So’nggi yangiliklar

20:28Қозоғистонлик теннис маликаси "Ролан Гаррос" 1/8 финалида ўйнайди 0 20:07Царукян — Махачевга: "Навбат бўйича кейингиси менман, Ислам, қочма!" 0 19:46"Ролан Гаррос". Соболенко Паула Бадосани йўлдан олиб ташлади 0 19:25Роналду икки юлдуз билан музокара олиб бормоқда, улар ким эканлиги маълум 0 19:04Махачевнинг кейинги рақиби ким бўлади? UFC раҳбари жавоб берди 0 18:43Элина Свитолина "Ролан Гаррос" 1/8 финалида 0 18:22Дмитрий Бивол 2018 йилдан бери илк бор муддатидан олдин ғалаба қозонди 0 18:01Бунақаси "Реал" билан фақатгина 1932 йилда содир бўлганди 0 17:40"Ролан Гаррос". Даниил Медведевнинг юриши давом этмоқда 0 17:19Дюбуа энди Энтони Жошуага қарши жанг қилмоқчи 0 16:58Каспер Рууд "Ролан Гаррос" 1/8 финалига йўл олди 0 16:37Расман: Жозе Моуринью — "Фенербахче" бош мураббийи! 0 16:26Уч таэквондочимиз Ҳарбийлар ўртасида жаҳон чемпиони, яна тўрт нафари совриндор! 0 16:16Александр Шлеменко Кертисни муддатидан олдин мағлуб этди 0 15:55Бивол сўнгги 6 йилликдаги илк нокаути ҳақида: "Кучим йўқ бўлиб қолмаганини билардим" 0

09 avg 07:04
Yangiliklar

Taekvondo

Butunjahon taekvondo federaciyasi rahbari O'zbekiston Milliy olimpiya qo'mitasiga tashrif buyurdi

Xabaringiz bor, ayni kunlarda poytaxtimizda taekvondo bo'yicha kadetlar o'rtasida jahon chempionati bo'lib o'tmoqda.

Ushbu yirik musobaqa ko'plab xalqaro federaciya rahbarlari etiborida ekani shubhasiz. Musobaqa jarayonini va tashkiliy qo'mita ishi bilan yaqindan tanishish uchun jahon taekvondo federaciyasi rahbari CHung Von CHoy ayni kunlarda poytaxitmizda bo'lib turibdi. Martabali mehmon kecha Milliy olimpiya qo'mitasiga tashrif buyurdi. Mehmonni MOQ prezidenti Rustam SHoabdurahmonov kutib oldi. 

Uchrashuv chog'ida Rustam SHoabdurahmonov yurtimizda ommaviy sport rivoji va taekvondoga qaratilayotgan etibor haqida batafsil gapirib berdi.

Sizning tashrifingiz musobaqaning nufuzini yanada ko'tarib berdi. Muhtaram Prezidentimiz SHavkat Miromonovich Mirziyoev yoshlarimizning porloq kelajagi yo'lida 5 ta muhim ustuvor tashabbus ishlab chiqqan bo'lib, ulardan biri aynan sport sohasiga qaratilgan. Unda yoshlarimizning bo'sh vaqtlarini mazmunli o'tkazish, ommaviy sport va jismoniy tarbiya bilan shug'ullanishlari uchun keng imkoniyatlar yaratish g'oyasi ilgari surilgan. Zero, sog'lom avlod kuchli mamlakat poydevoridir. So'nggi 3 yil ichida sport bilan shug'ullanuvchi yoshlarimiz safi sezilarli ko'paydi. Sizning bu tashrifingiz – ulkan bino qurilishiga qo'yilgan tamal toshi. Sizdagi boy tajriba, malaka yordamida taekvondo taraqqiyotini yangi darajaga olib chiqamiz. Qarshi bo'lmasangiz, MOQ, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, federaciyamizdan biriktiriladigan vakillarimiz jahon taekvondo federaciyasining faoliyati bilan tanishib, ushbu sportni rivojlantirish strategiyasini o'rganib qaytishsa”, – dedi Rustam SHoabdurahmonov.

O'z navbatida CHung Von CHoy ham o'z taassurot va rejalari bilan o'rtoqlashdi.

O'zbekistonga beshinchi bor kelishim. Bu galgisi menda umuman o'zgacha taassurot qoldirmoqda. Bilamanki, O'zbekiston Respublikasi Prezidenti muhtaram SHavkat Mirziyoev uzoqni ko'ra oladigan inson va shu o'rinda sportga ham katta etibor qaratmoqda. 2 yil muqaddam kelganimda muhtaram SHavkat Mirziyoev bilan taekvondoning O'zbekistondagi rivoji borasida 1 soatdan oshiq suhbat olib borgan edik. Ushbu sport taraqqiyoti yo'lida O'zbekiston Milliy universitetida (O'zMU) taekvondo fakulteti ochilgan. Ushbu tashrifim davomida fakultet faoliyati bilan yaqindan tanishdim va aytishim mumkinki, yurtingizda taekvondoni bu darajada yoqtirishadi, deb o'ylamagan edim. Ishonamanki, bunday hamkorligimiz bardavom bo'ladi”, – dedi CHung Von CHoy.

SHuningdek, tadbir davomida murabbiy va hakamlar saviyasini oshirish, O'zMUda tashkil etilgan taekvondo fakultetining faoliyatini yanada rivojlantirish kabi istiqbolli rejalar xususida muzokara olib borildi. Uchrashuv yakunida har ikki tomon bir-birlari bilan esdalik sovg'alarini almashishdi.


Suhbatdan so'ng martabali mehmon MOQdagi Olimpiya muzeyida o'zbekistonlik sportchilar Olimpiya o'yinlarida qayd etgan natijalari bilan yaqindan tanishdi.



Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing