So’nggi yangiliklar

00:07Роналду Усик – Фьюри жангига ташриф буюради. Унинг ёнида Жошуа ўтиради 0 23:50Жаҳонгир Жумаев таниқли UFC собиқ жангчисини илк раунддаёқ нокаутга учратди! 0 23:20Жангига Ўзбекистонда тайёрланган Сергей Ковалёв Фьюри-Усик кардида рингга чиқди 0 23:10Тайсон Фьюри Александр Усикга қарши! ОНЛАЙН 0 20:12Моҳигул Ҳамдамова делегациямизга навбатдаги кумуш медални қўшиб қўйди 0 19:51"Реал" "Ливерпуль"нинг 70 млн евролик футболчисини сотиб олиши мумкин 0 19:30Усик Фьюрига: "Қўрқма!" 0 19:09Парижда ўтган Bellator турнирининг марказий жанги ғолибини ҳакамлар аниқлаб беришди 0 18:48Камару Усман Хамзат Чимаев ҳақидаги танқидларга муносабат билдирди 0 18:27"Челси" 17 ёшли футболчи учун 65 млн. евро бермоқчи 0 18:06Исроил Мадримов ва Шаҳрам Ғиёсов машғулотларнинг илк босқичини якунлади, кейинги манзил АҚШ + ФОТО 0 17:45Уч нафар ҳамюртимиз Octagon 58 турнирида жанг қилди 0 17:24Ҳавасбек Асадуллаев Қозоғистон таркибига ўтган терма жамоамиз собиқ боксчиси билан жанг қилди 0 17:03АПЛда "Мавсум футболчиси" соврини ғолиби аниқланди 0 16:42Рэпер Дрейк Тайсон Фьюрининг ғалабасига катта пул тикди 0

11 iyu 13:44
Yangiliklar

Triatlon

Butunjahon triatlon ittifoqi prezidenti Samarqandda o'tgan Osiyo kubogiga tashrif buyurdi

Ayni kunlarda ko'hna Samarqand shahri triatlon bo'yicha Osiyo kubogi bahslariga mezbonlik qilmoqda.

Reglamentga ko'ra, birinchi kun para sporchtilar 750 metrga suzish, 20 kmga velopoyga va 5 kmga yugurish dasturida ishtirok etishdi. Kecha professional atletlar Olimpiya yo'nalishida 1500 metrga suzish, 40 kmga velopoyga va 10 kmga yugurish bo'yicha o'zaro bahs olib bordilar. 

Etiborlisi, dasturni tomosha qilish va musobaqada mehmonlarga yaratilgan sharoitlar bilan tanishish uchun Butunjahon triatlon ittifoqi prezidenti, Xalqaro Olimpiya qo'mitasi azosi Mirasol Kasado Samarqandga tashrif buyurdi. 

G'olib va sovrindorlar:

Umumiy klassifikaciya, erkaklar:

1. Ayan Beysenbaev (Qozog'iston)
2. Richard Varga (Slovakiya)
3. Aleksandr Kurishov (O'zbekiston)

Ayollar:

1. Ivana Kuraichkova (Slovakiya)
2. Tanya Stroshnayder (Avstriya)
3. Makarana Salazar (CHili)

Markaziy Osiyo mintaqasi, erkaklar:

1. Ayan Beysenbaev (Qozog'iston)
2. Aleksandr Kurishov (O'zbekiston)
3. Darin Konisbaev (Qozog'iston)

Ayollar:

1. Alina Hakimova (O'zbekiston)
2. Darya Bichkova (Qozog'iston)

Musobaqaning tantanali taqdirlash marosimida MOQ Bosh kotibi Oybek Kasimov ham ishtirok etdi va sovrinlarni o'z egalariga topshirdi. Bugun turli yosh toifalarida sportchilarimiz mamlakat chempionligi uchun o'zaro bahs olib borishadi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing