So’nggi yangiliklar

21:57Диёра Келдиёрова Жаҳон чемпионати шоҳсупасида! ФОТОГАЛЕРЕЯ 0 20:31"Мерседес" "Запорожец"ни чангида қолдириб кетди — футбол мураббийи бўлишдан бошқа ҳамма ишни қилишга рози банк мутахассиси ғолиб бўлган Европа чемпионатини ёдга оламиз 0 20:10"Реваншни сабрсизлик билан кутаман" - Собиқ UFC чемпиони Фьюри-Усик жанги ҳақида гапирди 0 18:49Райан Гарсия Усикнинг ғалабасига муносабат билдирди 0 18:28Жаҳон чемпионатининг жамоавий баҳсларига қуръа ташланди 0 18:07Жозе Моуринью ишга қайтишга яқин. У янги жамоаси билан деярли келишувга эришди 0 17:46Усик ва Фьюри жанг натижаси эълон қилиниши олдидан нима ҳақида суҳбатлашгани маълум бўлди 0 17:25Ига Свёнтек бир мавсумда Рим ва Мадридда чемпион бўлган учинчи теннисчи 0 17:04Диёра Келдиёрова жаҳон чемпионати финалида + ФОТОГАЛЕРЕЯ 0 16:43Пеп Гвардиола "Манчестер Сити"даги келажаги ҳақидаги саволга жавоб берди 0 16:22Макгрегор: "Усик Фьюрига яна имкон бериши ёки Жошуа билан жанг қилиши керак" 0 16:01Бугун академик эшкак эшувчиларимиз сўнгги лицензион турнирда старт олишади 0 15:40Йўғе? Усик икки ҳафтадан кейин мутлақ жаҳон чемпиони мақомини йўқотади 0 15:19Биласизми? Одил Аҳмедов ўз вақтида катта пуллар эвазига ҳам "Бунёдкор"га ўтишни хоҳламаган 0 14:58Афсонавий Леннокс Льюис Александр Усикка мурожаат қилди 0

14 may 08:28
Yangiliklar

Kamondan otish

Butunjahon kamondan otish federaciyasi Olimpiya saralash musobaqalari muddatini 2021 yilga ko'chirdi

Butunjahon kamondan otish federaciyasi Tokio-2020 olimpiya saralash musobaqlari muddatini 2021 yilga ko'chirdi

SHu tariqa bu yil Olimpiya o'yinlarida ishtirok etish huquqini beradigan musobaqalar o'tkazilmaydigan bo'ldi.

Saralash turnilarida Tokio-2020 da ishtirok etish huquqini beradigan barcha kvotalar bu o'rinlarni egallagan mamlakatlar federaciyalari ixtiyorida saqlanib qoladi. Milliy federaciyalar Tokio-2020 da ishtirok etadigan sportchilarni o'zlari tanlaydi.

Ayni paytda Olimpiya o'yinlarida ishtirok etish huquqini beradigan 128 ta o'rindan 87 tasi o'z egalarini topgan. Bugungi kunda Paralimpiya o'yinlarida ishtirok etish huquqini beradigan 140 o'rindan 93 tasi taqsimlab bo'lingan. 2020 yilda Olimpiya va Paralimpiya o'yinlarida ishtirok etish huquqini beradigan hech qanday musobaqalar o'tkazilmaydi.

Avval belgilab qo'yilgan barcha saralash musobaqalari 2021 yilga ko'chiriladi. Bu faqat Olimpiya o'yinlari final saralash musobaqalariga taalluqli emas. Bu turnir bevosita Franciya poytaxti – Parijda o'tkaziladigan Hyundai kamondan otish bo'yicha Jahon kubogi bosqichidan avval bo'lib o'tadi. Jamoaviy yo'nalishda o'ynaladigan jahon miqyosdagi licenzion turnir iyun oyida Berlin (Germaniya) shahrida bo'lib o'tishi lozim edi. Tashkilotchilar mazkur musobaqani Jahon kubogi doirasida o'tkazib yuboradigan bo'lishdi.

2021 yil mavsumi musobaqlalari muddatining to'liq ro'yxati koronavirus pandemiyasi chegaralashlari yumshatilganidan keyin elon qilinadi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing