So’nggi yangiliklar

21:57Диёра Келдиёрова Жаҳон чемпионати шоҳсупасида! ФОТОГАЛЕРЕЯ 0 20:31"Мерседес" "Запорожец"ни чангида қолдириб кетди — футбол мураббийи бўлишдан бошқа ҳамма ишни қилишга рози банк мутахассиси ғолиб бўлган Европа чемпионатини ёдга оламиз 0 20:10"Реваншни сабрсизлик билан кутаман" - Собиқ UFC чемпиони Фьюри-Усик жанги ҳақида гапирди 0 18:49Райан Гарсия Усикнинг ғалабасига муносабат билдирди 0 18:28Жаҳон чемпионатининг жамоавий баҳсларига қуръа ташланди 0 18:07Жозе Моуринью ишга қайтишга яқин. У янги жамоаси билан деярли келишувга эришди 0 17:46Усик ва Фьюри жанг натижаси эълон қилиниши олдидан нима ҳақида суҳбатлашгани маълум бўлди 0 17:25Ига Свёнтек бир мавсумда Рим ва Мадридда чемпион бўлган учинчи теннисчи 0 17:04Диёра Келдиёрова жаҳон чемпионати финалида + ФОТОГАЛЕРЕЯ 0 16:43Пеп Гвардиола "Манчестер Сити"даги келажаги ҳақидаги саволга жавоб берди 0 16:22Макгрегор: "Усик Фьюрига яна имкон бериши ёки Жошуа билан жанг қилиши керак" 0 16:01Бугун академик эшкак эшувчиларимиз сўнгги лицензион турнирда старт олишади 0 15:40Йўғе? Усик икки ҳафтадан кейин мутлақ жаҳон чемпиони мақомини йўқотади 0 15:19Биласизми? Одил Аҳмедов ўз вақтида катта пуллар эвазига ҳам "Бунёдкор"га ўтишни хоҳламаган 0 14:58Афсонавий Леннокс Льюис Александр Усикка мурожаат қилди 0

10 mar 11:06
Yangiliklar

Boks/MMA, Taekvondo, Kikboksing, Muaytay

Butunjahon MMA associaciyasi prezidenti: "O'zbekistonda federciya tashkil etish vakolatiga ega emasman"

Teglar :  MMALiO'zbekiston
Kuni kecha ommaviy axborot vositalarida Butunjahon MMA associaciyasi prezidenti Master Lining Toshkentga kelganligi va mamlakatimizda MMA federaciyasi tuzilib, unga ushbu yo'nalish bo'yicha jahon chempioni Sunnat Ilyasov rahbar bo'lganligi to'g'risida xabarlar tarqaldi.

Bu voqelik menga reallikdan biroz uzoqroqdek tuyuldi. SHu bois bunga oydinlik kiritish  maqsadida voqea joyiga  yo'l oldik. Etiborlisi asli janubiy koreyalik bo'lgan nufuzli sport tashkiloti rahbari poytaxtimizga kelgan ekan. Bizning maqsadimizni bilib ochiq yuz bilan rozilik bildirdi.

- Janob Li yurtimizga xush kelibsiz!

- Master Li: Rahmat!


- Kechirasiz, dastlab, biroz vakolatingiz borasidagi savol bilan murojaat qilmoqchiman?

- Master Li: Mayli, har qanday savolingizni beravering.


- Unda aytingchi, Siz O'zbekistonda federaciya tashkil qilib, unga rahbar tayinlash vakolatiga egamisiz?

Master Li: (kulib) Bilasizmi? Men O'zbekistonda federaciya tashkil qilish, unga rahbar tayinlashga xaqli emasman. Bu ichki ishlar sanaladi. SHunchaki, yurtingizda ushbu sport turini rivojlantirish uchun ko'mak berish imkoniyatimiz bor. Qolaversa , Janubiy Koreya va O'zbekiston yaqin hamkor mamlakatlar sanaladi. Bu ikki yurt ajralmas rishtalar bilan bog'langan desam mubolag'a bo'lmasa kerak. SHuning uchun nafaqat sport borasida balki, yurtingizda turizmni rivojlantirish borasida ham o'zimizning biznes rejamiz bor. 20 dan ortiq tadbirkorlarni (ularning aksariyati Xitoy va Janubiy Koreyadan) yurtingiz bilan yaqindan tanishtirib chiqyapman. Hozirdanoq shuni ishonch bilan aytmoqchimanki, ularning O'zbekistonga bo'lgan hurmati oshib bormoqda. SHu bois ular yurtingizga investiciya kiritishni rejalashtrib turibdi. Bir so'z bilan aytganda ulkan rejalar mavjud, buni amalga oshirish uchun harakat qilamiz. 


- Demak, ommaviy axborot vositalarida tarqalgan xabar, yani federaciya tashkil qilinib, unga Sunnat Ilyasovning rahbar bo'lganligi noto'g'ri ekanda?

Sunnat Ilyasov:- Ha, biroz tushunmovchilik bo'lgan. Hozircha, xech qanday rasmiy federaciya ochilgani ham yo'q. Lekin mazkur ishni amalga oshirish harakatidamiz. To'g'ri, rahbarlik lavozimiga munosib ko'rildim. Ammo, O'zbekiston MMA federaciyasiga emas balki, Butunjahon MMA federaciyasining Markaziy Osiyodagi vakili bo'lib tayinlandim. 

- Janob Li, mana O'zbekistondagi safaringizdan  kelib chiqib, yurtimizda MMAning yaqin kelajakdagi rivojini qay xolatda ko'rmoqdasiz?

Master Li: Albatta,biror sport turni rivojlantirish uchun fidoyi insonlarning jonbozligi kerak bo'ladi. Men bu erda shunday insonlarning ko'pligini ko'rib turibman. Sunnat Ilyasovni shulardan biri deb bilaman. Men O'zbekiston bilan 15 yildan buyon tanishman. Bu yurt, uning mehmondo'st xalqi, o'ziga xos urf-odatlari haqida eshitgan edim. Mana endi bularning barini o'z ko'zim bilan ko'rib turibman. Esimda 2003 yil Butunjahon MMA federaciyasining navbatdagi musobaqasida oddiy bir o'zbek o'g'loni barcha raqiblarini mag'lubiyatga uchratib, chempion bo'lgandi. Vaholanki, men Braziliya, Rossiya yoki boshqa yurt vakillari g'olib bo'ladi deb o'ylagandim. Ana shunda O'zbekistonga bo'lgan qiziqishim ortdi. Ko'ryapsizmi, birgina sportchi muvaffaqiyatining  mohiyatini. Endi tasavvur qiling, o'sha vaqtda jahonda necha millionlab insonlar MMA chempionatini kuzatib borishgan. Ularning Sunnat orqali xuddi men kabi, O'zbekistonni taniganligiga shubham yo'q. Endi savolingizga kelsak, o'ylaymanki, yaqin kelajakda MMA O'zbekistonda ham ommaviy sport turlaridan biriga aylanadi.


- Biroz Butunjahon MMA federaciya borasida malumot berib o'tsangiz?

Master Li:- Hozirda Butunjahon MMA federaciyasiga 180 ta mamlakat azo sanaladi. SHtab kvartiramiz Seul shahrida joylashgan. Biz tashkil topganimizda xech qanday UFC, Bellator bo'lmagan. Qolaversa, ular tashkilot ham emas. SHunchaki promoushen xolos! 


- UFC, Bellator haqida gap ochdingiz. Hozirda jahonning eng kuchli jangchilari aynan ushbu yo'nalish musobaqalarida ishtirok etmoqda. Endi aytingchi, sizning tashkilotingizga  azo bo'lgan taniqli sportchilarni sanab o'ta olasizmi?

Master Li: - Albatta, juda ko'p kuchli jangchilarimiz bor, ularning aksariyati hozirda siz sanab o'tgan yo'nalishlarda jang qilayapti. Misol uchun, braziliyalik Akilla, Antonina va Valentina SHevchenko mana Sunnat... Hozir sanasam vaqt etmasa kerak. Bilasizmi, o'sha vaqtlar Janubiy Koreyada Sunnatning maxsus fan klubi ham bor edi.


- Translyaciya haqida nima deya olasiz? 

Master Li: Bizning jang kechalarimiz, turnirlarimiz deyarli tarkibimizga kiruvchi 180 mamlakatning barchasida efirga uzatiladi. Qolaversa, o'zimizning maxsus kanalimiz ham bor!


- Aytingchi, yurtimiz hakamlarining Butunjahon MMA federaciyasi jang kechalarida ishtirok etish imkoniyati qay darajada?

Master Li: - Albatta,imkoniyati bor. Buning uchun faqat o'z ustilarida ishlash zarur!

Sunnat Ilyasov: Bu borada ham o'z rejalarimizga egamiz. Mazkur tashkilotning etakchi mutaxassislari va hakamlari yurtimizga tashrif buyurib, seminarlar o'tkazish ko'zda tutilgan. Qolaversa, o'ziga xos imtihonlar tashkil qilinib, saviyali hakamlarni tarbiyalab boramiz degan umiddamiz!


- Lekin rasman federaciya mavjud emasku?

Sunnat Ilyasov: - To'g'ri, mavjud emas, lekin ushbu tashkilotning vakili sifatida bu ishlarni amalga oshirish imkoniyatiga egaman. Asta-sekin barchasini amalga oshirib boramiz. Vaqti kelib federaciya ham tashkil qilinar. Men bir sportchi sifatida MMAga borimni berganman. Hozir mamlakatimizda ham shu sport turiga qiziqish yuqori, shunday ekan nega uni rivojlantirmasligimiz kerak? Ko'rib turibmiz yurtimizda ham ko'plab MMA yo'nalishidagi klublar faoliyat olib bormoqda. Ajoyib sportchilar etishib chiqayapti. Federaciya esa mana shu sportchilarimizning faoliyatini yanada rivojlantirish, ularning xuquqlarini himoya qilish uchun kerak. Bu borada dastlabki qadamlarimizni tashlaganmiz.


- Dastlabki qadam deganda “Asian Fight”ni nazarda tutmadingizmi?

Sunnat Ilyasov: - Albatta, buni ham nazarda tutdim.


- Lekin bu jang oqshomi ko'plab etirozlarga sabab bo'ldi?

Sunnat Ilyasov: - “Mevali daraxtga tosh otiladi” degan xalqimizning ajoyib naqli bor. O'sha etiroz bildirgan insonlar buni atroflicha kuzatgan. Agar buni ichida bo'lishganida to'g'ri tushunishgan bo'lardi. Buni ilk marotaba o'tkazdik va tabiiyki kamchiliklar bo'ldi. Albatta, bularning barini tahlil qildik, xulosalar chiqardik. Kimga ishonish mumkin, kimga esa yo'q, bunga amin bo'ldik. Bir so'z bilan aytganda, bu biz uchun dars bo'ldi. Lekin bitta aytar gapim bor, bizni tanqid qilganlarning o'zlari shunday musobaqa o'tkaza olishdimi yoki bunday ishga qo'l ura olarmikan degan savol tug'iladi.   Albatta, bu fikrim oddiy muxlislar yoki jurnalistlarga qaratilmagan. Ulardan bazi bir noqulayliklar uchun uzr so'raymiz. Yana shuni takidlab o'tmoqchimanki, shaxsan mening hech kimga xusumatim yo'q. Men uchun amal hech nimani anglatmaydi. Maqsadim, mamlakatimizda shunday sport turini ommaviyligini oshirish, qo'ldan kelgancha yosh sportchilarimizga yordam berish, manfaat esa asosiy narsa emas. Buni shunchaki balandparvoz gapga yo'ymang. Aravani har tomondan tortganimiz bilan biror bir narsaga erisha olmaymiz. Bu dunyo o'tkinchi, amal, mol-davlat ketguvchi, dushmanlikdan nima naf? Keling, birga ishlaylik. Bir musht bo'laylikki, o'zbeklar deganda zir titrasin raqiblar!


- Bu so'zlar aynan kimlarga qaratilgan?

Sunnat Ilyasov: - Biror bir insonga qaratilmagan. Umumiy tarzda aytib o'tdim. SHunday savollarni beryapsizki, xuddi, o'sha tanqidchilardan biriga o'xshaysiz (kuladi). 


- Tanqid kelajak mevasi. Agar tanqid lozim bo'lsa albatta, bu ishni amalga oshiraman. Agar bu sportimiz rivoji uchun xizmat qilsa...

Sunnat Ilyasov: - O'rinli tanqid uchun xursand bo'laman. CHunki, bu bizni yanada to'g'ri yo'nalishda ish olib borishimizga xizmat qiladi. 


- Master Li yurtimizga tashrif buyurib, ko'zlagan maqsadingizga erishdingizmi?

Master Li: - Har ikki mamalakat, yani Janubiy Koreya va O'zbekiston nafaqat sport borasida balki, iqtisod, boringki barcha sohada hamfikr sanaladi. Urf-odatlarimiz ham bir-birimizga yaqin. Dunyoda eng mehmondo'st xalq ham aynan shu ikki millat desam yanglishmagan bo'laman. SHu omillar yurtingizni bevosita o'z ko'zlarim bilan ko'rishga turtki berardi. Ana shunday imkoniyat Sunnat Ilyasovning taklifi bilan amalga oshdi. O'zining ajoyib rejalari bilan o'rtoqlashib, meni nafaqat sport borasidagi balki, turizm va biznes loyihalarda ham har ikki tomon uchun foydali bo'lgan maqsad va vazifalariga ishontira oldi. O'ylaymanki, yaqin vaqtlar mobaynida samarali ishlarga qo'l uramiz va bu albatta, o'z mevasini beradi. Negaki, bu erga kelib, barchasini o'z ko'zim bilan ko'rganim menga katta ishonch berdi.


Ahmad ESHMATOV suxbatlashdi

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing