So’nggi yangiliklar

14:11UFC Нурсултонга: "Тезроқ жароҳатни тузат. Сен учун режамиз бор" 0 13:58Жон Жонс Миочич билан жангдан қанча пул ишлаб олишини очиқлади 0 13:37Нурхон Қурбонова Париж-2024 Паралимпия ўйинларига иккинчи лицензиясини қўлга киритди! 0 13:16"Бургут" хоккей клуби "Ҳумо"нинг менежерини трансфер қилди 0 12:55Хави 2023-2024 йилги мавсумни сарҳисоб қилди 0 12:34Усик ва Фьюри жангдан қанча пул ишлаб олишгани маълум бўлди 0 12:13Жамал Хилл иштирокидаги жанг бекор қилинди 0 11:52Хабиб Нурмагомедов Ислам Махачевнинг машғулот йиғинига қўшилди + ФОТО 0 11:31Суперлига. Бугун 8-тур баҳслари давом эттирилади 0 11:10Рим "Мастерс" турнирида чемпион аниқланди 0 10:49Жаҳон чемпионатининг биринчи кунидан сўнг 107 давлат орасида нечанчи ўриндамиз? 0 10:28Нурсултон Рўзибоев: "Бу ҳақиқий жанг бўлади" 0 10:07"Барселона" Испания Суперкубоги 1/2 финалида "Атлетик" билан ўйнайди, "Реал" эса... 0 09:46Гусков Энтони Смит билан жанг қиладими? Богданнинг ўзи бунга ойдинлик киритди 0 09:25"Бургут" жамоаси Ўзбекистон хоккейи ёш юлдузини ўз сафига қўшиб олди 0

12 mar 14:43
Yangiliklar

Boks/MMA, Qiziqarli!

Buni ko'rish kerak: Boks tarixidagi eng tezkor nokautlar + VIDEO

Butun boks tarixida muxlislar ko'plab qizqarli nokautlarni guvohi bo'lishgan.

Hozir boks tarixidagi beshta eng tezkor nokaut bilan yakunlangan janglar bilan tanishtirib o'tamiz.

5-o'rin. Bu o'ringa biryo'la ikkita jangni kiritamiz. Dastlab birinchi jang haqida: o'rta engil vazn toifasi WBO kamari sohibi Nasim Xamed 1996 yilning 16 martda Said Lavalga qarshi ringga chiqadi. CHempionlik uchun kechgan bahsining 35-soniyasida Xamed raqibiga daxshatli o'ng qo'l zarbasini yuboradi. SHu tariqa, Laval ringga ag'dariladi. Bu g'alaba Nasim uchun birinchi himoya jangi edi. 


Ikkinchi jang: Bu jang ham o'rta engil vazn toifasida o'tkazilgan bo'lib, WBC kamari sohibi tailandlik Pongsaklek Vondjongkam Daysuke Naytoga qarshi ringga ko'tariladi. Jang 2002 yilning 19 aprelida tashkil qilingan. Bahsning boshidayoq Nayto raqibiga nisbatan ishonchsiz harakat qiladi. Buning natijasida dastlabki raundning 35-soniyasida chap qo'l zarbasini o'tkazib yuborib, nokautga uchraydi. 


4-o'rin. 1996 yilning 27 yanvarida tashkil qilingan jangda Bernard Xopkins Stiv Frankga qarshi jang olib boradi. Bu jangda Xopkins birinchi marta o'rta vazn IBF kamarini himoya qilishi lozim edi. Jangning boshida Bernard raqibiga ikkilik zarbasini yo'llab qiyin ahvolga solib qo'yadi, shundan so'ng Frank yana ikkita juda kuchli zarbalarni o'tkazib yuboradi, shu tariqa, jangning 24-soniyasida Stiv Frank yiqiladi. 


3-o'rin. O'rta vazn toifasida WBC kamari sohibi Jerald Makklellan o'zining birinchi himoya jangini 1993 yilning 6 martida Jey Bellga qarshi o'tkazadi. Jang boshidagi qisqa jep zarbalar almashinuvidan so'ng, Jerald raqibining qorin qismi o'ng tomoniga kuchli zarba yo'llaydi. Bu zarba Bellni nokaut qilishga etarli bo'lib, jangning 20-soniyasida yakunlanishiga sabab bo'ladi.



2-o'rin. 17 soniya! Bu raqam ikkinchi engil vazn toifasi WBO kamari sohibi Daniel Ximenesga raqibi Xarald Gayerni tiz cho'ktirishga etarli bo'lgan. Jang 1994 yilning 3 sentyabrida tashkil qilingan. Puerto-rikolik chempion raqibiga ajoyib o'ng qo'l zarbasini yo'llaydi. Gaer bu zarbadan so'ng, ancha vaqt ringda o'ziga kela olmay qoladi. 



1-o'rin. Professional boks tarixidagi eng tezkor nokaut 2017 yilning 18 noyabr sanasida kuzatilgan. AQSHda tashkil etilgan jangda ikki afrikalik bokschilar engil vazn toifasi WBO kamari sohibi Zolani Tete davogar Siboniso Gonyaga qarshi ringga ko'tariladi. Tete o'zining birinchi hujumidayoq raqibini chuqur nokautga holatiga tushirib qo'yadi. Jang bor yo'g'i 11 soniya davom etgan.

Reyting: +1   

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing