So’nggi yangiliklar

16:48Макс Холлоуэй Жастин Гэтжи уни нокдаунга туширганини тан олди 0 16:25ЕЧЛ. "Реал" ва "Бавария"нинг бугунги ўйин учун тахминий таркиблари 0 16:03Пара енгил атлетика бўйича Ўзбекистон чемпионатида рекорд даражада спортчи иштирок этмоқда 0 15:42АҚШдаги ҳамюртимиз Фирдавс Ҳасановнинг навбатдаги рақиби ва жанг санаси маълум + ПОСТЕР 0 15:21Уйқудаги парилар Мария Шарапова, опа-сингил Уильямс ва бошқа гўзаллар Met Gala 2024 оқшомида + ФОТОГАЛЕРЕЯ 0 15:00«Челси» 17 ёшли болакай учун 30 миллиондан воз кечишга тайёр 0 14:38UFC ҳали ҳамон Забит Магомедшариповни қайтаришни истайди 0 14:17Грунт қироли Рафаэль Надалнинг Рим "Мастерс"даги илк рақиби маълум 0 13:55Сэндхаген Умар Нурмагомедовнинг кучсиз томони ҳақида гапирди 0 13:32Жозе Моуриньо собиқ жамоасига қайтмоқчи 0 13:10Богдан Гусков Шон Стрикленд билан спарринг ҳақида гапирди 0 12:48Шакур Стивенсоннинг навбатдаги жанги эълон қилинди 0 12:25Бугун Абдураимова Прага турниридаги юришини бошлайди 0 12:04Луис Энрике ПСЖнинг EЧЛдан чиқиб кетишига муносабат билдирди 0 11:41Дастин Порье Ислам Махачевнинг гапларига жавоб қайтарди 0

08 apr 13:00
Yangiliklar

SHaxmat

Candidates Tournament 2024. 4-turda birgina Yan zafar quchdi va u yangi peshqadam!

SHu kunlarda Kanadaning Toronto shahrida shaxmat bo'yicha jahon toji uchun Candidates Tournament 2024 turniri bo'lib o'tmoqda.

Erkaklar va ayollar o'rtasidagi ushbu musobaqada 8 nafardan shaxmat yulduzlari jahon tojiga davogar nomini aniqlab berish uchun o'zaro dona surishyapti. 

Erkaklar o'rtasidagi turnirda amerikaliklar Hikaru Nakamura, Fabiano Karuana, hind grossmeysterlari Santosh Gujrati, Gukesh Dommaradju, Rameshbabu Praggnanadha, ozarbayjonlik Nijat Abasov, franciyalik Alireza Firuzja hamda FIDE bayrog'i ostida qatnashayotgan Yan Nepomnyashiy o'z mahoratini namoyish etmoqda.

To'rtinchi turning uchta partiyasida xuddi 3-turda bo'lgani singari tomonlar murosaga kelishdi. Birgina Yan Nepomnyashiy bu turda bir ochkolik bo'ldi. Turnirda FIDE bayrog'i ostida qatnashayotgan rossiyalik shaxmatchi oq donalarda hindistonlik Vidit Gujratidan ustun keldi. Bu Vidit uchun ketma-ket ikkinchi mag'lubiyat bo'ldi. 

Yan ushbu g'alabasidan so'ng 3 ochko bilan turnir jadvalida yakka peshqadam bo'lib oldi. Kuchli uchlikdan joy olgan Karuana va Gukesh hisobida 2,5 tadan ochko bor. 22 aprelga qadar davom etadigan ushbu musobaqa g'olibi amaldagi jahon chempioni, xitoylik grossmeyster Din Lijenga qarshi jahon toji uchun dona surish huquqini qo'lga kiritadi. 

Candidates Tournament 2024. 4-tur natijalari (Erkaklar)

Nijat Abasov (Ozarbayjon, 2632) — Alireza Firuzja (Franciya, 2760) — 1/2:1/2

Fabiano Karuana (AQSH, 2803) – Gukesh Dommaradju — (Hindiston, 2743) — 1/2:1/2

Yan Nepomnyashhiy (FIDE, 2758) — Vidit Gujrati (Hindiston, 2727) — 1:0

Xikaru Nakamura (AQSH) — Rameshbabu Pragnanandxa (Hindiston, 2747) — 1/2:1/2.


Candidates Tournament 2024. 5-tur juftliklari:

Alireza Firuzja (Franciya, 2760) — Hikaru Nakamura (AQSH, 2789) 

Gukesh Dommaradju (Hindiston, 2743) — Nijat Abasov (Ozarbayjon, 2632)

Vidit Gujrati (Hindiston, 2727) — Fabiano Karuana (AQSH, 2803)

Rameshbabu Pragnanandha (Hindiston, 2747) — Yan Nepomnyashiy (FIDE, 2758)

Malumot uchun, ushbu davogarlar turnirida hamyurtimiz Nodirbek Abdusattorov ishtirok etmayapti. Boisi, musobaqaning barcha sakkiz ishtirokchisi turli saralash turnirlari orqali yo'llanmani qo'lga kiritgan.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing