So’nggi yangiliklar

19:01"Менда рад этиш варианти йўқ эди". Порье Махачев билан жангни қабул қилиши ҳақида гапирди 0 18:39Бир муҳаббат тарихи. Месси ва Антонелла қандай танишган? 0 18:18Сергей Ковалёв Баҳодир Жалолов ҳақида фикр билдирди 0 17:55Аукционга қўйилган дўппининг нархи 44 миллион сўмга етди. Барча пуллар болалар шифохонасига хайрия қилинади 0 17:32Нурсултон Рўзибоев қачон фаолиятини якунлашини айтди 1 17:10Дэвис кубоги. Ўзбекистон терма жамоасининг навбатдаги рақиби маълум бўлди. Тошкентда яна теннис байрами бўлади! 0 16:48Макс Холлоуэй Жастин Гэтжи уни нокдаунга туширганини тан олди 0 16:25ЕЧЛ. "Реал" ва "Бавария"нинг бугунги ўйин учун тахминий таркиблари 0 16:03Пара енгил атлетика бўйича Ўзбекистон чемпионатида рекорд даражада спортчи иштирок этмоқда 0 15:42АҚШдаги ҳамюртимиз Фирдавс Ҳасановнинг навбатдаги рақиби ва жанг санаси маълум + ПОСТЕР 0 15:21Уйқудаги парилар Мария Шарапова, опа-сингил Уильямс ва бошқа гўзаллар Met Gala 2024 оқшомида + ФОТОГАЛЕРЕЯ 0 15:00«Челси» 17 ёшли болакай учун 30 миллиондан воз кечишга тайёр 0 14:38UFC ҳали ҳамон Забит Магомедшариповни қайтаришни истайди 0 14:17Грунт қироли Рафаэль Надалнинг Рим "Мастерс"даги илк рақиби маълум 0 13:55Сэндхаген Умар Нурмагомедовнинг кучсиз томони ҳақида гапирди 0

03 may 18:14
Yangiliklar

Bolalar sporti

CHempionlar tayyorlash maskaniga aylangan CHirchiq olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazi haqida

Har to'rt yillikning eng nufuzli musobaqasi bo'lgan yozgi olimpiya va paralimpiya o'yinlariga munosib sportchilarni tayyorlashda, ayniqsa, yoshlarni sportga jalb etib, sportdagi qobiliyatlarini shakllantirishda va ularni chempionlik sari etaklashda olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazlarining o'rni beqiyos.

CHirchiq olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazida (direktori Ravshan Gafurov) ham istedodlar kamol topmoqda. Buning yaqqol isboti sifatida ushbu sport maskanida tahsil olib, Osiyo o'yinlari, hatto olimpiya cho'qqisinida zabt etgan Bahodir Jalolov (boks),  Murodjon  Ahmadaliev (boks), Dilshod Ro'zmetov (boks), Isroil  Madrimov (boks), Svetlana  Osipova (taekvondo), CHaros Qayumova (taekvondo), Nilufar Zokirova (baydarka va kanoeda eshkak eshish ), Dilnoza Rahmatova (baydarka va kanoeda eshkak eshish), Vnera Isroilova (qilichbozlik) singari nomdor  sportchilarni misol keltirishmiz mumkin.  

Ayni paytda sport maskanida tahsil olib, mashg'ulotlarga zo'r berayotgan o'g'il-qizlar mamlakat miqyosidagi bellashuvlarda etakchilar qatorida bo'lib, hatto milliy terma jamoalar safida  xalqaro musobaqalarning shohsupalaridan o'rin olishga ham muvaffaq bo'lishmoqda.  

Markazning sport ishlari bo'yicha direktor o'rinbosari SHerali Nasirovning bizga bergan malumotiga ko'ra, ayni paytda 14 ta olimpiya, 2 ta  milliy   va 1 ta noolimpiya  hamda 4 ta paralimpiya sport turalari bo'yicha 520   (shundan qizlar 80) nafar sportchi-o'quvchilar 91 nafar malakali murabbiylar qo'l ostida o'zlari tanlagan sport turlari bo'yicha talim-tarbiya olishadi. 

Talim muassasasining sportchi-o'quvchilaridan 108 nafari milliy terma jamoalarning asosiy tarkibida, 44 nafari esa zahira tarkibida mamlakatimiz sharafini himoya qilishmoqda.

2025 yil Toshkentda o'tkazilishi kutilayotgan o'smirlar o'rtasidagi Osiyo o'yinlari dasturidan  o'rin olgan 15 ta sport turi bo'yicha ham 144 nafar nomzod-sportchilar hozirdan tayyorgarlikni boshlab yuborishgan. Mashg'ulotlarga zo'r berayotgan sprtchi-o'quvchilarning musobaqalardagi natijalarini ham tahsinga loyiq deyish mumkin.  

Birgina o'tgan 2022 yilda sportchilar 150 ga yaqin viloyat, respublika va xalqaro miqyosdagi musobaqalarda ishtirok etib, 345 ta oltin, 303 ta kumush, 360 ta bronza medallarini qo'lga kiritgan.

Jumladan, 2022 yilda yunon-rum kurashi bo'yicha Italiyada o'tgan jahon chempionatida Aytjan Xalmanxanov birinchi, belbog'li kurash bo'yicha Qo'qon shahrida bo'lib o'tgan jahon chempionati Olloberdi Karimberdiev, Sardor Jumaboev birinchi, SHohrux SHorustamov ikkinchi, Bolgariya davlatida tashkil etilgan taekvondo (WT) bo'yicha jahon chempionati Marjona Xudoyqulova birinchi, Meksikada og'ir  atletika bo'yicha o'tgan jahon chempionatida Diyorbek Ermatov, Qudratbek Salimjonov ikkinchi, Abrorbek Marufbekov uchinchi o'rinlarni egallashgan. 

Osiyo chempionati va kubogi musobaqalarida o'quvchilardan Kamoliddin Rahmatillaev, Samandar Nabiev baydarka va kanoe bo'yicha Tailandda o'tgan bellashuvlarda birinchi, SHoxsanam SHerzodova birinchi va ikkinchi o'rinni band etishgan.

Iordaniyaning Amman shahrida o'tkazilgan boks bo'yicha qita chempionatida Ilhomjon Ergashev va Samandar Olimov birinchi bo'lishgan. Toshkent shahri mezbonligida o'tgan og'ir atletika bo'yicha osiyo chempionatida Diyorbek Ermatov, Abrorbek Marufbekov birinchi, Qudratbek Salimjonov ikkinchi o'rinlarni zabt etishgan. 

Dzyudo bo'yicha poytaxtimizda o'tkazilgan Osiyo chempionatida Bunyod Safarov birinchi, Ro'zmat Saparboev, Suhrob Po'latov ikkinchi, Jasurbek SHakarboev, Muhammadali Tangriev uchinchi o'rinni egallashga muvaffaq bo'lgan. 

Albatta, o'quvchilarning xalqaro miqyosdagi musobaqalarda bunday yuqori natijalarni qayd etishida Vohidjon Temirov (yunon-rum kurashi), Iskandar Mahamatov (belbog'li kurash), Abubakr Rasulov (taekvondo WT), Bahrom Abdumalikov (og'ir atletika), Abdurashid Musaev (baydarka va kanoe), Farrux Qilichev, Stepan Belov (boks), Egamnazar Akbarov, Alimardon Dostanov (dzyudo) kabi tajribali va jonkuyar murabbiylarning mehnat mahsuli deyish mumkin.

Ushbu sport talim muassasasida manaviy-marifiy ishlar samaradorligini oshirishga ham alohida etibor qaratilgan. Bu bo'yicha alohida "yo'l xaritasi" mavjud va unga muvofiq 28 ta muhim sanalarga oid, 72 ta turli mavzularga targ'ibot-tashviqot ishlari amalga oshirilmoqda.   

Markazning sport ishlari bo'yicha direktor o'rinbosari SHerali Nosirovning takidlashicha, markazda bugungi kunda sportchilarga individual va ilmiy yondoshuv keng qo'llanilib kelinmoqda, xususan, sportchilarning jismoniy va ruhiy holati chuqur va aniq taxlili uchun kerak bo'lgan ko'rsatgichlarni aniqlash uchun ikkita “Rolar” – yurak xurujini aniqlovchi uskuna, bitta “Panasonik” kamera mavjud. 

Olingan video-materiallarni montaj qilish uchun “Camtasia studio” ilovdan foydalaniladi. Uslubchilar va tibbiy bo'lim tomonidan olib borilayotgan taxlilar sportchini 20 dan ortiq ko'rsatkichlarini aniqlash imkoniyati mavjud. Bundan tashqari qilinayotgan taxlillar video shaklida raqamlashtirilib, markazning You tube  kanalida sportchilar, murabbiylar va ota-onalar uchun yoritib borilmoqda.

Markaz psixologlari tomonidan on-line testlar yaratilib, sportchilarni musobaqadan oldin va kerakli vaqtda masofaviy malumotlar olinib, tahlil qilib kelinmoqda.

Markazda shuningdek, o'quvchilarning mashg'ulotlarda emin-erkin shug'ullanishlari uchun o'tgan yili 2 ta keng va shinam, zamonaviy sport zallari, 2 ta 300 o'rinli yotoqxona o'quvchilar ixtiyoriga topshirilgan bo'lsa, joriy yilda yana 1 ta sport zali va yopiq basseyn qurilishi amalga oshirilmoqda.

Etibor bergan bo'lsangiz CHirchiq olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazining sportchi-o'quvchilari tomonidan yuqorida takidlangan natijalar, erishilgan  yutuqlar birgina 2022 yil davomida amalga oshirilgan. Joriy yildagi yutuqlar yanayam ortishiga shubha yo'q. Sababi, sababini esa yo'lingiz tushib, ushbu markazda bo'lsangiz, yaratilgan shart-sharoitlarni ko'rib, sizda ham shubha qolmasligi tayin. 

Demak bunday etibor va g'amxo'rlik bois o'quvchilarning sportga bo'lgan ishtiyoqi oshib boraveradi, mashg'ulotlar ularni toblab borgani sari istedodlar bo'y ko'rsatib, nafaqat o'zi o'qiyotgan talim maskanini, balki mamlakatimiz sharafi uchun jahon sport ayvonlarida g'urur bilan bellashaveradi, medallarini ko'z-ko'z qilaveradi.

Ilhom RAHMONOV tayyorladi

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing