So’nggi yangiliklar

21:57Диёра Келдиёрова Жаҳон чемпионати шоҳсупасида! ФОТОГАЛЕРЕЯ 0 20:31"Мерседес" "Запорожец"ни чангида қолдириб кетди — футбол мураббийи бўлишдан бошқа ҳамма ишни қилишга рози банк мутахассиси ғолиб бўлган Европа чемпионатини ёдга оламиз 0 20:10"Реваншни сабрсизлик билан кутаман" - Собиқ UFC чемпиони Фьюри-Усик жанги ҳақида гапирди 0 18:49Райан Гарсия Усикнинг ғалабасига муносабат билдирди 0 18:28Жаҳон чемпионатининг жамоавий баҳсларига қуръа ташланди 0 18:07Жозе Моуринью ишга қайтишга яқин. У янги жамоаси билан деярли келишувга эришди 0 17:46Усик ва Фьюри жанг натижаси эълон қилиниши олдидан нима ҳақида суҳбатлашгани маълум бўлди 0 17:25Ига Свёнтек бир мавсумда Рим ва Мадридда чемпион бўлган учинчи теннисчи 0 17:04Диёра Келдиёрова жаҳон чемпионати финалида + ФОТОГАЛЕРЕЯ 0 16:43Пеп Гвардиола "Манчестер Сити"даги келажаги ҳақидаги саволга жавоб берди 0 16:22Макгрегор: "Усик Фьюрига яна имкон бериши ёки Жошуа билан жанг қилиши керак" 0 16:01Бугун академик эшкак эшувчиларимиз сўнгги лицензион турнирда старт олишади 0 15:40Йўғе? Усик икки ҳафтадан кейин мутлақ жаҳон чемпиони мақомини йўқотади 0 15:19Биласизми? Одил Аҳмедов ўз вақтида катта пуллар эвазига ҳам "Бунёдкор"га ўтишни хоҳламаган 0 14:58Афсонавий Леннокс Льюис Александр Усикка мурожаат қилди 0

06 mar 16:44
Yangiliklar

O'q otish

Buxoroda o'q otish bo'yicha musobaqa yakunlandi

Teglar :  BuxoroO'q otish
Buxoro shahridagi viloyat texnik va amaliy sport turlari markazi o'n kun davomida mamlakatimizning eng kuchli merganlari o'rtasida o'tgan musobaqalarga mezbonlik qildi.

Dastlab O'zbekiston o'q otish sporti federaciyasi ochiq kubogi g'olibligi uchun qatnashchilar merganlik salohiyatini namoyish etishgan bo'lsa, 29 fevraldan 4 martga qadar Respublika texnik va amaliy sport turlari markazi tomonidan 18 yoshgacha bo'lgan sportchilar o'rtasida O'zbekiston kubogining birinchi bosqichi tashkil etildi. Har ikki musobaqa ham murosasiz kurashlarga boyligi, g'oliblik uchun  keskin raqobat bo'lgani bilan bir biridan qolishmadi.

“ Bugungi kunda olimpiya o'yinlari dasturidan joy olgan o'q otish sportini yanada rivojlantirish, qolaversa, munosib Vatan himoyachilarini voyaga etkazish, yoshlar orasidan O'zbekiston mudofaasi uchun ko'ksini qalqon qiladigan, shu ona Vatan mening yurtim, oilam deb yonib yashaydigan yoshlarni, xalqaro musobaqalarda nufuzli turnirlarda O'zbekiston shanini munosib himoya qiladigan mard, jasur o'g'lonlarni, sportchilarni tayyorlash maqsadida barcha viloyatlarda zamonaviy o'q otish tirlari  qurilib, yoshlar ixtiyoriga berilmoqda. Yana bir jihati quvonarliki, O'zbekiston o'q otish sporti federaciyasi hamda O'zbekiston mudofaasiga ko'maklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti Respublika texnik va amaliy sport turlari markazi hamkorligi natijasida, qolaversa, O'zbekiston milliy olimpiya qumitasining qo'llab quvvatlovi yaqin kelajakda xalqaro darajadagi nufuzli musobaqalarda  sportchilarimiz tomonidan qo'lga kiritiladigan natijalar salmog'ini oshiradi”, - deydi Respublika texnik va amaliy sport turlari markazi bosh direktori SH.Mo'minjonov.

O'q otish sporti bo'yicha O'zbekiston kubogining pnevmatik miltiqdan o'q otish bahslari (VP-6 mashqi)da Oybek Asilov, Zaynab Pardaboeva (ikkalasi ham Toshkent vil.) pnevmativ tupponchada o'q otish (PP-6 mashqi) musobaqalarida Jahongir Axmadjonov (Farg'ona vil.) Iroda Azimboeva (Toshkent vil.)lar eng yaxshi natijaga erishishdi. Ayni yo'nalishlarda Namangan, Surxondaryo, Qashqadaryo, Samarqand viloyati vakillari kuchli uchlikka kirishdi.

O'zbekiston kubogining birinchi bosqichida umumjamoa hisobida poytaxt viloyati vakillari 2260 ochko bilan birinchi, Andijon viloyati sportchilari 2253 ochko bilan ikkinchi, Namangan viloyati sportchilari 2238 ochko bilan uchin o'rinni qo'lga kiritishdi. Kuchli beshlikka Xorazm hamda Farg'ona viloyati merganlari kirishdi.  

Eslatib o'tamiz, o'q otish sporti bo'yicha O'zbekiston kubogining ikkinchi bosqichi 18-22 aprel kunlari Andijon shahrida, uchinchi bosqichi 6-10 iyun kunlari Navoiy shahrida, yakunlovchi to'rtinchi bosqich (final) 15-19 avgust kunlari Namangan shahrida bo'lib o'tadi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing