So’nggi yangiliklar

13:16"Бургут" хоккей клуби "Ҳумо"нинг менежерини трансфер қилди 0 12:55Хави 2023-2024 йилги мавсумни сарҳисоб қилди 0 12:34Усик ва Фьюри жангдан қанча пул ишлаб олишгани маълум бўлди 0 12:13Жамал Хилл иштирокидаги жанг бекор қилинди 0 11:52Хабиб Нурмагомедов Ислам Махачевнинг машғулот йиғинига қўшилди + ФОТО 0 11:31Суперлига. Бугун 8-тур баҳслари давом эттирилади 0 11:10Рим "Мастерс" турнирида чемпион аниқланди 0 10:49Жаҳон чемпионатининг биринчи кунидан сўнг 107 давлат орасида нечанчи ўриндамиз? 0 10:28Нурсултон Рўзибоев: "Бу ҳақиқий жанг бўлади" 0 10:07"Барселона" Испания Суперкубоги 1/2 финалида "Атлетик" билан ўйнайди, "Реал" эса... 0 09:46Гусков Энтони Смит билан жанг қиладими? Богданнинг ўзи бунга ойдинлик киритди 0 09:25"Бургут" жамоаси Ўзбекистон хоккейи ёш юлдузини ўз сафига қўшиб олди 0 09:04Ричард Торрес профессионал боксдаги 10-жангини ўтказди 0 08:43"Ланс" сўнгги дақиқаларда Европа лигасидан қуруқ қолди 0 08:22Боксчиларимиз "Елорда кубоги"ни битта олтин медаль билан якунлашди 0

06 okt 08:06
Yangiliklar

Tadbirlar

Buxoroda bir guruh o'qituvchi va trenerlar taqdirlandi

5 oktyabr butun dunyo bo'ylab – Xalqaro o'qituvchilar kuni sifatida keng nishonlandi.

Malumot uchun, YUNESKOning 1966 yil 5 oktyabrda Parij shahrida bo'lib o'tgan 14-sessiyasida Xalqaro Mehnat Tashkiloti bilan hamkorlikda O'qituvchilarning maqomi to'g'risida tavsiyanoma qabul qilingan.

SHu munosabat bilan, ushbu sana 1994 yildan beri Xalqaro o'qituvchilar kuni sifatida nishonlab kelinadi. Ushbu kun 100 dan ortiq davlatda keng nishonlanib, o'qituvchilarning insoniyat hayoti va jahon taraqqiyotida tutgan o'rni va ahamiyatini, ularning mehnat sharoitlarini yaxshilash va huquqlarini himoya qilishga etibor qaratish lozimligini eslatib turadi.

Bugungi kunda O'zbekistonda sport sohasida ham sezilarli yutuqlar qo'lga kiritilmoqda. Albatta, bu kabi yutuqlarda trener va murabbiylarning xizmati alohida o'rin tutadi.

Kecha Buxoro viloyati jismoniy tarbiya va sport boshqarmasida viloyatda jismoniy tarbiya va sport rivoji yo'lida xizmat ko'rsatayotgan, yoshlar o'rtasida sog'lom turmush tarzini keng targ'ib qilish, mamlakatimizning xalqaro sport maydonlarida munosib ishtirok etishidagi jonkuyarligi bilan jamoat ishlarida faol ishtirok etib kelayotgan bir guruh soha fidoyilari taqdirlandi.

Tadbirda so'zga chiqqan Buxoro viloyati jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi boshlig'i Ismoil Mirzaev taqdirlangan sport fidoyilarini 1 oktyabr – O'qituvchi va murabbiylar kuni bilan yana bir bor tabriklab, sport sohasida olib borayotgan samarali faoliyati uchun minnatdorlik bildirdi.

SHundan so'ng, O'zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirining buyrug'iga asosan Dilnoza Karimova, Komil To'xtaev, Saloyidin Kadirov, Alibek Sodiqov, Vladislav Popov, Ubayt Mukarramov, Nozima Bozorova, Klara Aminova, Obid Xoliqov, Bekmurod Ro'ziev, Rustam Razakov, Manuchehr Ibragimovlarga “Jismoniy tarbiya va sport alochisi” ko'krak nishonlari tantanali ravishda topshirildi.

Tadbir yakunida Buxoro viloyatida jismoniy tarbiya va sportni yangi bosqichga olib chiqishda trenerlar xizmati alohida etirof etilib, yangidan-yangi istedodli sportchilarni tarbiyalash va aholining keng qatlami orasida sportni ommalashtirish borasida qilinajak ishlarda ularga omad va zafarlar tilandi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing