So’nggi yangiliklar

21:57Диёра Келдиёрова Жаҳон чемпионати шоҳсупасида! ФОТОГАЛЕРЕЯ 0 20:31"Мерседес" "Запорожец"ни чангида қолдириб кетди — футбол мураббийи бўлишдан бошқа ҳамма ишни қилишга рози банк мутахассиси ғолиб бўлган Европа чемпионатини ёдга оламиз 0 20:10"Реваншни сабрсизлик билан кутаман" - Собиқ UFC чемпиони Фьюри-Усик жанги ҳақида гапирди 0 18:49Райан Гарсия Усикнинг ғалабасига муносабат билдирди 0 18:28Жаҳон чемпионатининг жамоавий баҳсларига қуръа ташланди 0 18:07Жозе Моуринью ишга қайтишга яқин. У янги жамоаси билан деярли келишувга эришди 0 17:46Усик ва Фьюри жанг натижаси эълон қилиниши олдидан нима ҳақида суҳбатлашгани маълум бўлди 0 17:25Ига Свёнтек бир мавсумда Рим ва Мадридда чемпион бўлган учинчи теннисчи 0 17:04Диёра Келдиёрова жаҳон чемпионати финалида + ФОТОГАЛЕРЕЯ 0 16:43Пеп Гвардиола "Манчестер Сити"даги келажаги ҳақидаги саволга жавоб берди 0 16:22Макгрегор: "Усик Фьюрига яна имкон бериши ёки Жошуа билан жанг қилиши керак" 0 16:01Бугун академик эшкак эшувчиларимиз сўнгги лицензион турнирда старт олишади 0 15:40Йўғе? Усик икки ҳафтадан кейин мутлақ жаҳон чемпиони мақомини йўқотади 0 15:19Биласизми? Одил Аҳмедов ўз вақтида катта пуллар эвазига ҳам "Бунёдкор"га ўтишни хоҳламаган 0 14:58Афсонавий Леннокс Льюис Александр Усикка мурожаат қилди 0

21 avg 18:18
Yangiliklar

Futbol, Fotogalereya

"Bunyodkor" akademiyasining o'quv-mashg'ulot maydonlarida DXX kubogining final bahslari start oldi + FOTOGALEREYA

Teglar :  DXX kubogi
“Bunyodkor” o'quv-mashg'ulot maydonlarida DXX kubogining final bahslari bo'lib o'tmoqda.

2021 va 2022 yillarda respublika yoshlari o'rtasida futbol hamda mini-futbol bo'yicha Davlat xavfsizlik xizmati kubogi musobaqalari o'tkazildi. 

Yoshlar o'rtasida katta qiziqishga sabab bo'layotgan mazkur ommaviy sport tadbirining nufuzi va geografiyasi tobora ortib bormoqda. SHu bois, musobaqani ananaviy tarzda o'tkazib borish va kelgusida qizlar o'rtasida ham mini-futbolni rivojlantirish kabi muhim vazifalar belgilab olingan edi.

Ushbu maqsadda joriy yilda Qoraqalpog'iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida o'g'il bolalar o'rtasida futbol va mini-futbol hamda ilk marotaba qizlar o'rtasida mini-futbol bo'yicha DXX kubogi musobaqalari uch bosqichda o'tkazilmoqda. 

Birinchi bosqich – tuman va shaharlar kesimida aprel-may oylarida o'tkazildi.

Ikkinchi bosqich – Qoraqalpog'iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri miqyosida iyun-iyul oylarida o'tkazildi.

Takidlash lozimki, bu yilgi DXX kubogi musobaqalari respublika bo'yicha 250 ming nafardan ortiq yoshlarni qamrab oldi.

Ikkinchi bosqich yakuni bo'yicha 365 nafar iqtidorli yoshlar aniqlanib, hozirda ularni mahalliy futbol klublarga jalb qilish choralari ko'rilmoqda.

SHuningdek, bu yilgi musobaqalar doirasida respublika bo'yicha 98 ta futbol maydonlari va sport obektlari tamirlandi.

Respublika bosqichi  21-25 avgust kunlari “Bunyodkor” futbol akademiyasi maydonlarida, final o'yini esa 26 avgust kuni “Jar” stadionida o'tkaziladi. Unda 42 ta jamoa g'oliblik uchun kurashadi.

Respublika bosqichida – o'g'il bolalar o'rtasida futbol va mini-futbol bo'yicha g'olib bo'lgan jamoalar mahallasiga mini-futbol maydoni, 2-o'rinni egallagan jamoalar uchun universal sport maydoni (basketbol va voleybol o'yinlari uchun mo'ljallangan), 3-o'rinni egallagan jamoalar mahallasiga “Stritbol” (bir savatli ko'cha basketboli) sport maydoni qurib beriladi. 

Qizlar musobaqasida g'olib va sovrindor bo'lgan jamoalar pul mukofoti bilan taqdirlanadi.

 Bugun erta tongdan mini futbol va futbol bo'yicha bahslar boshlanib ketdi.



Muallif - Alimurod Mamadaminov/olamsport.com

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing