So’nggi yangiliklar

14:11UFC Нурсултонга: "Тезроқ жароҳатни тузат. Сен учун режамиз бор" 0 13:58Жон Жонс Миочич билан жангдан қанча пул ишлаб олишини очиқлади 0 13:37Нурхон Қурбонова Париж-2024 Паралимпия ўйинларига иккинчи лицензиясини қўлга киритди! 0 13:16"Бургут" хоккей клуби "Ҳумо"нинг менежерини трансфер қилди 0 12:55Хави 2023-2024 йилги мавсумни сарҳисоб қилди 0 12:34Усик ва Фьюри жангдан қанча пул ишлаб олишгани маълум бўлди 0 12:13Жамал Хилл иштирокидаги жанг бекор қилинди 0 11:52Хабиб Нурмагомедов Ислам Махачевнинг машғулот йиғинига қўшилди + ФОТО 0 11:31Суперлига. Бугун 8-тур баҳслари давом эттирилади 0 11:10Рим "Мастерс" турнирида чемпион аниқланди 0 10:49Жаҳон чемпионатининг биринчи кунидан сўнг 107 давлат орасида нечанчи ўриндамиз? 0 10:28Нурсултон Рўзибоев: "Бу ҳақиқий жанг бўлади" 0 10:07"Барселона" Испания Суперкубоги 1/2 финалида "Атлетик" билан ўйнайди, "Реал" эса... 0 09:46Гусков Энтони Смит билан жанг қиладими? Богданнинг ўзи бунга ойдинлик киритди 0 09:25"Бургут" жамоаси Ўзбекистон хоккейи ёш юлдузини ўз сафига қўшиб олди 0

03 okt 15:43
Yangiliklar

Boks/MMA, Qiziqarli!

CHendler va Maxachev qarama-qarshiligi… Islamning Maykl erishgan yutuqlarini takrorlashiga hali ancha bor

Rossiyalik jangchi o'zining zo'rligini ko'rsatishi uchun hali vaqt bor.

22 oktyabr kuni kechqurun Abu-Dabida UFC 280 turniri bo'lib o'tadi, uni Match Fighter" va "Match TV" telekanallari jonli efirda namoyish etadi. Kechaning asosiy jangida Islom Maxachev CHarlz Oliveyraga qarshi engil vazn toifasida ochiq turgan kamar uchun jang qiladi. Rossiyalikning kamarga erishish imkonini beruvchi bahsga qatnashish huquqini qanchalik munosib qo'lga kiritgani haqidagi gap-so'zlar uzoq vaqtdan beri davom etib kelyapti. SHuning barobarida Maykl CHendler Maxachevni tanqid qilayotganlardan biriga aylandi.

Mayklning takidlashicha, Maxachevning g'alabalari ko'paygani bilan unda hech qanday mashhur nomlar yo'q. U "Islamga qarshi hech qanday adovatim yo'q, uni ko'pchilik kundan-kunga engilmas jangchiga aylanib borayotganligini aytyapti. Lekin aslida, u hech kim bilan jang qilgani yo'q. Va bu haqiqat! U reytingda 14-o'rinni qayd etdi, keyin esa uch yoki to'rt martta ketma-ket mag'lubiyatga uchragan Den Xuker ustidan g'alaba qozondi. Odamlar mening g'alabalarimdan biri ham Xukerga qarshi jang ortidan kelganini gapirishmoqda. Biroq men u bilan boshqacha vaqtda jang qilganman. Den o'sha paytda jahonda engil vazn toifasi bo'yicha ikkinchi o'rinda turar edi. Islamni yomon deb ayta olmayman. Ammo uning juda yaxshi jangchiligini ham maqullay olmayman" degan fikrlarni bildirgan.

Bunga javoban Islam Bellator sobiq chempioni ustidan kulib, uni masxara qildi. U o'zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida "UFC`da bor-yo'g'i ikkita g'alabang bor. Ulardan biri Xuker, ikkinchisi ketma ket besh marotaba mag'lubiyatga uchragan Toni Fergyuson bilan bo'lgan bahsda qo'lga kiritilgan. Jim bo'lib, navbatingni kut", - deb yozib qoldirgan Islam.

Maxachevning CHendlerga qilgan bu munosabati to'g'ri emas. Amerikalik hali UFC'da ko'p muvaffaqiyatga erishmagan bo'lsa-da, lekin uning Bellator'dagi raqiblari Islamnikidan ancha kuchliroq. Masalan, CHendler bilan revanshdan keyin ham engil vazn toifasi bo'yicha top jangchilardan biri bo'lib qolgan afsonaviy Benson Xenderson, shuningdek Maykl bilan ikkinchi bahsga qadar engilmagan Brent Primuslarni aytish mumkin. CHendler rostakamiga xavfli raqiblarga qarshi kurashgan. To'g'ri, tez-tez mag'lubiyatga uchragan, biroq ko'p hollarda revanshni tashkillashtirishga va hakamlarning xatosi tufayli boy bergan kamarlarini qo'lga kiritishga muvaffaq bo'lgan.

Maxachev haqida nima deyish mumkin? Qanday jiddiy raqiblarni engdi? Ehtimol, Xukerdan keyin Carukyanning nomini keltirish mumkin edi, ammo 2019 yilda hali Arman juda yosh va qisqa muddatda tayyorgarlik ko'rib, Islamga qarshi jang qildi. Hozircha, u hech bir g'alabasi bilan mag'rurlana olmaydi, lekin bu uning CHarlz Oliveyraga yutqazadi degani emas. SHunchaki, hozirdan o'zini chempionni mag'lub qilganday yuqori cho'qqilarga ko'tarishning keragi yo'q. Mabodo, CHarlz kamarini boy bersa ham, uni hamma boricha qabul qiladi. Maxachevda CHendlerni joyiga tushirib qo'yish uchun zo'r imkoniyat bor. Agar Islam braziliyalikni engsa, uni tanqid qilganlar uchun ajoyib javob bo'ladi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing