So’nggi yangiliklar

19:04Махачевнинг кейинги рақиби ким бўлади? UFC раҳбари жавоб берди 0 18:43Элина Свитолина "Ролан Гаррос" 1/8 финалида 0 18:22Дмитрий Бивол 2018 йилдан бери илк бор муддатидан олдин ғалаба қозонди 0 18:01Бунақаси "Реал" билан фақатгина 1932 йилда содир бўлганди 0 17:40"Ролан Гаррос". Даниил Медведевнинг юриши давом этмоқда 0 17:19Дюбуа энди Энтони Жошуага қарши жанг қилмоқчи 0 16:58Каспер Рууд "Ролан Гаррос" 1/8 финалига йўл олди 0 16:37Расман: Жозе Моуринью — "Фенербахче" бош мураббийи! 0 16:26Уч таэквондочимиз Ҳарбийлар ўртасида жаҳон чемпиони, яна тўрт нафари совриндор! 0 16:16Александр Шлеменко Кертисни муддатидан олдин мағлуб этди 0 15:55Бивол сўнгги 6 йилликдаги илк нокаути ҳақида: "Кучим йўқ бўлиб қолмаганини билардим" 0 15:32Ислам Махачев Хабибнинг натижасини такрорлади 0 15:10"Реал" қачон Европа Суперкубоги учун курашади? 0 14:48Шахматчиларимиз Aktobe Open 2024 турнирининг 8-турида қандай натижа қайд этишди? 0 14:24Хабиб Нурмагомедов Тони Крооснинг сўнгги ўйини ҳақида фикр билдирди 0

23 noy 12:18
Yangiliklar

Boks/MMA

Buxoroda Abdumalik Xalakov va uning murabbiyi taqdirlandi

22 noyabr kuni viloyat hokimligida Serbiyadagi jahon chempionati finalchisi Abdumalik Xalakov va uning murabbiyi Davron G'afurovni taqdirlashga bag'ishlangan tadbir bo'lib o'tdi.

Unda viloyat hokimi Botir Zaripov va boshqa mutasaddilar ishtirok etishdi. 

"Barchamiz Jahon chempionatini katta hayajon va qiziqish bilan kuzatib bordik. SHuni alohida mamnuniyat bilan aytib o'tmoqchimanki, bu chempionatda ishtirok etishning o'zi bir sharaf. Nufuzli musobaqada O'zbekiston terma jamoasining asosiy qismi Buxoro viloyatidan ekanligini barchamizni quvontirdi. SHunday ekan, chempionat bellashuvlarida ishtirok etgan barcha sportchilarimizga va ularning ustoz, murabbiylariga alohida minnatdorchilik bildiraman", – dedi viloyat hokimi Botir Zaripov uchrashuvda.

Takidlash lozimki, joriy yilning 5 oktyabr kuni viloyat hokimi buxorolik jahon chempionati ishtirokchilariga oq yo'l tilarkan, chempionat g'olib va sovrindorlari hamda murabbiylar munosib rag'batlantirilishi aytib o'tilgan edi.  SHunga ko'ra, Abdumalik Xalakov va uning murabbiyi Davron G'afurovga pul mukofotlari tantanali tarzda topshirildi. SHuningdek, ularga zarbof to'nlar kiydirilib, yuksak ehtirom ko'rsatildi.

Bokschi va uning murabbiyi ko'rsatilayotgan etibor va g'amxo'rlik uchun o'z minnatdorliklarini izhor qilishdi.

"Jahon chempionatida bunday yuqori natijalarga erishishimda albatta murabbiylarimning hissalari katta. Ayniqsa, bizga ishonch bildirib, shunday sharoitlarni yaratib bergan davlatimiz rahbari hamda hukumatimizga cheksiz minnatdorlik bildiraman. Kelgusida bundan ham yirik musobaqalarda munosib ishtirok etib, yurtimiz bayrog'ini yanada yuqori ko'tarishga so'z beraman", - dedi Abdumalik Xalakov.

Reyting: +1   

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing