So’nggi yangiliklar

20:28Қозоғистонлик теннис маликаси "Ролан Гаррос" 1/8 финалида ўйнайди 0 20:07Царукян — Махачевга: "Навбат бўйича кейингиси менман, Ислам, қочма!" 0 19:46"Ролан Гаррос". Соболенко Паула Бадосани йўлдан олиб ташлади 0 19:25Роналду икки юлдуз билан музокара олиб бормоқда, улар ким эканлиги маълум 0 19:04Махачевнинг кейинги рақиби ким бўлади? UFC раҳбари жавоб берди 0 18:43Элина Свитолина "Ролан Гаррос" 1/8 финалида 0 18:22Дмитрий Бивол 2018 йилдан бери илк бор муддатидан олдин ғалаба қозонди 0 18:01Бунақаси "Реал" билан фақатгина 1932 йилда содир бўлганди 0 17:40"Ролан Гаррос". Даниил Медведевнинг юриши давом этмоқда 0 17:19Дюбуа энди Энтони Жошуага қарши жанг қилмоқчи 0 16:58Каспер Рууд "Ролан Гаррос" 1/8 финалига йўл олди 0 16:37Расман: Жозе Моуринью — "Фенербахче" бош мураббийи! 0 16:26Уч таэквондочимиз Ҳарбийлар ўртасида жаҳон чемпиони, яна тўрт нафари совриндор! 0 16:16Александр Шлеменко Кертисни муддатидан олдин мағлуб этди 0 15:55Бивол сўнгги 6 йилликдаги илк нокаути ҳақида: "Кучим йўқ бўлиб қолмаганини билардим" 0

22 fev 18:51
Yangiliklar

Futbol

Buxoroda quriladigan yangi stadionning suratlari paydo bo'ldi (FOTO)

Teglar :  Buxoro
Kecha 2022 yilgi O'zbekiston kubogi final uchrashuvi o'tkazilgan Buxorodagi stadionni buzish ishlari boshlanib ketgani haqida xabar bergan edik.

Boqiy Buxoro madaniy-etnografik parki barpo etilishi yuzasidan 31 yanvar kuni bo'lib o'tgan matbuot anjumanida Buxoro viloyati hokimi shahar markazidagi "Buxoro" sport majmuasi haqida ham gapirgan.

Botir Zaripov 20 ming kishilik yangi markaziy stadion Buxorodagi 6-mikrorayon hududida qurilishini aytib, 5-6 gektar er avtoturargohlar uchun ajratilishini malum qilgan.

“Qolgan qismiga stadion bilan bog'liq bo'lgan kichik futbol maydonlari joylashtiriladi, to'rt tomondan stadionga kirish mumkin bo'ladi. Xalqlar do'stligi ko'chasida mintaqaviy futbol akademiyasi qurilyapti. Jami 70 mlrd so'm mablag' ajratildi. 5 ming tomoshabinga mo'ljallangan tribuna, 200 o'quvchiga mo'ljallangan yotoqxona inobatga olingan”, – degan u.



Bosh arxitektor Zuhriddin Muhiddinov ham yangi stadion borasida qo'shimcha malumot bergan.

“Bu stadion xalqaro andozalarga mos 20 ming tomoshabin sig'imiga ega bo'ladi. Atrofida avtoturargohlar va xizmat ko'rsatish obektlari barpo etiladi. 28-bolalar va o'smirlar futbol maktabi negizida Buxoro futbol akademiyasi quriladi. Bu shu yilning o'zida bo'ladi. Buxoro sport majmuasi eskirgan, yuqori balkon qismi avariya holatida. Devorida yoriqlar paydo bo'lgan. Katta hajmdagi tomoshabinlarni joylashtirish xavf tug'diradi.

Yangi stadion loyihasida esa konferenciya zallari, sport sog'lomlashtirish komplekslari bo'ladi, ijtimoiy imkoniyati cheklanganlar uchun imkoniyat yaratiladi”, – degan u.


Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing