamarini berib qoymasa keragov
+1   
10 jan 23:28:50
Muxammadrasul Muxammadjonov
Ha Ngannu yaxsh ishlayapti har tomonlama omad
+1   
10 jan 22:22:32
Vista 1981
Umuman xato taxlil Ngannu Steppi Miochich bilan 2-jangda ancha òsganini kòrsatdi, parterda xam yaxshi ishladi.
   
11 jan 16:56:59
Омад Нгануга ифлос франзусни янчиб ташла
   
11 jan 09:23:01
Ashuroff Soxib
Nima bolishini etimi ngannu 1 raundda uxlatadi ganni
Kim 200$ Dan garov oynidi
   
10 jan 23:20:44
CHELSEA2211
Yangi chempion koʻramiz degan umiddamiz... Gan omad...
-1   
11 jan 09:07:13
ISHONCH
Нганну димоғдор, Ган камтарин йигит экан.
< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing