So’nggi yangiliklar

15:47Forbes. Роналду – энг сердаромад спортчи, Месси эса... 0 15:24Тайсон Фьюри Александр Усикка ноодатий таклиф берди 0 15:01Дмирий Бивол Саудия Арабистонига етиб борди 0 14:19Мухлислар ташрифи бўйича жорий мавсум рекорди Наманганда янгиланди 0 14:11UFC Нурсултонга: "Тезроқ жароҳатни тузат. Сен учун режамиз бор" 0 13:58Жон Жонс Миочич билан жангдан қанча пул ишлаб олишини очиқлади 0 13:37Нурхон Қурбонова Париж-2024 Паралимпия ўйинларига иккинчи лицензиясини қўлга киритди! 0 13:16"Бургут" хоккей клуби "Ҳумо"нинг менежерини трансфер қилди 0 12:55Хави 2023-2024 йилги мавсумни сарҳисоб қилди 0 12:34Усик ва Фьюри жангдан қанча пул ишлаб олишгани маълум бўлди 0 12:13Жамал Хилл иштирокидаги жанг бекор қилинди 0 11:52Хабиб Нурмагомедов Ислам Махачевнинг машғулот йиғинига қўшилди + ФОТО 0 11:31Суперлига. Бугун 8-тур баҳслари давом эттирилади 0 11:10Рим "Мастерс" турнирида чемпион аниқланди 0 10:49Жаҳон чемпионатининг биринчи кунидан сўнг 107 давлат орасида нечанчи ўриндамиз? 0

17 dek 17:19
Yangiliklar

Suv sporti turlari

Buxoro viloyatining eng chekka tumanida yangi yopiq turdagi suzish havzasi foydalanishga topshirildi

Teglar :  BuxoroSuv sporti
Buxoroda yana bir zamonaviy sport inshooti foydalanishga topshirildi.

Jismoniy tarbiya va sport vaziri Dilmurod Nabiev aholining barcha qatlamlari o'rtasida sportni ommalashtirish, sport bilan shug'ullanish uchun yaratilgan sharoitlar, sport inshootlarida olib borilayotgan qurilish-tamirlash ishlarining sifatini o'rganish maqsadida Buxoro viloyatida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi.

Vazir dastlab Buxoro shahrida Islom Karimov ko'chasi va Ibn Sino ko'chasi kesishmasida 4 ming tomoshabinga mo'ljallab qurilayotgan Universal sport majmuasida amalga oshirilayotgan qurilish ishlari bilan tanishdi. Prezidentimizning 2017 yil 10-11 mart kunlari Buxoro viloyatiga qilgan tashrifi doirasida bergan topshiriqlariga asosan bunyod etilayotgan ushbu sport inshootida 15 dan ortiq sport turi bo'yicha mamlakatimiz va xalqaro miqyosdagi musobaqalarni o'tkazish imkoniyati yaratiladi.

2018 yilda Jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish jamg'armasi mablag'lari hisobidan Buxoro viloyatida beshta sport obekti qurildi.

D.Nabiev dasturga asosan viloyatning eng chekka hududi hisoblangan, Turkmaniston bilan chegaradosh Olot tumanida qurib foydalanishga topshirilayotgan 25x11 m hajmdagi yopiq suzish havzasining tantanali ochilishi marosimida ishtirok etdi.

Tantanali ochilish marosimida so'zga chiqqan Dilmurod Nabiev Prezidentimiz tomonidan respublikamizning eng chekka hududlarida ham sport bilan shug'ullanish uchun zarur shart-sharoitlar yaratish vazifasi topshirilganini takidlab, foydalanishga topshirilayotgan ushbu suzish havzasi kelajakda yoshlarni suzish sport turiga qiziqishlarini orttirib, ularni nufuzli xalqaro sport musobaqalarida ishtirok etishlarida poydevor bo'lib xizmat qilishiga hamda Olot tumani aholisini suzish sport turi orqali sog'lomlashtirishga xizmat qilishi kutilayotganini malum qildi.

Malumot uchun, bugungi kunga qadar Buxoro viloyatida “Yoshlar haftaligi”, “Xotin-qizlar haftaligi”, “Mahalla va nuroniylar haftaligi” va “Talim muassasalari haftaligi” davomida 990 ta sport musobaqalari tashkil etilib, ularda 130 nafardan mingdan ortiq kishilar (shundan 43 ming nafar ayollar) ishtirok etishdi. SHuningdek, sport inshootlari va tashkilotlarda yo'lga qo'yilgan ommaviy badantarbiya mashg'ulotlariga 130 ming nafardan ortiq aholi jalb etildi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing